Tarbiya jarayoni.Tarbiya turlari va mеtodlari Reja: 1. Hozirgi jamiyatda har tomonlama rivojlangan, mustaqil fikr yuritadigan shaxsni tarbiyalash - tarbiya maqsadi sifatida 2. Tarbiya jarayonining mazmun mohiyati. 3. Tarbiya turlari. 4. Pеdagog shaxsiga qo'yiladigan talablar. 5. Oila, mahalla va o'quv yurti hamkorligi. 6. Zamonaviy ta'lim va tarbiya muammolari. Mavzu yuzasidan tayanch tushunchalar: Tarbiya - aniq maqsadga yo'naltirilgan ta'sir jarayoni: shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma'naviy, madaniy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan uzoq muddatli amaliy pedagogik jarayon. Insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo'lgan hissiyotlarga ega bo'lishini ta'minlash yo'lida ko'riladigan chora-tadbirlar yig'indisi. Tarbiya metodlari - pedagog-o'qituvchilarning o'quvchilarga ta'sir ko'rsatish usullari, vositalari, tarbiyalanuvchilarga barkamol shaxs xislatlarini singdidrish maqsadida tarbiya jarayonini pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tashkil etish yo'llaridir. O'rgatish - bu ijtimoiy xulq-atvorni odatiy shakliga aylantirish maqsadida o'quvchilar tomonidan rejali va tizimli tarzda tashkil etiladigan turli harakatlar, tashkil etiladigan amaliy ishlarga undovchi faoliyatdir. Inson ongi - uning idroki, aqli orqali hayotiy va dunyoviy haqiqatni fahmlash asosida ma'naviy istiqbolli faoliyat darajasidir. Tarbiyaning maqsadi - ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, rivojlanishi, yo'nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi barkamol shaxsni tarbiyalab, voyaga yetkazishdan iborat. Kadrlar tayyorlash milliy modelimizning bosh muddaosi - barkamol shaxs va intellectual salohiyatli mutaxassis tayyorlashdan iborat bo'lib, O'zbekistonning xalqaro andozalardagi zamonaviy taraqqiyotini ta'minlay oladigan, mustaqil fikr yuritadigan, tafakkurli, malakali, bilimli mutaxassis, ayni paytda insonning ichki sifatlari barq urib kamolotga yetgan kadrlar tayyorlashni ko'zlaydi. Mazkur maqsadni amalgam oshiruvchi asosiy omillardan biri tarbiya jarayonidir. Tarbiyaning maqsad-natijasi barkamol avlodni tarbiyalashdir. Bu jarayon ikki tomonlama bo'lib, uyushtirish va rahbarlikni, shuningdek, o'quvchi shaxsining o'zi tomonidan faollik ko'rsatishni taqozo etadi. Bu jarayonda pedagog yetakchi vazifani bajaradi, chunki, u ijtimoiy tarbiyaning umumiy maqsadlari, mohiyatini tushunadi, maqsad yo'lida amalgam oshirilayotgan vazifalar tizimidan xabardor, tarbiya shakllari, metodlari va vositalarni asosli, ilmiy tarzda tanlab oladiva tarbiyaga tadbiq etadi. Mamlakatning moddiy va ma'naviy yuksalishida xalqimizning boy ma'naviy merosga, umumbashariy qadriyatlarga, zamonaviy madaniyatga ega bo'lgan, har tomonlama rivojlangan, mustaqil fikr yuritadigan shaxsni tarbiyalash bugungi kunning dolzarb muammosidir. Bu borada qabul qilingan Ta'lim to'g'risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida barkamol avlodni shakllantirish va yuqari malakali mutaxassislarni tarbiyalab voyaga yetkazish bosqichlari, shu bilan birga yuqori malakali mutaxassilar tayyorlashni jahon ta'limi darajasiga ko'tarish asosiy maqsad qilib qo'yilgan. Bu vazifalarni amalga oshirish barkamol avlodni har tomonlama tarbiyalab voyaga yetkazishdek istiqbolli muammoni hal etishni ta'lim tizimida faoliyat yurituvchi o'qituvchi-murabbiylar, shu yo'nalishda ijod qiluvchi mutaxassis olimlar, jamoat tashkilotlari, rahbar xodimlar oldiga qo'yilishi davr talabidir. Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek, oldimizda turgan eng dolzarb va istiqbolli muammolardan biri - ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
72.39 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
72.39 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:12 ]
Arxiv ichida: doc