Tarbiya jarayonida o'quvchilarda tejamkorlik tushunchalarini singdirish

Tarbiya jarayonida o'quvchilarda tejamkorlik tushunchalarini singdirish

O'quvchilarga / Pedagogika
Tarbiya jarayonida o'quvchilarda tejamkorlik tushunchalarini singdirish - rasmi

Material tavsifi

Tarbiya jarayonida o'quvchilarda tejamkorlik tushunchalarini singdirish Reja: 1. Ota-bobolarimizning o'z farzandlari tejamkor bo'lishga undanganlarini xalq og'zaki ijodi misolida. 2. Oilada bolalarni tejamkorlik ruhida tarbiyalash. 3. Tejamkorlikni tarbiyalashda topishmoq, maqol, ertaklardan foydalanish. 4. Oila byudjetidan to'g'ri foydalanish. 5. Iqtisod. 6. Isrof. 7. Oila byudjeti. 8. xarajat turlari. 9. Pul qadrini saqlash. Bozor iqtisodiyoti oila tarbiyasida keng qo'llanib kelingan milliy qadriyat sifatidagi tajribalariga suyanishni ham taqozo etadi. Masalan, o'zbek oilalarida bolalarni tejamkorlik ruhida tarbiyalab kelganlar, isrofgarchilikka yo'l qo'ymaganlar. Malumki, «iqtisod» so'zining manosi keng bo'lib, chuqur mazmunga ega. Ko'p urindi bu so'z xalq ichida «tejamkorlik» so'zining sinomini sifatida qo'llaniladi. Tejamkorlik haqida so'z ketganda isrofgarchilikka yo'l qo'ymaslikki tushunamiz. «Iqtisod» tushunchasiga, mashhur o'zbek muayamini Abdulla Avloniy quyidagicha ta'rif beradi: «Iqtisod deb pul va mol kabi namatlarning qadrini bilmakka aytilur. Mol qadrini biluvchi kishilar o'rinsiz yerga bir tiyin sarf qilmas, o'rni kelganda, so'mni ayamas. Sahovatning ziddi bahillik o'ldig'i kabi iqtisodning ziddi isrovdur. Alloh. Taolo isrof qiluvchilarni suymas». Ota-bobolarimizning o'z farzandlarini tejamkor bo'lishga undaganlarini xalq og'zaki ijodi misolida ham ko'rishimiz mumkin. Masalan, tejamkorlik mavzui xalq maqollarida ham o'z aksini topgan. Zero, bu maqollar yuz yillar davomida avloddan-avlodga o'tib, xalqning dilida saqlanib kelgan. Maqollar kishilarning tarixiy tajribasi sifatida ko'pgina sinovlardan o'tib shakllanadi va chuqur mano kasb etadi. Mana ularning ayrimlari: «Tejagan-birga birni qo'shar, tejamagan birini ham boy berar», «Pul topish uchun kuch-quvvat kerak, tejash uchun-fahmu-farosat», «O'zingnikini bir bor tejasang, xalqnikini ming bor teja», «Tejamligu rasomadlik-aka-uka, to'g'riligu halollik-opa-singil», «Tejamkor-olqish olar, isrofgar koyishga qolar» va hokazo. Hattoki, ota-onalarimiz tejamkorlik ruhida tarbiyalash vazifasiga farzandlarining baxtli-saodatli bo'lishning bir sharti, axloqiy tarbiyaning bir ko'rinishi sifatida qaraganlar. Bozor iqtisodiyotining maqsadi jamiyatning barcha a'zolarini, jumladan, ota-onalarni, ularning farzandlarini amaliy hisob-kitobga va oqilona omilkorlikka o'rgatishdan iborat. Zotan, pul ham shaxsni tarbiyalaydi. Uni mensimaslik ikki tomonlama xatolarni keltirib chiqarishi mumkin. Uning bir tomoni, bolani oilaning moddiy qiyinchiliklarini bilishni istamaslik odati paydo bo'ladi va u tekinxo'rlikka o'rganadi. Ikkinchi tomoni, pulga xirs qo'yish, ochko'zlik, xudbinlik, xasislik kabi illatlarni keltirib chiqaradi. Malumki, azaldan ota-onalarimiz bolalarni xo'jalik ishlari bilan tanishtirib, oilaning kirim va chiqim ishlarini ularga o'rgatib kelishgan. Shu tarzda, bolada oilaning moddiy ahvoli xasida tasavvur hosil bo'lishiga etibor berilgan. Hozirgi zamonda butun dunyoda ko'zga tashlayotgan oziq-ovqat, ichimlik suvi, foydali qazilmalar va shu kabi zaxiralarning kamayib borayotganligi, shuningdek, ahvoli sonining ortib ketayotganligi qator muammolarni keltirib chiqarayotganligi tejamkorlik, ishbilarmonlik, omilkorlik kabi qadriyatlarning umuminsoniy, umumbashariy ahamiyatini zarurligini ko'rsatib bermoqda. Demak, tejamkorlik ishbilarmonlikni bir ko'rinishi sifatida qadriyat hisoblanib kelingan va u ma'naviy-axloqiy mazmunga egadir. Bu tushunchani bola ongiga singdirib borish ota-onaning vazifasini bo'lib, uni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.81 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:12 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.81 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga