RYeJA: Kirish I BOB. 1. Tarbiya jarayoniga texnologik yondashishning zarurligi. 2. Tarbiya jarayoniga texnologik yondashuv maqsad va vazifalari. II. BOB. Tarbiya jarayoniga texnologik yondashishuv Tarbiya jarayoni loyihalash bosqichlari II BOB. Atrof-muhit va inson salomatligi mavzusidagi tadbirning o'tkazilishi. Tarbiya jarayoniga texnologik yondashuvning ahamiyati Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Tarbiya jarayoniga texnologik yondashuv va uni loyihalash ta'lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish o'quvchilar tomonidan mavjud ilmiy bilimlarni puxta o'zlashtirilishini kafolatlovchi yondashuv hisoblanadi. Bizga yaxshi malumki, ta'lim texnologiyasi tushunchasi ta'lim jarayonining mohiyati, uning bosqichlari, o'ziga xos xususiyatlari, shuningdek, o'qituvchi va o'quvchi o'rtasida kechadigan ta'limiy munosabatlarning mazmunini anglatishga xizmat qiladi. Pedagogik texnologiya tushunchasi esa o'z mohiyatiga ko'ra pedagogik faoliyatning eng muhim ikki jihati, yani, ta'lim hamda tarbiya jarayonining texnologiyalashirilishini ifoda etishi zarur. Birok, so'nggi besh yil mobaynida yangi pedagogik texnologiyalar va pedagogik faoliyatni uyushtirish jarayonida ulardan foydalanish mavzusida yaratilgan manbalarning deyarli barchasida ta'lim jarayonining texnologiyalashtirish muammosi uchun asosiy obyekt tarzida qabul qilinganligining guvohi bo'ldik. Xolbuki, barkamol shaxsni shakllantirish muammosining ijtimoiy zaruriyat sifatida etirof etilayotganligini nazarda tutadigan bo'lsak, tarbiya jarayonini tashkil etishga nisbatan yangicha yondashuvni qaror toptirish, mazkur jarayonni texnologiyalashtirishga erishish muhim pedagogik vazifalardan biri ekanligini yanada chuqurrok, anglaymiz. Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish aniq, maqsadga va ijtimoiy g'oyaga asoslangan hamda o'quvchilarda ma'naviy-axloq sifatlarni shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik faoliyatning tashkiliy-texnik jihatdan uyushtirilishi demakdir. ta'lim jarayonidan farqli ravishda, tarbiya jarayo¬nini texnologiyalashtirishda mazkur jarayonning samarasini qisqa muddat oralig'ida ko'ra olish imkoniyati yo'q. Tarbiya jarayonining o'ziga xos xususiyatlari, o'quvchi va o'qituvchi o'rtasida yuzaga kelish ehtimoli bo'lgan ziddiyatlar tarbiyaviy jarayonni texnologiyalashtirishga nisbatan ijodiy va mas'uliyatli yondashish zarurligini taqozo etadi. Umumiy o'rta ta'lim muassasalari amaliyotidan malumki, uzoq, yillar davomida mazkur muassasada faoliyat olib borayotgan o'qituvchilarning ko'pchiligi tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishga nisbatan tarbiyaviy ipshar rejasida belgilangan tadbirlarni o'tkazishga majburman qabilida yondashib kelganlar. Ularning asosiy etibori o'zlari rahbarlik qilayotgan sinf o'quvchilarini avvaldan tayyorlangan sssenariyni yod olish va unga qatiy amal qilishga majburlash, shuningdek, maktab ma'muriyati hamda jamoasi oldida izza bo'lib qolishga yul qo'ymaslik tamoyiliga muvofiq tarbiyaviy tadbirni uyushtirishga qaratilgan edi. Endilikda tarbiyaviy tadbirlarning o'tkazilishiga nisbatan bunday yondashuvlardan voz kechish maqsadga muvofiq. Zero, tayyor sssenariy asosida muayyan tadbirni tashkil etish jarayonida uning asosiy subyektlari bo'lgan o'quvchilar faol ishtirokchi va tadbir natijasini belgilovchi shaxs sifatida emas, balki oddiy ijrochi sifatida qatnashadilar. Bu holat esa bir qator salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Xususan: o'quvchilarda tarbiyaviy tadbirlarning o'tkazilishiga nisbatan salbiy munosabat shakllanadi; o'quvchilarda mustaqil fikrlash hamda ijodkorlik qobiliyatining tarbiyalanishi uchun imkoniyat yaratilmaydi; o'quvchilarda tarbiyaviy tadbirlarning o'tkazishi ularning shaxs sifatida kamol topishlarish ta'minlashga yo'naltirilganligi haqida emas, balki sinfning ta'lim muassasasi jamoasi oldida ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
856.01 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:12
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
856.01 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:12 ]
Arxiv ichida: ppt