Tarbiya jarayonining mazmuni. Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari Reja: Tarbiya jarayonining maqsadi, mazmuni, vazifalari va mohiyati. Tarbiya jarayonining o'ziga xos xususiyatlari. Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari. Tarbiya turlarining umumiy tavsifi. Tayanch tushunchalar: tarbiya, tarbiya jarayoni, tarbiyaning maqsadi, tarbiya mazmuni, tarbiyaning umumiy vazifalari, tarbiya turlari, tarbiya qonuniyatlari, tarbiya tamoyillari. Foydalanish uchun adabiyotlar: Ibragimov X.I. Pedagogika nazariyasi T.: Fan va texnologiyalar nashriyoti 2008. 2.Pedagogika. M.To'xtaxo'jaevaning umumiy taxriri ostida. - T.: O'zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati, 2010. 3.Askariva O.M., Xaitboev M., Nishonov S. Pedagogika -T.: O'zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati, 2010. 4.Ibragimov X.I. Abdullaeva SH. Pedagogika nazariyasi. -T.: Fan va texnologiyalarnashriyoti, 2008. Elektron ta'lim resurslari http:ww.edunet.o'z; http:ww.ziyonet.o'z; http:ww.istedod.o'z Tarbiya so'zining lug'aviy manosi. O'stirmoq, zo'raytirmoq. . Tarbiya xususida taniqli o'zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi: «Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo xaloqat, yo saodat - yo faloqat masalasidur». . Tarbiya - muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o'stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo'lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo'naltirilgan faoliyat jarayonidir. Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi bo'lib, tarbiyaviy jarayonning mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hamda uni tashkil etish muammolarini o'rganadi. Tarbiya nazariyasi Sharq mutafakkirlari va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi. Tarbiya nazariyasi o'z qoidalarini asoslash uchun ma'lumotlaridan foydalanadi. falsafa sotsiologiya etika estetika fiziologiya psixologiya Tarbiya pedagogikadagi asosiy tushunchalardan biri sanaladi. Jamiyat va pedagogikaning tarixiy rivoji davomida mazkur kategoriyani tushuntirishga turlicha yondashuvlar yuzaga keldi. Eng avvalo, yuqorida keng va tor ma'nodagi tarbiya farqlanadi. Keng ma'noda tarbiya shaxsga jamiyatning ta'sir etishi, ijtimoiy hodisa sifatida qaraladi. Mazkur holatda tarbiya ijtimoiylashtirish bilan uyg'unlashadi. Tor ma'nodagi tarbiya deganda, pedagogik jarayon sharoitida ta'lim maqsadini amalga oshirish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilarning maxsus tashkil etilgan faoliyati tushuniladi. Ushbu holatda pedagoglarning tarbiyaviy faoliyati tarbiyaviy ish deb ataladi. Tarbiya jarayoni - O'qituvchi va o'quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o'rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo'naltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg'ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo'lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo'ladi. Tarbiya jarayonida tarbiyachi bola shaxsining tez rivojlanadigan davri - o'quvchilik yillarida uning ongiga turli faoliyat yordami bilan maxsus ta'sir etish muhimdir. Aks holda xulq me'yorlari, axloq talablarini yaxshi tushunmay qolishi natijasida shaxs ijtimoiy munosabatlarda beqaror, tasodifiy ta'sirga beriluvchan bo'lib qolishi mumkin. o'qish mehnat ijtimoiy ishlar o'yin sport badiiy havaskorlik Tarbiyaning maqsadi - har tomonlama barkamol shaxsni ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
815.05 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:12
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
815.05 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:12 ]
Arxiv ichida: pptx