Tarbiya jarayonining mohiyati va mazmuni. Tarbiya qonuniyatlari va prinsiplari

Tarbiya jarayonining mohiyati va mazmuni. Tarbiya qonuniyatlari va prinsiplari

O'quvchilarga / Pedagogika
Tarbiya jarayonining mohiyati va mazmuni. Tarbiya qonuniyatlari va prinsiplari - rasmi

Material tavsifi

Tarbiya jarayonining mohiyati va mazmuni. Tarbiya qonuniyatlari va prinsiplari Reja: 1.Tarbiya jarayonining mohiyati va ahamiyati. 2.Tarbiya jarayonining tizimi va tuzilishi hamda uning qonuniyatlari. 3.Tarbiya jarayonining mazmuni. 4. Tarbiya jarayoni tamoyillari. 1.Tarbiya jarayonining mohiyati va ahamiyati. Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi bo'lib, tarbiyaviy jarayonning mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hamda uni tashkil etish muammolarini o'rganadi. Hayotga yangicha siyosiy va iqtisodiy nuqati nazardan yondashish o'sib kelayotgan yosh avlod tarbiya bilan bog'liq jarayonni ham qaytadan ko'rib chiqishni taqozo etmoqda. Tarbiya - muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o'stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo'lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo'naltirilgan faoliyat jarayonidir. Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyati turlicha bo'lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan. Tarbiya g'oyasi turlicha ifodalangan bo'lsada, ammo yo'naltiruvchanlik xususiyati hamda obyektiga ko'ra yakdillikni ifoda etadi. Tarbiya xususida taniqli o'zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi: Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo faloqat, yo saodat - yo faloqat masalasidur. Ushbu fikrlardan anglaniladiki, shaxs tarbiya xussiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy ishdir. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi, davlatlarning qudratli bo'lishi avlodlar tarbiya ga ko'p jihatdan bog'liq. O'zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqillikni qo'lga kiritgach, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tub islohotlar olib borilmoqda. Islohotlarning asosiy g'oyasi Respublikaning riojlanish va taraqqiyot yo'li deb etirof etilgan demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatning barpo etish uchun xizmat qiladi. Demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatning barpo etish vazifasi o'sib kelayotgan yosh avlod zimmasiga yuklanadi. O'zbekiston Respublikasining ta'lim to'qrisidagi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning qator asar va nutqlari, chunonchi, Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori, O'zbekiston XXI asrga intilmoqda nomli asarlarida mustaqil Respublikada ijtimoiy tarbiyani yo'lga qo'yish maqsadi va vazifalari belgilab berilgan. Tarbiya - shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo'lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta'sir etish imkonini beradi. Tarbiya jarayoni o'qituvchi va o'quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o'rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo'naltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg'ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo'lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo'ladi. Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan to'g'ri uyushtirish g'oyat muhimdir. Faoliyat jarayonida bola tashqaridan kelayotgan tarbiyaviy ta'sirlarga nisbatan malum munosabatda bo'ladi. Bu munosabat shaxsning ichki ehtiyoj va xohishlarini ifodalaydi. Psixolog va pedagoglarning tadqiqotlari shaxsga tashqi omillarning (xoh salbiy, xoh ijobiy) ta'siri ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.02 KB
Ko'rishlar soni 62 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:12 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.02 KB
Ko'rishlar soni 62 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga