Tarbiya jarayonining mohiyati, prinsiplari. Sharqona tarbiyaning nazariy, milliy asoslari. Tarbiya metodlari

Tarbiya jarayonining mohiyati, prinsiplari. Sharqona tarbiyaning nazariy, milliy asoslari. Tarbiya metodlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Tarbiya jarayonining mohiyati, prinsiplari. Sharqona tarbiyaning nazariy, milliy asoslari. Tarbiya metodlari - rasmi

Material tavsifi

Tarbiya jarayonining mohiyati, prinsiplari. Sharqona tarbiyaning nazariy, milliy asoslari. Tarbiya metodlari Reja: Tarbiya jarayonining mohiyati. O'z-o'zini tarbiya va qayta tarbiya. Tarbiyada milliy udumlar va odatlardan foydalanishning ahamiyati to'g'risida Sharq allomalari fikrlari. Tarbiya metodlari tushunchasi. Tarbiya metodlari guruhlanish tavsifi. Tarbiya jarayonining mohiyati va qonuniyatlari. Har qanday jarayon muayyan natijaga erishishga qaratilgan qonuniy va izchil harakatlar majmuidan iborat bo'ladi. Tarbiya jarayonining eng asosiy natijasi - har tomonlama uyg'un, va kamol topgan, yangi tipdagi shaxsni shakllantirishdir. Bu jarayon ikki tomonlama bo'lib, uyushtirishni va rahbarlikni ham, tarbiyalanuvchi shaxsning o'zi aktivlik ko'rsatishini ham, taqozo qiladi. Tarbiya jarayonining mohiyatini tarbiyaga kompleks yondashish yo'li bilan eng muvaffaqiyatli tarzda ilmiy tahlil qilish mumkin. O'z tabiatiga ko'ra tarbiya jarayoni ko'p faktorli xarakterga ega. Buning ma'nosi shuki, bola shaxsining qaror topishi maktab, oila, jamoatchilik, muhit va yaqin atrofdagi vaziyatning xilma - xil, bevosita va bilvosita ta'siri ostida ro'y beradi. «Hamma narsa: odamlar, ashyolar, voqealar, avvalo, ota-onalar va pedagoglar tarbiyalaydilar». ( A.S.Makarenko ) Tarbiya jarayonining natijalari odatda bir xil xaraktyerda bo'lmaydi. Bu narsa ko'pgina sabablarga, o'quvchilarning individual - tipologik tafovutlariga, ularning hayotiy va ma'naviy tajribasiga, shaxsiy pozitsiyasiga bog'liq. Shuning uchun bir xil tarbiyaviy ta'sirning o'zi «shaxsning emotsional larzaga kelishiga» (A.S.Makarenko) sabab bo'lishi, ayni vaqtda bola ma'naviy dunyosining o'zgarishiga olib kelmasligi ham mumkin. Tarbiya nazariyasi - pedagogika fanining bir qismi bo'lib, tarbiyaviy jarayonning mazmuni, usuli va tashkil etilishi masalalarini o'rganadi. Hayotga yangicha siyosiy va iqtisodiy nuqtai nazardan yondashish o'sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi bilan bog'liq jarayonni ham qaytadan ko'rib chiqishni taqozo etmoqda. O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga erishuvi ta'lim va tarbiyaning milliy shakllarini rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib berdi. Tarbiya nazariyasi Markaziy Osiyo faylasuflarining va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi. Tarbiya nazariyasi o'z qoidalariga asoslash uchun falsafa, sotsiologiya, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya fanlari ma'lumotlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning boshqa bo'limlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta'lim nazariyasi, boshqaruv pedagogikasi bilan uzviy bog'langandir. Tarbiya jarayonining mohiyati shu jarayon uchun xarakterli bo'lgan va muayyan qonuniyatlarda namoyon bo'ladigan ichki aloqa va munosabatlarni aks ettiradi. Hozirgi zamon pedagogikasida tarbiya tarbiyachining tarbiyalanuvchi shaxsiga oddiy ta'sir ko'rsatishi emas, balki tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning aniq bir maqsadga qaratilgan, bir-biri bilan hamkorlikda qiladigan munosabatlari va o'zaro ta'sir ko'rsatishi ekanligi alohida ta'kidlanadi. O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi qonuni oila, davlat oldidagi mas'uliyatini anglab etadigan har tomonlama yetuk shaxsni shakllantiruvchi, intellektual va ilmiy kuchlarni taraqqiy ettirishdek yuksak madayiyatlarni belgilab berdi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII sessiyasida ta'lim va madaniyatni rivojlantirish hamda isloh qilish, intellektual va ma'naviy kuchlarni mustahkamlash muhim ahamiyatga molikligi qayd etib o'tildi. Bugungi kunda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 35.9 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:12 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 35.9 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga