Tarbiya maqsadi va vazifalari

Tarbiya maqsadi va vazifalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Tarbiya maqsadi va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Tarbiya maqsadi va vazifalari Reja: Tarbiya haqida tushuncha Tarbiya maqsadi va vazifalari Tarbiya mazmuni Tarbiya jarayonining mohiyati Tarbiya haqida tushuncha. Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining tarkibiy kismi bo'lib, tarbiyaviy jarayon mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hamda uni tashkil etish muammolarini o'rganadi. Yosh avlodni tarbiyalashda nimalarga etibor karatmok lozim? Bunday masalalarni xal etishda avvalo mamlakatimizda siyosiy-ijtimoiy sohalarda yuz berayotgan islohatlar mohiyatini chuqur va atroflicha mushoxada qilib olishga to'g'ri keladi. Chunki davr xam, inson tarbiyasi xam uzgarib bormokda. ayniqsa, XXI asr insoniyat tarixida kompyuter davri bo'lib kirib keldi. Birok, fan-texnika kanchalik jadal rivojlanib, jamiyat hayotida muhim joy olib, ishlab chiqarish jarayonlarini tezlashuviga kanchalik samarali ta'sir etmasin, tarbiya nazariyasida shaxsni komil etib tarbiyalash, bu borada Markaziy Osiyo mutafakkirlari, xalq pedagogikasi hamda jahon pedagogikasining ilg'or fikrlariga tayanib ish ko'rish zarur bo'ladi. Yoshlarni barkamol inson qilib tarbiyalashda birinchi navbatda sharq mutafakkirlarining kimmatli ma'naviy meroslari muhim dasturil amal ahamiyatiga ega bo'ladi. Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Axmad al-Fargoniy, Imom Ismoil al-Buxoriy, Axmad Yassaviy, bahovuddin Naxshband, Amir Temur, Muhammad Taragay Ulugbek, Alisher Navoy va Zahiriddin Muhammad Bobur singari olamga mashxur allomalarining ijtimoiy, siyosiy va falsafiy qarashlari barcha zamonlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. o'z o'tmish madaniy merosini chuqur urganmagan va ezozlamagan, ajdod-avlodlari bosib utgan tarixiy yulni idrok yetmagan, milliy mustaqillik yo'lida jon fido kilgan buyuk ajdodlar faoliyatidan xabardor bo'lmagan inson uzligini xech xachon anglab etolmaydi. o'tmish madaniy merosini o'rganish murakkab jarayoni sanaladi. Madaniy merosi namunalari va ularda ilgari surilgan ezgu g'oyalarni yosh avlod ongiga singdirish uzluksiz, izchil, tizimli hamda maqsadga muvofik amalga oshirilishi zarur. Tarbiya maqsadi va vazifalari. Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni xar tomonlama o'stirish, uning ongi, xulk-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayonidir. Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyatan turlicha ifodalab kelingan bo'lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chikib asoslangan. Tarbiya maqsadi ijtimoiy buyurtma asosida belgilanadi. Eng oddiy harakatdan tortib to keng kulamli davlat dasturi asosida tashkil etiluvchi tarbiya doimo muayyan maqsadga yo'naltirilgan bo'ladi. maqsadsiz, malum g'oyani ifoda etmaydigan tarbiya bulmaydi. Tarbiya maqsadi asosida uning mazmuni asoslanib, maqsadni amalga oshirishga xizmat qiluvchi metod va usullar aniklanadi. Tarbiya maqsadining muammosi pedagogikaning dolzarb masalalaridan biri sanaladi. Tarbiya maqsadi umumiy va individual xarakterga ega bo'lishi mumkin. ilg'or pedagogika umumiy va individual maqsadlar birligi va uygunligini namoyon etadi. maqsad tarbiyaning umumiy ijtimoiy maqsadni ijobiy xal etishga yunaltiriladi hamda aniq vazifalar tizimi sifatida namoyon bo'ladi. Demak, tarbiya maqsadi tarbiya jarayonini tashkil etish asosida xal etiladigan vazifalar tizimidir. Tarbiya ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 319.76 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:13 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 319.76 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga