Tarbiya maqsadlari Reja: 1. Shaxs haqida tushuncha. 2.Shaxsning biologik va ijtimoiy sifatlari. 3. Bolalar iqtidorligi, uning turlari va mezonlari 4. Shaxs rivojlanishi va shakllanishining asosiy omillari Shaxs haqida tushuncha Oldingi ma'ruzalarda ta'kidlanganidek tarbiyaning maqsadi barkamol insonni shakllantirish va rivojlantirishga qaratiladi . Bu vazifani muvaffaqiyatli ado etish uchun shaxsning rivojlanishi qanday borishi,unga qaysi faktorlar ta'sir etishini bilmoq muhim. Buning uchun avvalo «Shaxs», «Inson» tushunchalarini bilish zarur. Shaxs keng ma'noda inson, individ, kishi demakdir. Tor ma'noda esa muayyan jamiyat a'zosi bo'lgan individning ijtimoiy ahamiyatli, barqaror xislatlari majmui . Bu tushunchani kengroq tahlil etamiz. Shaxs tushunchasi faqat insonga taalluqli tushuncha. «Inson» deganda uning biologik va ijtimoiy xususiyatlari tushuniladi. Inson jonli mavjudotning eng yuqori vakili. Inson biologik tomondan ham har qanday mavjudotdan farq qiladi. Shaxsining biologik va ijtimoiy sifatlari Insonning shakllanishida ikki, bir-biriga bog'liq biologik va ijtimoiy omillarning ta'sirini ko'rish mumkin. Inson biologik mavjudot sifatida paydo bo'ladi. Asta-sekin rivojlana boshlaydi. Unda biologik rivojlanish bilan birga ijtimoiy voqelikka munosabat, ijtimoiy xususiyat va sifatlar paydo bo'la boshlaydi. Olti oylik bola atrofdagilarni taniy boshlaydi, begona odamni biladi. Asta-sekin nutq paydo bo'ladi, tikka yuriy boshlaydi. Odamlar, narsa va hodisalar bilan munosabatga kirishadi, xulqi shakllana boshlaydi. Keyinchalik bilim, axloqiy normalarni egallay boshlaydi. Shunday qilib biologik mavjudot bo'lgan inson ijtimoiy xususiyatlarni ham egallaydiki, bu uni ijtimoiy mavjudotga ya'ni shaxsga aylantiradi. «Shaxs» deganda insonning ijtimoiy mavjudotligi, insonning ijtimoiy mohiyatining asosiy belgilari, uning individual psixik xususiyatlari, uning (temperamenti, xarakteri, qobiliyati, aqliy rivojlanganligi, ehtiyoji, qiziqishlari va h.k.) va ijtimoiy funksiyalari(voqeliqqa munosabati insonlarga, jamiyatga, mehnatga munosabati, xulqi, ijtimoiy faoliyati) tushuniladi. «Inson deganda uning biologik va ijtimoiy funksiyalarining birikmasi tushuniladi. Har bir inson ma'lum bir oilada o'ziga xos tug'ma xislatlar bilan tug'iladi (ota-onadan o'tadigan sifatlar) va shu oila ta'sirida uning xarakter xususiyatlari shakllanadi. Shuning uchun ham insonlar millati va Vatani bir bo'lsa ham xususiyatlari har-xil bo'ladi. Bu uning o'zigagina xos «Individual» xususiyatlaridir. Yuqorida ta'kidlaganimizdek, inson dunyoda biologik mavjudot sifatida paydo bo'ladi. Uning ijtimoiy mavjudotga, ya'ni shaxsga aylanishi individual hayoti jarayonida, uzoq davom etgan murakkab rivojlanish davrida ro'y beradi. «Rivojlanish» tabiat, jamiyat va har bir shaxsga taalluqli umumiy xususiyat. «Rivojlanish» deganda o'zgarish, ya'ni bir turdan ikkinchi, ancha sifatli turga o'tish, oldinga qarab harakat tushuniladi. Inson ham jismoniy ham ma'naviy jihatdan rivojlanadi. Jismoniy rivojlanish - bu og'irlik va hajmning ortishi, odamning eniga va bo'yiga o'sishidir. Ma'naviy rivojlanish - bu ongning rivojlanishi, nutq va tafakkurning o'sishi, tabiat va jamiyatdagi voqea va hodisalarni tushunishning rivojlanishidir. «Shaxsning shakllanishi» tushunchasi zamirida shaxsiy sifatlardan ba'zilarining yetukligi, tugalligi tushuniladi. Shuning uchun ham «Rivojlanish» ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.4 KB
Ko'rishlar soni
34 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:13
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.4 KB
Ko'rishlar soni
34 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:13 ]
Arxiv ichida: doc