Tarbiya metodlari va formalari Reja: Kadrlar tayyorlashning ijtimoiy pedagogik zaruriyati. «Ta'lim to'g'risida»gi Qonun asosida o'qituvchi shaxsiga qoyiladigan talablar. O'qituvchi atamasi, uning shaxsi va kasbi haqida tushuncha. O'qituvchilik kasbining jamiyatda tutgan o'rni. Tayanch iboralar: o'qituvchi shaxsi, o'qituvchi bilimi, faol jamoatchi, g'oyaiy barkamol, tarbiyaga muhabbat, o'qituvchining individual xususiyatlari. Ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi tarixiy bosqichi kelajakda buyuk davlat egasi bo'ladigan komil inmonni tarbiyalab voyaga yetkazishni ma'naviyatimiz zimmasiga yuklatilgan. Jamiyatimizning ma'naviy yangilanishi ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish jahon hamjamiyatiga qo'shilishini ta'minlaydigan demokratik huquqiy davlat qurish kadrlar tayyorlashning milliy masalasi ustivor mezon sifatida muhim rol oynaydi. Shuning uchun ha O'zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A. Karimov - inson, uning har tomonlama kamol topishi va farovonligi, shaxs manfatlarini royobga chiqarishning sharoitlarini va ta'sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq - atvorning andozalarini o'zgartirish Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir - deb juda to'g'ri aytgan edi. Chunki xalqning boy intellektual merosi va umuminsoniy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyaning yangi yutuqlari asosida mukammal tayyorgarlikdan o'tgan kadrlarni tayyorlashning yangi tizimini shakllantirish O'zbekiston Respublikasi taraqqiyotining muhim shartlaridan biri bo'lib qoldi. Mana shu ma'noda bugungi mustaqillik sharoitida kadrlar tayyorlashning milliy modelini royobga chiqarish, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta'lim - tarbiyani ongli ravishda idrok eta oladigan, davlat, jamiyat va oila oldida javobgarlik hissini yuragiga tuya oladigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutish bilan birga, ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o'tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to'la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratish maqsadida 1997 yilda Oliy Majlisning IX sessiyasida «Ta'lim to'g'risida» Qonun va «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» qabul qilindi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni ishlab chiqishning asosiy omillaridan biri, Respublikamizning demokratik va huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyat qurish yo'lidan izchil ilgarilab borayotganligi; davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta'lim ustuvorligi qaror topganligi; milliy o'zlikni anglashning o'sib borishi, vatanparvarlik, o'z vataniga iftixor tuyg'usining shakllanayotganligi, boy milliy madaniy-tarixiy an'analarga va xalqimizning intellektual merosiga hurmatning ortib borayotganligidir. Yana shu narsani alohida qayd etish joizki, endilikda O'zbekistonning jahon hamjamiyatiga integrasiyasi, Respublikaning jahondagi mavqei va obro' - e'tiborining tobora ortayotganligi ham mazkur islohotlarni tezlikda amalga oshirish lozimligi pedagogik zaruriyat bo'lib qoldi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan barcha tadbirlar uch bosqichda amalga oshirilishi ko'rsatib berilgan. Ya'ni: Birinchi bosqichda (1997-2001 yillar) pedagogik va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni zamon talablariga javob beradigan darajada tashkil etish, shuningdek, ta'lim oluvchilarning yuksak tayyorgarlik darajasi, malakasi va ma'naviy-axloqiy saviyasining ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.62 KB
Ko'rishlar soni
33 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:13
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.62 KB
Ko'rishlar soni
33 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:13 ]
Arxiv ichida: doc