Tarbiya nazariyasi RYeJA: 1. Tarbiyaning qoidalari. Tarbiyaning maqsadga qaratilgan qoidalari. 2. Tarbiyada insonparvarlik, demokratik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustunligi qoidasi. 3. Tarbiyada izchillik, tizimlilik, tarbiyaviy ta'sirlarning uygunligi va uzluksizligi qoidalari. Tarbiya nazariyasi-pedagogika fanining bir qismi bo'lib, tarbiyaviy jarayonning mazmuni, usuli va tashkil etilishi masalalarini o'rganadi. Hayotga yangicha iqtisodiy va siyosiy nuqtai nazardan yondashish o'sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi bilan jarayonni ham qaytadan ko'rib chiqishni taqozo etmoqda. O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga erishuvi ta'lim va tarbiyaning milliy shakllarini rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib berdi. Tarbiya nazariyasi Markaziy Osiyo faylasuflarining va xalq pedagogikasining boy tajribalariga tayanadi.Tarbiya jarayonida kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi, g'oyaviy, axloqiy, irodaviy estatik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustahkamlanadi. Tarbiya qoidasi-pedpgog ta'lim va tarbiya jarayonini yaxshiroq tashkil etish masalasida foydalanadigan boshlang'ich holat, rahbarlik asosidir. Tarbiya qoidalari o'qituvchi, tarbiyachilarga yo'l-yo'riq ko'rsatuvchi qoidalar hisoblanadi, yangi kishini shakllantirish vazifalari bilan belgilanadi. Tarbiya oidalari mustaqil xarakterga ega bo'lib, tarbiyaning o'ziga xos xususiyatlarini va qonuniyatlarini aks ettiradi. Tarbiyaning mohiyati, mazmuni qoidalari mamlakatimizda yangicha iqtisodiy munosabat sharoitlarining o'zgarganligi sababli kengayib bormoqda.Tarbiya qoidalariga quydagilarni kiritish mumkin: tarbiyaning malum maqsadga qaratilganligi, tarbiyaning insonparvarlik va demokratik qoidasi, tarbiyani hayot bilan, mehnat bilan bog'liqligi qoidasi, tarbiyada milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlarning ustivorligi qoidasi, tarbiyada o'quvchilarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish qoidasi, izchillik, tizimlilik, tarbiyaviy ta'sirlarning birligi va uzluksizligi qoidasi va boshqalar. Tarbiyadan ko'zlangan asosiy maqsad, har tomonlama ma'naviy rivojlangan, aqliy va axloqiy barkamol shaxsni shakllantirishdan iborat. Shunga ko'ra tarbiyaviy faoliyatning mazmuni, tashkiliy shakllari va usullari shu maqsadga erishini ko'zda tutadi. Umumiy ta'lim maktabning asosiy vazifasi - shaxsning aqliy, his- tuyg'uli va jismoniy rivojlanishi, qobiliyatlarini har tomonlama kamol toptirish, imkonicha boricha qulay sharoitlar yaratishdan iborat. Shuningdek o'quvchilarda milliy g'urur va milliy axloq odobni shakllantirishni ko'zda tutadi. Tarbiyaning malum maqsadga qaratilganlik qoidasi yoshlar jamoasining rivojlanish istiqbollarini ko'ra bilishga yordam beradi. Har bir tarbiyaviy tadbir oldindan puxta o'ylangan, muayyan maqsadni amalga oshirishga bo'ysundirilgan bo'lsa, uning g'oyaviy-siyosiy darajasini oshiradi, tanlangan usul va vositalar maqsadga muvofiq keladi, ularning tarbiyaviy ta'siri yuqori bo'ladi. Yoshlarni insoniy fazilatlar ruida tarbiyalashda muqaddas kitob Quroni Karim, Hadisi sharifdan foydalanash juda muhim. Mahmud Qoshg'ariyning «Devoni lug'atit turk», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilik», Ahmad Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq», Kaykovusning «Qobusnoma», Ahmad Yassaviyning «Hikmatlari», Alisher Navoiyning shoh asarlari, hikmatlari muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Tarbiyani demokratiyalash-bu tarbiyani ma'muriy ehtiyoj va qiziqishlardan yuqori qo'yish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o'rtasidagi o'zaro ishonch, hamkorlik asosida pedagogik munosabatlar mohiyatini o'zgartirish demakdir. Bu tarbiyaga ishiga jamoatchilikni jalb qilish, uning rivojlanishiga jamoat omilini kiritish demakdir. Tarbiyaviy faoliyatni demokratiyalash ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
378.84 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:13
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
378.84 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:13 ]
Arxiv ichida: doc