Tаrbiya nаzаriyasini o'qitish mеtоdikаsi Reja: 1. Tаrbiya nаzаriyasining vujudgа kеlish tаrixi vа Mаrkаziy Оsiyo аllоmаlаrining qo'shgan xissаlаrini tushuntirish usullаri. 2. Barkamol shaxsni tаrbiyalash usullarini qo'llаsh mеtоdikasi . 3 Sinfdan vа mаktаbdаn tаshqаri tаrbiyaviy ishlаrdа o'qituvchi mаhоrаti. Tarbiya - ma'naviy manbalar va hozirgi zamon talablari extiyojlarini nazarda tutgan holda, o'ktuvchining o'quvchi bilan aniq bir maqsadga karatilgan o'zaro amaliy va nazariy muloqotidir. Biror bir maqsadga qaratilgan tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari tarbiyachi tomonidan rejalashgiriladi va tartibga solinadi: A) Talabaning qaysi xislatini shakllantirish yoki yo'qotish maqsadida rejalashtiriladi. B) Shu xislatlarni tarbiyalash yoki yo'qotish uchun xizmat qiluvchi manbalarni izlab topiladi. V) Belgilangan maqsad uchun xizmat qiladigan nazariy va amaliy manbalarni qaysisini va qaerda ishlashni rejalashtiriladi. Bunday rejaga solinib olib borilgan tarbiya mohiyatini ta'lim-tarbiya tizimi, jamiyat va insonlarning intellektual va jismoniy faoliyati tashkil qiladi. Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. Insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu hatti-harakatini sekin-asta ko'nikmaga aylantirib borish lozim. Insonning mushohada qilish qobiliyatini tarbiyalaydi va mushohada qilish aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa moddiy va ma'naviy manbaga aylanadi. Shu tarzda inson asta-sekin takomillashib, komillikka erishib boradi. Ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchidan uzoq davom etadigan mas'uliyat, sharafli mehnat va qunt, irodani talab etadi. Buning uchun bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish zarur. Ma'naviy, insoniy sifatlarning shakllanishida oiladagi, atrofdagi, jamiyatdagi muhit bolalarga bo'lgan munosabat muhim rol o'ynaydi. Ota-onalarimiz va atrofdagilarning bir-birlariga bo'lgan munosabatlarini ko'rgan bola shunga qarab shakllana boradi. Ular avval kattalarga taqlid qiladilar. So'ng sekin-asta qilayotgan ishlarining mohiyatini anglaydilar. Bolalarni to'g'ri tarbiyalashda ota-onaning ongi, ma'naviyati, bilimi, tarbiyalanganligi muhim ahamiyatga ega. Aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligi tarbiyachining qanday metoddan foydalanishiga bog'liq. Metod - yunoncha atama bo'lib - aynan nimagadir yo'l, usul orqali maqsadga erishish yo'lini bildiradi. Metod, ya'ni usul axborotni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab: So'z orqali ifodalash usuli. Ko'rgazmalilik usuli. Amaliy, namuna usuli. Rag'batlantirish va jazo usuli. Yuqoridagi metodlar (usullar) o'z navbatida quyidagi guruhchalarga bo'linadi: Birinchi guruh - so'z orqali uzatish, maslahat berish, ma'lumotlarni eshitish orqali qabul qilish, hikoya, ma'ruza, suhbat va boshqa usullarga; Ikkinchi guruh - kinofilmlar, tasviriy san'at, badiiy san'at va boshqa ko'rish orqali tarbiyalash usullariga; Uchinchi guruh - tarbiya ma'lumotlarini amaliy mehnat harakatlari orqali berish. o'rnak ko'rsatish, boshqalarni amaliy mehnatini misol qilib ko'rsatish; To'rtinchi guruh - o'quvchi-talabalarning yaxshi bajargan ishlarini, o'rtoqlari oldida yoki ota-onalar majlisida ma'qullash, minnatdorchilik bildirish, iqtisodiy yordam, stipendiyalarini topshirish, maqtov yorliqlari topshirish. Suratlarini hurmat taxtachasiga yopishtirish va boshqa og'zaki, rahmat, barakalla kabi rag'batlantirish usullarini kiritish mumkin. Tarbiyachining rag'batlantirish usuli ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.28 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:13
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.28 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:13 ]
Arxiv ichida: doc