Tarbiya qoidalari Reja: 1. Tarbiya qonuniyatlari va qoidalari. 2.Tarbiyada insonparvarlik,demokratik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustunligi 3. Tarbiyaviy ishlarning izchilligi, tizimliligi hamda birligi. 4. Yoshlarda mustaqil fikrlashni tarbiyalash. 5. Tarbaya jarayonidagi ziddiyatlar va uning harakatlantiruvchi kuchlari. 13. 1. Tarbiya qonuniyatlari va qoidalari. Axloqqa doir bilimlar jamoada odamlar xulqini tartibga soluvchi axloqiy tushunchalar, tamoyillar, talablar qoidalardan iborat. Har bir kishining o'ziga xos, ma'lum qonun-qoidalari bo'lganidek, bola tarbiyasining ham o'ziga xos muhim qonun-qoidalari borki, ularga amal qilish tarbiya ishining samarali bo'lishini ta'minlaydi. Tarbiya qoidasi-pedagog ta'lim va tarbiya jarayonini yaxshiroq tashkil etish maqsadida foydalanadigan boshlang'ich holat, rahbarlik asosidir. Tarbiya qoidalari o'qituvchi, tarbiyachilarga yo'l-yo'riq ko'rsatuvchi qoidalar hisoblanadi va tarbiyaviy jarayonda bu qoidalarga amal qilish uning samarasini oshiradi, yaxshi natijalarga olib keladi. Tarbiya qoidalari Sharq va Markaziy Osiyo faylasuf-donishmandlarining fikrlari va milliy pedagogika erishgan yutuqlarga asoslanadi. Tarbiyaning mazmuni, tashkil etilishi, usullari va ularga qo'yiladigan talablar shu qoidalarda o'z ifodasini topadi. Tarbiya qoidalariga quyidagilarni kiritish mumkin: tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi, tarbiyaning insonparvarlik va demokratik qoidasi, tarbiyani hayot bilan, mehnat bilan bog'liqligi qoidasi, tarbiyada milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlarning ustivorligi qoidasi, tarbiyada o'quvchilarning yoshi va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish qoidasi, izchillik, tizimlilik, tarbiyaviy ta'sirlarning birligi va uzluksizligi qoidasi va boshqalar. Tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi qoidasi. Tarbiyadan ko'zlangan asosiy maqsad har tomonlama ma'naviy rivojlangan aqliy va axloqiy barkamol shaxsni shakllantirishdan iborat. Shunga ko'ra tarbiyaviy faoliyatning mazmuni, tashkiliy shakllari va usullari shu maqsadga erishishni ko'zda tutadi. Demak, tarbiyaviy ish ma'lum maqsadni ko'zlovchi va uzluksiz davom etadigan jarayondir. 13.2.Tarbiyada insonparvarlik,demokratik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustunligi -Tarbiyaning insonparvarlik va demokratik qoidasi. Tarbiyada inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o'smir va qizlarning betakror va o'ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huquqi va erkinligini hisobga olish lozim. Yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashda muqaddas kitob Qur'oni Karim, Hadisi sharifdan foydalanish juda muhim. O'qituvchi o'quvchi qalbiga yo'l topish uchun bilimi va ishi bilangina emas, ayni paytda odob-axloqi, madaniyati, rostgo'ylik va shirinsuxanligi bilan namuna bo'lishi lozim. Yaxshi o'qituvchi o'quvchilarning so'zini diqqat bilan tinglaydi, ularga dalda beradi, to'g'ri baho quyadi, hammani teng ko'radi, bolalarni sevadi. Tarbiyani demokratiyalash - bu tarbiyani ma'muriy ehtiyoj va qiziqishlardan yuqori qo'yish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o'rtasidagi o'zaro ishonch, hamkorlik asosida pedagogik munosabatlar mohiyatini o'zgartirish demakdir. - Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustunligi qoidasi. Ma'naviy qadriyatlar va g'oyalar har xil millat o'quvchilarini birlashtiradi, o'quv va mehnat faoliyatlarini uyushtirishga yordam beradi. Xalqimizning ko'p asrlik qadriyatlarini, o'lkan va boy madaniy merosini chuqur bilmasdan, milliy o'zligini anglash, milliy g'urur tuyg'usini qaror toptirish mumkin emas. O'zbek ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.96 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:13
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.96 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:13 ]
Arxiv ichida: doc