Tarbiya qonuniyatlari va metatamoyillari

Tarbiya qonuniyatlari va metatamoyillari

O'quvchilarga / Pedagogika
Tarbiya qonuniyatlari va metatamoyillari - rasmi

Material tavsifi

Tarbiya qonuniyatlari va metatamoyillari Reja: 1. Tarbiya qonuniyatlari. 2. Tarbiyaning metod va tamoyillatamoyillari Tarbiya qonuniyatlari - bu bir tomondan, ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyaning xususiyatlari, ikkinchi tomondan, shaxsning rivojlanishi bilan bog'liq bo'lgan barqaror aloqalar. Tarbiya jarayonining quyidagi qonuniyatlari mavjud: ijtimoiy muhitning obyektiv va subyektiv omillariga bog'liqligi; tarbiyaning shaxsning rivojlanishi bilan birligi va o'zaro bog'liqligi; faoliyat va munosabatni e'tirof etish shaxsning ijtimoiy qimmatli azilatlarini shakllantirishning negizi va asosiy manbai; Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» - yo'l) tarbiya maqsadiga erishishning yo'li. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar - bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg'ulari va xulqiga ta'sir etish usullaridir. Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi etmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi o'zining imkoniyatiga ko'ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart-sharoitlariga mos ravishda o'zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida umumiy metodikani boyitadi. Tarbiya metodlarini bunday xususiy takomillashtirish tarbiya usullari deb ataladi. Tarbiya usullari - umumiy metodning bir qismi, alohida harakati, yanada aniqlashuvi. Obrazli aytganda, usullar - bu qo'yilgan maqsadga tezroq erishish uchun tarbiyachi o'zining tarbiyalanuvchilari bilan yo'l ochadigan o'rganilmagan so'qmoq. Agar uni boshqa tarbiyachilar ham foydalana boshlasa, u holda asta-sekin usullar keng ustunli yo'llar - metodlarga aylanishi mumkin. Tarbiya metod va usullarini bilish, ularni to'g'ri qo'llay olishni egallash - bu pedagogik mahorat darajasini belgilovchi muhim tavsiflardan biri. Tarbiya metodlarining tasnifi Zamonaviy pedagogikada ba'zilari amaliy vazifalarni hal etishga, ba'zilari faqat nazariy vazifalarni o'zida aks ettiradigan o'nlab tarbiya tasniflari mavjud. Metodlar o'ziga xos xarakteriga ko'ra ishontirish, mashq, rag'batlantirish va tanbeh berishga bo'linadi. Mazkur holatda metodning umumiy xarakterli belgisi uo'zida yo'nalganlikni, o'ziga xoslikni, qo'llanishga yaroqlilikni aks ettiradi. Bu tasnifga metodlarning ko'proq umumlashganligi bilan ajralib turuvchi tarbiyaning umumiy metodlari mustahkam tutashib ketadi. U o'zida ishontirsh, faoliyatni tashkil etish, o'quvchilarning xulq-atvorini rag'batlantirish metodlarini qamrab oladi. I.S. Marenkoning tasnifida tarbiya metodlari guruhlar quyidagicha nomlanadi: tushuntirshli-reproduktiv, muammoli vaziyatli, o'rgatish va mashq metodlari, rag'batlantirish, to'sqinlik qiluvchi, boshqarish, o'zini-o'zi tarbiyalash. Farzandlarimizning kelajakda komil inson bo'lib yetishishlarida oila va jamiyatda yaxshi tarbiya olishning o'rni beqiyosdir. Ota-ona, ustoz-murabbiylar, rahbar va yoshi kattalar qancha madaniyatli, odobli bo'lsa, shu jamiyat va muhitda o'sayotgan shaxslar ham shunchalik odobli bo'lib yetishadi. Bunday sermas'uliyat ijtimoiy ishni amalga oshirish, ya'ni yoshlarimizning odobli, xushxulqli, vijdoni pok kishilar bo'lib yetishishlari uchun o'z xulq-atvorimiz bilan ularga yaxshi ibrat va namuna bo'lishimiz bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi. Ilgarigi zamonda shunday maqol bor edi: «Domlaning aytganini qil-u, qilganini qilma». Hozir bu maqol eskirdi: o'smir va o'spirinlar ko'pincha ustozlari va kattalarning tashqi yashash tarzidan o'rnak oladilar, ya'ni ular «domlaning qilganini qilishadi». Bu o'rinda ularning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 526.54 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:13 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 526.54 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga