Tarbiyachi mahorati

Tarbiyachi mahorati

O'quvchilarga / Pedagogika
Tarbiyachi mahorati - rasmi

Material tavsifi

Tarbiyachi mahorati Reja: Tarbiyachi mahoratining mazmuni. Tarbiyachining asosiy ko'nikmalari. Tarbiyachi mahoratining tuzilishi. Oliy o'quv yurti bitiruvchilari ko'pgina o'quv jarayonini tashkil etishga yetarli darajada tayyor bo'lganlari holda, maktabda tarbiyaviy ishlarni olib borishga tayyor emasliklarini aytadilar. Haqiqatan ham ko'pchilik o'qituvchilar uchun tarbiyachilik mahorati o'qituvchilik mahoratining shakllanishi jarayoniga nisbatan murakkab hisoblanadi. Buning obyektiv sababi aniq, chunki tarbiya tushunchasi ta'lim tushunchasiga qaraganda ancha keng va ta'limning tugal maqsadi tarbiya maqsadining biron bir tomonini: yo o'quvchi intellektual qobiliyatini, yo estetik, yo axloqiy sifatlarni tarbiyalashga yo'naltirilgan. Tarbiya jarayonining shaxs mahorati asoslarining shakllanishidagi murakkablik shaxs xususiyatlaridagi kasbiy shakllanishda tarbiya jarayonining zarur bo'lgan yaxlit tizimini egallashi bilan ham bog'liq. Bu yerda nimani nazarda tutyapmiz? Boshlovchi pedagog ziddiyatli holatlarda o'qituvchining turli-tuman xulq usullarini tanlashida uning topqirligi bilan tarbiya mahoratini bog'lashga o'zida moyillik sezadi. Albatta, bu narsa muhim, lekin mohir tarbiyachi usullarni tanlashi bilan kuchli emas. A.S.Makarenko tarbiyachi ishlarini ko'rib chiqib aytadiki, tarbiyachi faoliyati, aslida, mohiyati bilan tashkilotchilik faoliyati ham hisoblanadi. Demak, tarbiyachi mahorati, boshqa narsa emas, balki bolalar hayotini tashkil etuvchi mahoratdir. Tarbiyachi mahorati - o'quvchining samarali rivojlanishiga ta'sir etuvchi pedagogik holatlarni yarata bilishda ko'rinadi. Mahoratda nazariya va amaliyot uzviyligi gavdalanadi. Hech qachon biron bir muvaffaqiyatli harakat tushunilmagan yoki stixiyali bo'lmaydi. Har qanday samarali usullarning asosiy va yetarli sharti shu maqsadga erishish vazifalarini, yo'l va vositalarini, ya'ni tarbiya jarayonining qonuniyatlarini bilish demakdir. Tarbiya mahorati - bu faqat yetarli nazariy bilimlarni egallashgina emas, balki tarbiya qonuniyatlari, bolalar jamoalari hayotini tashkil etish qonuniyatlaridan kelib chiqadigan barcha vosita, usul va metodlarni hayotga, ijodiy tatbiq eta bilish hamdir. Tarbiya mahorati mazmunining acoci bilim va unga asoslangan ko'nikmalardir. Tarbiyachining muhim ko'nikmalariga turli pedagogik holatlarda bolalar dunyosida sodir bo'layotgan turli jarayonlarni to'g'ri qabul qilish ko'nikmasi, holatni tanlashga nisbatan tadbiq etiladigan «Maqsad - vosita- natija» munosabatlarini tahlil qila olish ko'nikmasi, diqqatni tez yo'naltira olish va biridan ikkinchisiga tez o'gkaza olish ko'nikmasi, bolalar bilan o'ynay olish ko'nikmasi, ko'plab pedagogik holatlardan muhimini ajratib olish ko'nikmasi, turli tomondan holatlarni baholay olish ko'nikmasi, tasodifiy omillardan muhimini ko'ra bilish ko'nikmasi, bir xil holatda turli-tuman ta'sir usullaridan foydalana bilish ko'nikmasi, o'zining kayfiyatini, hissiyotini va fikrini so'z, mimika, harakatlar orqali yetkaza olish ko'nikmasi. Yuqorida sanab o'tilgan ko'nikmalar bilan birga quyidagilar ham muhimdir: o'quvchilarning barcha faoliyatlarida ular bilan kontakt o'rnata olish; individual yondasha olish ko'nikmasi; o'quvchilarni yomon va yaxshiga ajratmaslik; bolalar tashabbuskorligini rivojlantira olish; qiyin holatlarda bolalarga yordam bera olish; o'quvchilar jamoasi fikrini kelishtirish ko'nikmasi; o'z-o'zini boshqara olishning turli shakllaridan mohirona foydalana bilish; o'quvchi ishonchini suiste'mol qilmaslik; har bir o'quvchidan ijobiy sifatlar topa bilish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.74 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:14 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.74 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga