Tarbiyachilik mahorati Reja: 1. Tarbiyachi mahoratining mohiyati. 2. o'qituvchilar jamoasidagi o'zaro munosabatni boshqarishda tarbiyachining mahorati. 3. Tarbiyachi mahoratining tizimi: ijtimoiy, estetik, axloqiy, texnologik. Mamlakatimizda xalq ta'limi sohasida o'rtaga qo'yiladigan vazifalarni bajarish ko'p jihatdan o'qituvchi - tarbiyachilarga bog'liq. tadbiq etilayotgan yangi ta'lim tizimini tulakonli amalga oshirish, o'quvchilarning xilma -xil faoliyatini uyushtirish, ularni bilimli, odob- axloqli, mehnatkash, talabchan va umuman komil inson bo'lib etishishlarida, hozirgi zamon talabidagi bilimlarni berish moxir tarbiyachi - o'qituvchilarning zimmasiga yuklatilgan. Tarbiya bola tug'ilganidan boshlab umrining oxirigacha davom etadigan jarayondir. Bolalarga tarbiya berish tarbiyachining burchidir. Mana shu vazifani bajarish uchun o'qituvchilar pedagogik jihatdan mahoratli bo'lishlari lozimdir. Pedagogik mahorat - tarbiyachi ish faoliyatining muvaffakiyatli bo'lishi ko'p jihatdan uning pedagogik tayyorgarligi hamda mahoratiga bog'liq. Pedagogik mahorat tarbiyachilarning o'z pedagogik malakalarini oshirish, siyosiy hamda madaniy dunyoqarashlarini kengaytirish orqali muntazam tarzda ish olib borishlari natijasida vujudga keladi. Tarbiyachi mahorati ko'p kirralidir. mahorat kasbiy tayyorgarlikdan, nazariy bilim va ish tajribasini doimo oshirib borishdan, bolalarga bo'lgan muhabbatidan kelib chikadi. Tarbiyachi mahorati - bu yosh avlodga ta'lim - tarbiya berishni yuksak darajada va doimiy ravishda takomillashtirib borish san'atidir. Tarbiyachi mahoratini ayrim pedagoglargina egallamaydilar, balki, bu san'atga intilgan xar bir pedagog egallashi mumkin. Xar bir tarbiyachi pedagogik texnika va texnologiyalarni, qobiliyatlarni rivojlantirib, yangi bilimlar bilan boyitib borsalargina pedagogik mahoratni muvaffakiyatli egallashga yordam beradi. Tarbiyachi mahoratini o'stirish va takomillashtirishda tarbiyaviy ish tajribasi hamda shaxsiy pedagogik tajriba muhim rol uynaydi. Tarbiyachi mahorati pedagogning o'z predmetini mutlako yaxshi bilishini, tarbiya va ta'limning qonuniyligini tushuntirishni, unda zaruriy pedagogik malaka va ko'nikmalar mavjudligini kuzda tutadi. xar qanday pedagogik ishning ustasi bo'lgan pedagog, bolalar bilan, ularning ota - onalari bilan, o'z xamkasblar bilan haqiqiy axloqiy, chuqur insoniy munosabatlar urnata biladigan kishigina o'quvchilar uchun namuna bo'ladi. o'quvchilarga pedagogik ta'sir ko'rsatish samaradorligi ko'p jihatdan sinf bilan to'g'ri munosabat urnata bilish juda qiyin, deyarli muhim bulmaydigan xoldir. Buning uchun vaqt kerak bo'ladi. Pedagogik iexnologiyani egallash mahoratli tarbiyachi uchun o'z fanini zamonaviy fanlar darajasida yaxshi bilishi va pedagogning uslubiy qurollanganligini, pedagogik tabiatini shakllantirishni va unda tarbiyalanuvchilar bilan mulokatda zarur buladigan xulk - atvor va malakalarining egallashini nazarda tutadi. Pedagoglik mahoratini shakllantirishga bolalar bog'chasi va maktab pedagoglar jamoasi, kadrlar tayyorlashni maqsadga muvofik oshirsa, pedagoglar jamoasida yosh xamkasbga talabchan bo'lishadi. o'z bilim va faoliyatini tanqidiy baholaydi. Muvaffakiyat va xatolarini kura olishiga hamda o'z xatolarini bartaraf etishga urgatiladi. Moxir tarbiyachi bolalar bilan ishlash mazmunini etarlicha egallaydilar. Bu anglash o'qituvchilarning o'qish bilan doimiy shugullanganlaridan yuzaga keladi. Tarbiyachining jamoa bilan kirishib ketishi o'z ishidagi kuchli va zaif tomonlarini bilishi: bilimlarni doimo ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.18 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:14
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.18 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:14 ]
Arxiv ichida: doc