TARBIYACHINING BOLALARNI TASVIRIY FAOLIYATGA O'RGATISH JARAYONIDAGI O'RNI. reja: 1 2 Bolalarni tasviriy faoliyatga o'rgatish Tasviriy faoliyat mashg'ulotlarida, qalamdan, mo'yqalamdan erkin foydalanish Maqsad: Bolalarni tasviriy faoliyatga o'rgatishda qalamdan, mo'yqalamdan erkin foydalanish jarayonidagi o'rni haqida ma'lumot berish Kalit so'zlar:mo'yqalam, malaka , ko'nikma, xomaki rasm Bolalarni tasviriy faoliyatga o'rgatish Bolalarni tasviriy faoliyatga o'rgatish Tasviriy faoliyat bo'yicha maktabgacha ta'lim tashkiloti dasturi va maktabda tasviriy san'at dasturi bolalarda tevarak-atrofga nisbatan estetik munosabatni tarbiyalash, ijodiy qobiliyat va badiiy tasvirlarni rivojlantirishni ko'zda tutadi. Maktabgacha ta'lim tashkiloti mashg'ulotlarida, maktabda muvaffaqiyatli o'qib ketishlari uchun zarur bo'lgan vazifalar hal etiladi. Rasm, applikatsiya, loy ishlari jarayonida bolalarda fikr yuritishning tahlil, sintez, takrorlash, aniqlashtirish kabi jihatlari shakllanadi. Shuningdek, bu jarayonlarda bolalar jamoada ishlashga, o'z harakatini o'rtoqlarining harakatiga bo'ysindirishga o'rganadilar. Bolalar bog'chasida tasviriy faoliyat mashg'ulotlari bolalarda, o'quv faoliyatida zarur bo'lgan malaka va ko'nikmalarni shakllantiradi. Bunday malaka va ko'nikmalarga: topshiriqni tinglash va yodda tutish, ma'lum vaqt orasida bajarish, o'z ishini rejalashtirish va baholash, boshlangan ishni oxiriga yetkazish, xato va kamchiliklarini topish va uni tuzatish, material, ish qurollari va ish joyini tartibli saqlash va boshqalar kiradi. Pedagoglarning olib borgan tekshirishlari shuni ko'rsatadiki, bolalar bog'chasida ta'lim-tarbiyaning bunday tuzimi bolalarni maktabga tayyorlashga katta ta'sir ko'rsatadi. Shuningdek, psixologlardan E.A.Labunskiy va boshqalar tomonidan maktab o'quvchilarining tasviriy faoliyatini o'rganish jarayonlari shuni ko'rsatib o'tadiki, maktabda tasviriy san'at darslarining tuzilishi, bolalar bog'chasida olgan bilim, malaka va ko'nikmalari asosida, ularni hisobga olgan holda tashkil etiladi. Tasviriy faoliyat mashg'ulotlarida, qalamdan, mo'yqalamdan erkin foydalanish Boshlang'ich sinf tasviriy san'at dasturining tahlili shuni ko'rsatadiki, predmetli, rasm bo'yicha o'quv vazifalari ancha murakkab tarzda kiritilishidan tashqari, bolalar bog'cha dasturi bo'yicha ayrim takrorlash ishlari kiritildi. 1-sinfda bolalar doira, kvadrat, to'rtburchak, oval kabi tuzilishga ega bo'lgan predmetlarni aniqlashga o'rganadilar, bog'chada bolalar oldiga qo'yilgan vazifa rasm chizish texnikasini egallashdir. Bunga sabab, hamma bolalar bog'chadan maktabga kelmaydilar va shu bois bolalar bilan ishni maktabga kelguncha, tayyorlov guruhda olgan bilimlardan boshlash lozim. Mavzu asosida rasm chizish maktabgacha ta'lim tashkilotida o'tkaziladigan mazmunli rasmning davomi sifatida o'tkaziladi. Bolalar tevarak-atrofdagi hodisa va predmetlarni kuzatib, ko'rib chiqadilar, so'ng xotiralariga asoslanib, ularni chizadilar. O'quvchilar obyektlar o'rtasidagi mazmunli bog'lanishlarda uzoqdagi predmetlarni kichiklashtirib tasvirlaydilar. Dekorativ rasm bo'yicha maktabda texnik tartibga doir vazifalar qo'yiladi, ya'ni nAQSH tuzilishi ketma-ketligida tasviri bilan birgalikda, yordamchi chiziqlardan foydalanish va o'z ixtiyorlari bilan xalq amaliy-dekorativ san'at elementlaridan foydalanish va san'at haqida o'tkaziladigan dars-suhbat jarayonida o'rganadilar. Bolalarning tasviriy faoliyati mashg'ulotlari geometrik shakllarni topa yoki ko'ra olishga, ularni terminlar bilan atashga, kengligi, kattaligi, n.unligi, balandligini, qismlarning bir-biriga nisbatan fazoviy joylashishi bilan tnnishishni bolalarni maktabning 1-sinfida elementar matcinatik tushunchalarini puxta ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
742.89 KB
Ko'rishlar soni
73 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:14
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
742.89 KB
Ko'rishlar soni
73 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:14 ]
Arxiv ichida: pptx