Tarbiyaning asosi oilada shakllanadi Otasini ogritgan el ichida xor bo'lar, Onasini ogritgan parcha nonga zor bo'lar. Ma'naviy merosimizdagi tarbiyaviy g'oyalar rivojiga bir nazar soladigan bo'lsak, kanchalik ma'naviy javoxirlarga ega ekanligimizga ishonch hosil kilamiz. Ular tubsiz ummon, bitmas-tuganmas boylikdir. Har bir inson bu ummonga sho'ngiganda o'zining fe'l-atvori, dunyoqarashi, bilim saviyasi va boshqa xususiyatlariga karab ulush olib chiqishi mukarrardir. Tabarruk manbalarimiz bo'lmish Kur'on, xadislar, ajdodlarimiz ma'naviy merosi hisoblangan Kobusnoma, Shoxnoma, Temurnoma, Boburnoma, Guliston, Bo'ston, Temur tuzuklari, Kutadgu bilig, Maxbub ul kulub kabi durdona asarlarni mutolaa kilgan har bir inson tarbiyaning inson shakllanishidagi muhim omil ekanligiga ishonch hosil qiladi. Tarbiyaning murakkabligi haqida Amir Temur :Men farzand tarbiyalashda davlatni boshqarishdan ko'ra chuqurrok mushoxada, undan ham chuqurrok donishmandlik kerakligiga ishonch hosil kildim,- desa, Avloniy Turkiy guliston yoxud axloq asarida tarbiyaning ahamiyatiga: Tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo xaloqat, yo saodat, yo faloqat masalasidir,- deb katta baho beradi. Tarbiyani oiladan shakllantirib borish kerakligi, buning uchun ota-onaning o'zi tarbiyalangan bo'lishi kerakligi haqida uktiradi. Bolalarga biror narsani va'da kilgan bo'lsangiz va'daning ustidan chiqish kerak. Bola oldida obro'yingizni to'kmang. Chunki bolalar juda ishonuvchan va begubor bo'ladilar. Sizning bergan va'dangizni sabrsizlik bilan kutadi. vaqtni, dakikalarni sanab o'tkazadi. Intizorlik bilan kutgan vaqt kelganda: Dada, bugun bizni parkka olib borasizmi, desa-yu, sizning bergan va'dangiz esingizdan chikib ketgan bo'lsa, mulzam bo'lib kolasiz. Shunday holatlar 4-5 qaytarilsa, bolangizning sizga bo'lgan ishonchi yo'koladi. Gaplaringizga ishonmay ko'yadi. Obro'yingiz ketadi. Shuning uchun o'zingizga ishonmasangiz va'da bermang. Uddasidan chika oladigan ishga va'da bering. Bo'lmasa yaxshisi bolani aldamaganingiz ma'kul Aks holda bola ham katta bo'lganida odamlarga va'da berib, uni bajarmasa ham bo'lar ekan, degan xulosaga kelib qolishlari mumkin. Farzandlaringizning tug'ilgan kunlarini bir xil mexr bilan teng ko'rgan holda o'tkazishga harakat kiling. Birini ikkinchisidan kam ko'rmasligingiz lozim. Bolalaringizning tug'ilgan kunlarini oilaviy qilib, sodda o'tkazishga o'rgating. Farzandlaringizning tug'ilgan kunida oila a'zolaringizni ishdan yoki o'qishdan vaqtlirok kelishlariga odatlantiring. Oldindan kelishib, farzandingizni tug'ilgan kuni bilan tabriklash uchun unga yokadigan eng kerakli biron-bir sovga harid kiling. Yoki o'zi anchadan beri olib bering deb yurgan narsasini olib bering. Yaxshi ko'radigan taomi, shirinliklari va mevalarini tayyorlang. Shu kuni tug'ilgan kuni nishonlanayotgan bolangizni kundalik ishlardan ozod kiling. Kolgan farzandlaringiz barcha yumushlarda sizga yordam bersin. Oila a'zolarining hammasini tug'ilgan kunlarini shunday o'tkazishga ko'nikma hosil kilgan farzandlaringiz keyinchalik tug'ilgan kunlarni o'zlari mustaqil ravishda o'tkazadigan bo'ladilar. Bir-birlariga nisbatan mexr-oqibatli bo'ladilar. Bola-chakali bo'lganlarida bir-birlarini yo'klaydigan, bir-birlariga yordam beradigan bo'ladilar. Bolani yoshligidan mehnatga o'rgatib boring. Inson birdaniga mehnatkash bo'lib kolmaydi. Siz buyurib ketgan ishlaringizni bolalaringiz baholi-kudrat bajarib ko'yishibdimi, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.23 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:14
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.23 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:14 ]
Arxiv ichida: doc