Tarbiyaning ijtimoiy hodisa va pedagogik jarayon ekanligi

Tarbiyaning ijtimoiy hodisa va pedagogik jarayon ekanligi

O'quvchilarga / Pedagogika
Tarbiyaning ijtimoiy hodisa va pedagogik jarayon ekanligi - rasmi

Material tavsifi

Tarbiyaning ijtimoiy hodisa va pedagogik jarayon ekanligi Reja: 1. Tarbiyaning tarixiy va milliy asoslari. 2. Shaxs kamolotiga ta'sir etuvchi omillar. 3. Bolalarning har tomonlama rivojlanishida faoliyatning roli. 1. Rivojlanish kishidagi jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jarayon bo'lib, u barcha tug'ma va egallagan miqdor va sifat o'zgarishlarini o'z ichiga oladi. Jismoniy rivojlanish bo'yining o'sishi, vazn va muskul kuchining ortishi, sezgi a'zolarining mukammallashishi, harakatlarni tug'ri boshqara bilish va shunga o'xshashlar bilan bog'liqdir. Ruhiy rivojlanishda esa kishi shaxsidagi psixik sifat va belgilarning shakllanishi, emotsional irodaviy, bilish jarayonida muhim o'zgarishlar yuz beradi. Bolaning ijtimoiy rivojlanishi u ijtimoiy hayotda qatnasha boshlaganda, uning xulqida, tevarak-atrofga bo'lgan munosabatida, ayniqsa jamoa ishlarida qatnashishida namoyon bo'ladi. Kishining rivojlanishi bu miqdor o'zgarishlarigina bo'lib qolmay, bu avvalo kishi organizmi va ruhiyatida tevarak-atrofdagi hayot ta'sirida yuzaga keluvchi sifat o'zgarishlaridir. Tashqi ta'sir ichki darayon bilan qarama-qarshilikni yuzaga keltiradi, masalan, bolaning yangi talabi bilan imkoniyati o'rtasida yuzaga kelgan qarama-qarshilik yoki nomutanosiblik uning rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuch hisoblanadi. Boladagi mana shunday jismoniy va ruhiy o'zgarishlarning yuz berishida, bolaning rivojlanishi, yani shaxsning shakllanishida biologik va ijtimoiy omil yetakchi rol uynaydi. Malumki, har bir kishi faoliyatning biror turiga boshqa turlarga nisbatan kuproq qobiliyatli bo'ladi. Inson qobiliyat va qiziqishlarini amalga oshirish uchun tevarak-atrofdagi tabiat va kishildar bilan o'zaro ta'sir etishga kirishadi. Uning tevarak-atrofdagi borliqqa nisbatan faol munosabati uning buyumlar bilan buladigan faoliyati orqali amalga oshiriladi. Kishi uzining talabini qondirish uchun tevarak-atrofdagi hayot va kishilar bilan o'zaro faol ta'sirga kirishadi. Kishining dunyoga faol munosabati uning buyumlar bilan buladigan faoliyatida namoyon bo'ladi. Ishlab chiqarish usuli, ishlab chiqarish munosabatlari va ular asosida yuzaga keluvchi ijtimoiy muhit, kishining faol ma'naviy hayoti uning shaxsi mazmunini belgilaydi. Pedagogika shaxs tarixiy jarayonining obyekti va subyekti sifatida rivojlanadi deb uqtiradi. Faoliyat va tarbiya ta'sirida, jamiyat tomonidan yaratilgan g'oyalar, qoida va normalarni uzlashtirish natijasida kishining shaxsga xos bo'lgan xususiyat va sifatlari shakllanadi, mehnatga, mehnat mahsulotiga,odamlarga, uziga nisbatan munosabati sistemasi shakllanadi. Kishi shaxsi uning jamiyatda tutgan o'rniga, maqsadiga, hayotdagi roliga, nimaga asoslanib harakat qilishiga qarab belgilanadi. 2. Shaxs deganda kishining ijtimoiy mohiyati tushiniladi. Shaxs tushunchasi o'z ichiga har xil ta'sirlar va ijtimoiy muhit ta'sirida shakllangan xususiyatlar, sifatlar yig'indisini oladi. Muhitning ta'siri tug'risida gap ketganda, avvalo ijtimoiy muhit etiborga olinadi, chunki ijtimoiy muhit tushunchasiga shaxs yashayotgan jamiyatdagi moddiy sharoit, uning iqtisodiyoti, ijtimoiy va davlat tuzumi, ishlab chiqarish munosabatlari sistemasi va kishilarning shular bilan belgilangan turmush tarzi kiradi. Kishi shaxsining shakllanishiga ta'sir etuvchi asosiy ijtimoiy omillarga xalq maorifining barcha bug'inlarini o'z ichiga oluvchi hamma o'quv-tarbiya muassasalar, ijtimoiy tashkilotlar, axborotni tarqatish ommaviy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.24 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:14 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.24 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga