Tarbiyaning maqsad va vazifalari Reja Pedagogikada tarbiya maqsadi muammosi Tarbiyaning bugungi kun asosiy maqsadi va vazifalari Bundan o'n yil oldingi davrda yoshlarni tarbiyalash maqsadi bilan bugungi kundagi bu masalaga tegishli munosabat o'rtasida katta farq borligi hech kimga sir emas. Shuning uchun ham tarbiyaning aniq maqsadini belgilab olish pedagogikaning birinchi masalalaridan hisoblanadi. Yosh avlodni qanday ruhda tarbiyalash, bunga erishish uchun qaysi yo'lni tanlash tarbiya maqsadi muammosini hal qilish bilan belgilanadi. Tarbiya ijtimoiy hayotning hayotiy va uzluksiz tushunchasi bo'lib, u tarixiy xarakterga ega bo'lib kelgan. Qadimgi Gretsiyada tarbiyaning maqsadi o'sib kelayotgan yosh avlodda yaxshi fazilatga ega fuqaroni, vatanparvarlikni, jasurlikni, sadoqatni, do'stlikni rivojlantirish bo'lgan. O'rta asrlarga kelib, yani feodalizm davrlarida yosh avlod diniy e'tiqod, iymon, axloqqa ega bo'lishi kerak bo'lgan, Markaziy Osiyo halqlari bu yo'nalishda katta muvaffaqiyatlarga erishgan. Bu davr buyuk mutafakkirlarni dunyoga keltirgan. Siyosiy-ijtimoiy tuzum o'zgarishi bilan tarbiya maqsadi muammosi ham yangilanib bordi. Bizning hayotimizga qizil imperiya kirib kelishi bilan kommunistik mafkura yoshlarimizning tarbiyasida bosh maqsad bo'lib xizmat qildi. Bugungi kunga qadar uning ruhiy asoratlaridan to'liq qutildik deb bo'lmaydi. Chunki u 70 yildan ortiq hukmronlik qildi. Bu davrda bir qancha yutuqlarga erishgan bo'lsak-da, lekin juda ko'p narsadan ham judo bo'ldik. Jumladan, milliy qadriyatlarimiz, ma'naviy-ma'rifiy boyliklarimiz, diniy e'tiqod va iymonimiz kabi ko'plab tarbiyaviy ozuqa vositalarimizdan uzoqlashib ketdik. Mustaqillik sharofati bilan erkinlikka erishdik, boy ma'naviy qadriyat va an'analarimiz qayta tiklandi. Hammamiz azaldan orzu qilgan kunlarga erishdik. O'zbekistonning ertangi kuni, ravnaqi, rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan joy olishi albatta bugungi kun yoshlariga bog'liq. Buning uchun yosh avlodga dunyo standartlari darajasida zamonaviy bilimlar berish, ularni har tomonlama yetuk, ma'naviyatli etib tarbiyalash lozim. Tarbiyaning bugungi kun asosiy maqsadi va vazifalari haqida ma'lumot berish, talabalarda o'z shaxsiy fazilatlariga nisbatan munosabatni shakllantirish. Prezidentimiz I.A.Karimovning bir qancha asarlarida, «ta'lim to'g'risida» gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va boshqa manbalarda Respublikamiz yoshlarini qanday insonlar etib tarbiyalash lozimligi aniq belgilab berilgan. Pedagogika bugungi kun hayotimiz talablaridan kelib chiqqan holda o'z tarbiya maqsadi va vazifalarini belgilab olgan. Tarbiyaning asosiy maqsadi - yosh avlodni har tomonlama yetuk, barkamol insonlar etib shakllantirishdir. Barkamol inson o'zida ma'naviy va jismoniy yetuklikni mujassam etadi. Yoshlarimizni tarbiyalash uchun birinchi galda Sharq mutafakkirlarining meroslari dasturamal bo'lib xizmat qiladi. Al- Forobiy, A.Yassaviy, B.NAQSHbandiy, Al-Buxoriy, Beruniy, Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Al-Farg'oniy, Firdavsiy, A.Temur, A.Navoiy, Bobur singari jahonga taniqli bir necha aql egalarining ijtimoiy-siyosiy, falsafiy qarashlariga tayanib ish ko'rilsa tarbiya ta'sirchanligi yanada mukammallik kasb etadi. Yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish - bizning muqaddas burchimiz, or-nomusimiz. Lekin, barkamol insonni tarbiyalab etishtirish oddiy, oson emas. U ko'plab, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.75 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:14
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.75 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:14 ]
Arxiv ichida: doc