Tarbiyaning umumiy metodlari Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» - yo'l) tarbiya maqsadiga erishishning yo'li; tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg'ulari va xulqiga ta'sir etish usullari. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar - bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg'ulari va xulqiga ta'sir etish usullaridir. Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar o'quvchilarda ma'naviy-axloqiy sifatlar, e'tiqod hamda dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-tuyg'usi va irodasiga ta'sir ko'rsatish usullari sanaladi. Bu guruh usullarining mohiyati shundaki, ular orqali o'quvchilar ongiga jamiyatda ustuvor o'rin tutuvchi ijtimoiy g'oya va maqsadlar singdiriladi. Yoshlar dunyoqarashini shakllantirish, ularning hayot mazmunini tushunib olishlariga ko'maklashish uchun ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar qo'llaniladi. O'quvchilarda g'oyaviy onglilik va ijtimoiy faollik, yani, davlatning ichik va xalqaro siyosati mazmunini tushunish va idrok qilish ko'nikmalarini tarbiyalash lozim. Tushuntirish ijtimoiy ongni shakllantirishda eng ko'p ishlatiladigan usuldir. Tushuntirishning vazifasi o'quvchilarni yuksak madaniyatli, milliy g'urur tuyg'usiga ega bo'lib voyaga etishlarini tarbiyalashga yordam berishdan iborat. Tushuntirishda o'quvchilarga mamlakat fuqarosining davlatga nisbatan muayyan huquq va burchlar asosida bog'langanligi borasida ma'lumotlar beriladi. Bunda davlat bayrog'i, gerbi, madhiyasi hamda Konstitutsiyasiga sadoqat ruhida tarbiya berishning ahamiyati katta. Shu sababli davlat bayrog'i, gerbi, madhiyasi hamda Konstitutsiyasining mohiyati tushuntirialdi. Suhbat Hikoya. O'quvchilar odatda hayot va turli adabiyotlardan olingan aniq misollar bilan boyitilgan hikoyalarni katta qiziqish bilan tinglaydilar. Ularga axloq me'yorlari, xalq o'tmishi, tabiiy boylar, qahramonlar hayoti va jasorati, shuningdek, tarix, adabiyot va san'at haqida hikoya qilib berish mumkin. Badiiy adabiyot namunalari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari - radio, televideniye, gazeta va jurnallar sahifalarida elon qilingan ma'lumotlar ham o'quvchilar uchun qimmatli material bo'ladi. Suhbat ham, hikoya ham o'quvchilarning yoshiga mos mavzularda ular tushunadigan so'zlar vositasida adabiy tilda o'tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Suhbat yoki hikoya mavzusining o'quvchilar tomonidan belgilanishi, ularning samarali kechishini ta'minlaydi, buning natijasida o'quvchilar ilgari surilayotgan mavzuga befarq qaramaydilar. Namuna. O'quvchilar o'z atrofidagi kishilarda hamma yaxshi axloqiy sifatlarni ko'rishlari va ibrat olishlari nihoyatda muhim. O'qituvchining shaxsan o'zi namuna bo'lishi, ayniqsa, yoshlarga katta ta'sir ko'rsatadi. Ular o'qituvchining darsda va hayotda o'zini qanday tutishini, atrofdagi kishilar bilan qanday muomala qilishini, o'z vazifalarini qanday bajarishini kuzatib yuradilar. O'quvchilar o'zlariga yaqin kishilarning xulq-atvoriga taqlid qiladilar, Xulq-atvorlar bolalarda yaxshi sifatlarning, bazan esa yomon sifatlarning ham tarkib topishiga ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun o'qituvchi va ota-onalar har qanday holatda ham o'zlarini tuta bilishlari kerak. Ular qaerda bo'lishmasin, atroflarida bolalar borligini his etishlari lozim. Kattalarning so'zi bilan yurish-turishi va xatti-harakatlarida tafovut bo'lmasligi kerak. Ilg'or kishilarning hayoti va faoliyatidan olingan ma'lumotlar, adabiy asar, kinofilm va spektakllar qahramonlarining xatti-harakatidagi yaxshi namunalar bolalarning ongiga kuchli ta'sir qiladi. O'z-o'zini tarbiyalash metodlari O'z-o'zini tarbiyalash metodlari. O'quvchida ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
96.66 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:14
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
96.66 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:14 ]
Arxiv ichida: pptx