Tarbiyaviy ishlarda foydaladigan metodlar Reja: 1.Tarbiya metodlari haqida umumiy tushuncha. 2.0'zbekiston xalqining tarbiyaviy ishlarda qo'llaydigan metodlari. Ularning turlari. 3.Sinf rahbari faoliyatida metodlardan foydalanish. Asosiy tushunchalar: aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiya, jazo, rag'batlantirish. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 1.1. A. Karimov Barkamol avlod O'zbekidton taraqqiyotining poydevori Toshkent 2007 2. SH. Hamrayev Tarbiyaviy ishlar ma'ruzalar matni. Qarshi Nasaf 2006 3. Z. Ismoilova Tarbiyaviy ishlar metodikasi. Toshkent 2003 Tarbiya metodlari haqida umumiy tushuncha. Tarbiya keng ma'nodagi yoshlarni, insonlarni ob'ektiv va sy'bektiv ta'sirlar orasida axloqiy, aqliy, amaliy, jismoniy shakllanish jarayonidir. Bola o'qishni, tarbiya olishni istaydi, ulg'ayib jamiyat hayotida faol ishtirok etishni xoxlaydi. Padagog uni qay usulda, qanday munosabatlar sharoitida, qanday pedagogic jarayonda tarbiyalash lozimligini bilish kerak. Shu bilan birga bola o'zini o'zgartirishda faol ishtirokchi ekanligini ham unutmasligi kerak. O'quvchilar yaqin kishilarining munosabatlarini yaxshi bilsa, bu unga ishda yordam bersa, shundagina bola pedogogik o'tkazishga ochiq va moyil bo'ladi. O'qituvchi - do'st, murabbiy, yo'l boshlovchi bo'lgandagina o'quvchilar o'zlarining ichki olamlarini ochib ko'rsatadilar. Yuqorida aytganimizdek tarbiya- tarbiyachi va tarbiyalanuvchi faoliyatlarini o'z ichiga olgan ikki yoqlama jarayon. Tarbiyachilar - bilim va tarbiyaga ega bo'lgan kishilar, tarbiyalanuvchilar - bilim va tajriba o'rganuvchi yoshlardir. Demak, tarbiya usuli - tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning hamkorlikdagi faoliyat va o'zoro ta'sir ko'rsatish usullaridir. Ilmiy adabiyotlarda tarbiya usullarini tarbiya metodlari deb ham yuritiladi. Metod so'zi grekchadan olingan bo'lib, yo'l, usul ma'nosini beradi. Ta'lim usullari singari tarbiya usullari ham alohida qismlarga bo'linadi. Masalan, o'qituvchi sinfda birinchi marta sinf xonasini tozalash uchun uyushtirmoqda. Bolalarga ish bo'lib berishdan avval u lattani qanday qilib ho'Hash, partalarni va polni qanday qilib artish haqida gapirib, ko'rsatib beradi. O'qituvchining so'zi bu yerda uslub hisoblanadi. Usui va uslub bir-biri bilan o'zoro bog'langan holda pedogogik jarayon mohiyatiga ko'ra bir-biriga o'tib turishi kerak. O'qituvchilarning jamoa va individual faoliyatlarini maqsadga muvofiq tadhkil qilish uchun tarbiya shakllaridan foydalaniladi. Masalan: sinf majlisi, yig'ilishlar, ertalabki lineyka klub ishlari va boshqalar. Shunday qilib, tarbiya jarayonida o'qituvchi yakka o'quvchi yoki sinf jamoasi manfaati yo'lida biron - bir tarbiyaviy masalani hal qilish uchun o'quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini, tarbiyalanganlik darajalarini, pedogogik vaziyat xaraktirini hisobga olgan holda ta'sir etish shakllari majmuasiga tarbiya metodi deyiladi. Tarbiya g'oyatda murakkab jarayon bo'lib, har davrning ijtimoiy - siyosiy hayotini o'zida aks ettiradi. Uning usullari, vosita va omillari asrlar davomida shakllanib, o'zini oqlagan urf- odatlar an'anaga aylanadi. Binobarin, tarbiyada har bir xalqning o'z udumi, usuli tarixan shakllangan va tajribada sinalgan dunyoqarashi tarbiya vositalari bo'ladi, shuning uchun tarbiya milliy va tarixiy zamindan uzilmasligi kerak. О 'zbek xalqining tarbiyaviy ishlarda qo 'llaydigan metodlari. Xalq pedogogikasi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.33 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:14
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.33 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:14 ]
Arxiv ichida: doc