Tarbiyaviy ishlarda xalq an'analaridan foydalanish

Tarbiyaviy ishlarda xalq an'analaridan foydalanish

O'quvchilarga / Pedagogika
Tarbiyaviy ishlarda xalq an'analaridan foydalanish - rasmi

Material tavsifi

Tarbiyaviy ishlarda xalq an'analaridan foydalanish Oila tarbiyasida katta-kichik masala yo'q. Shuning uchun ovqatlanish, muomala, yurish-turish, qiyinish, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish, televideniye, radio eshittirishlaridan foydalana bilish, ko'pchilik orasida o'zini tutish, kattalarni hurmat qilishni o'rganish bola shaxsining kamol topishida birdek ahamiyatga ega bo'lgan ishlardir. an'ana tushunchasida an'ana tushunchasida muayyan marosimlar va urf-odatlar, axloq qoidalari birlashadi. an'ana o'ziga xos integratsiyalangan va ahamiyatli hodisa bo'lib, unda avlodlarning ijtimoiy hayotga bog'liq tajribasi umumiy shaklda aks etadi. Professor G.N.Volkov tabiri bilan aytganda, «an'ana u yoki bu kishilar guruhidan boshlanib, katta avloddan yosh avlodga o'tgan urf-odatlar, marosimlar va axloq, qoidalarining majmuidir». Aniqroq aytganda, an'ana qadriyatlarning tarkibiy qismi bo'lib, u ijtimoiy va madaniy merosda uzoq, davrlar mobaynida saqlanadi, keyingi avlodlar tomonidan qabul qilinadi va yil davomida yangi elementlar bilan boyib boraveradp. Binobarin, an'ana muayyan marosimlarga, udumlarga, urf-odatlarga qaraganda ancha keng va umumlashgan hodisadir Xalq - axloqiy qadriyatlar bo'lib, u qimmatli an'analar ijodkori. Xalq qadriyatlar va an'analarni o'zining ozodligi uchun olib borgan kurashlardan mardonavor ijod qildi, ularni tolmas mehnatda, chet el bosqinchilari bilan qilgan janglarida qadlraladi va ezozladi. an'analarning ijtimoiy, siyosiy, axloqiy mazmuni turli tarixiy davrlarda ayniqsa keskin sinfiy kurashlarda yaqkol ko'rindi. Ommaviy xalq harakatlari, inqilobiy janglar avj olgan davrda ham kishilar ijtimoiy qiziqishlar bilan yashaganlar. Yuksak ideallar uchun kurashgan vaqtlarda ham an'analar tarkib topgan. an'analar maktabda mustahkam o'rin olgan, jamoa saqlaydigan va o'quvchilarning bir avloddan boshqa avlodga o'tadigan odatlar, tartiblar, xulq qoidalaridir». «an'ana bir avloddan ikkinchi avlodga o'tgan, oldingi avloddan meros bo'lib qolgan narsalar (masalan, g'oyalar, qarashlar, didlar, harakat obrazlari, odatlar va hoka'zolar)» O'zbek xalqining an'anaviy taqvimiy marosimlari: qor yog'di marosimi, bahorgi - gul sayllari, Guli armug'on, boychechak sayli, Navro'z, sumalak sayli, sust xotin marosimi , qovun sayli, uzum sayli, hosil bayrami, Mehrjon kabi sayllar. Davrning hamda ijtimoiy-iqtisodiy tuzumning talablariga javob beradigan an'analar ehtiyotkorlik bilan saqlanadi va boyitiladi; aks holda yangi an'ana bilan kurashda unutilib ketadi. an'analar, urf-odatlar va bayramlarning har biri muayyan tarixiy davrning mahsulidir. Ular moddiy turmush shart-sharoitlarining ta'siri bilan paydo bo'lgan, rivojlangan, takomillashgan, asrlar osha ajdoddan avlodga o'tib kelgan va xalqning yaxshi orzu niyatlarp hamda ma'naviy boyliklarini o'zida mujassamlashtirgan bo'ladi. Ular sinfiy jamiyatda sinfiy xarakter kasb etadi. Ilg'or an'analar esa yangi davr, ijtimoiy tuzum ehtiyojlariga moslashadi. Masalan, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, mehmondo'stlik, bolalar tarbiyasi bilan bog'liq an'analar asrlar davomida yaralgan bo'lib, ular hozir ham ijtimoiy. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.3 MB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:14 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.3 MB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga