MAVZU: TARBIYaVIY IShLARNI RYeJALAShTIRISh VA UNGA QO'YILGAN PYeDAGOGIK TALABLAR RYeJA: Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish. Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishning asosiy omillari. Tarbiyaviy ishlarga qo'yiladigan pedagogik talabalar. Kasb ta'limi muassasalarida axloqiy tarbiya muammosi. Biz uchun har doim dolzarb bo'lib kelgan yana bir o'ta muhim masala borki, unga alohida to'xtalib o'tishni zarur deb bilaman. U ham bo'lsa, unib-o'sib kelayotgan yosh avlodimiz, farzandlarimiz tarbiyasi bilan bog'liqdir. Sh.Mirziyoev «Tarbiya biz uchun yo hayot, yo momot, yo najot, yo xaloqat, yo sadoqat, yo faloqat masalasidir». (Abdulla Avloniy) Xitoy xalqining maqollaridan: «Agar siz bir yil oldini o'ylasangiz - guruch eking, agar besh - olti yil oldin o'ylasangiz - daraxt eking. Agar siz butun umr davomini o'ylasangiz odamlarni o'qiting, tarbiyalang» . Tarbiya jarayonining mazmuni bolalarga beriladigan ma'naviy axloqiy bilimlar tizimi, ishonch, e'tiqod, intizom, xulq-atvorni bir butun holatini tashkil etadi. Mustaqil O'zbekistoning, istiqlol va istiqboli uchun fidoiylik ko'rsatuvchi avlodni tarbiyalash mazmuni tamoman o'zgacha xarakter kasb etmoqda: fuqarolik demokratik jamiyatni barpo etish mohiyatini anglab oluvchi; vatanini har doim turli oqimlardan himoya etuvchi; diniy bag'rikenglik va mehr-muravvatli bo'lish; davlat siyosatini tushunish unga fidoiy bo'lish; o'zligini anglash, ajdodlar merosini qadrlash; yuqoridagi komil insonga xos sifatlarni tarbiyalashda; maqsadni aniqligi va uni to'g'ri yo'naltirish madaniyati; tarbiyachi-o'qituvchi va tarbiyalanuvchini hamkorlik faoliyati; o'zini anglash, mustaqil fikrlovchi e'tiqodligi va ixtiyorlik. TARBIYaVIY IShLARNI RYeJALAShTIRISh Tarbiyaviy ishlarning mazmunida bir butun yondashishdan bosh maqsad, Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillari dasturidagi g'oyalarni bolalarning ongida o'ziga xos va mos ravishda singdiradi. Xalqimizning boy ma'naviy, an'ana, udum, urf-odatlar va ajdodlarimiz merosidan foydalanish. O'zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi, adolat, haqiqat va erkinlikni, ishonch-e'tiqodni tarbiyalash. Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi mohiyatini izohlash. Mehrli-muruvvatli va bag'ri kenglik. Ayniqsa bog'cha va kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning ta'limiy-tarbiyaviy faoliyatlari o'ziga xos xususiyatga ega: o'quvchilarda hayotiy tajribalarning kamligi, o'quv-tarbiya jarayonida hodisalarga qiziqish, «yaxshi», «yomon» harakatlarga chuqur munosabat bildira olmasligi kabilar. Dars va darsdan tashqari tarbiyaviy faoliyatini rejalashtirish o'ziga xos qoidalarga egadir: Har bir guruh jamoasining tarbiyalangan darajasini o'rganish. O'quvchilarning oilaviy hayoti, ota-onaning farzand tarbiyalashdagi burchi va vazifasini qanday his etishi. Kundalik o'zgarishlarga o'quvchilarning munosabati. O'quvchilarning sharqona milliy urf-odat, an'analar haqidagi bilim darajasi. Qomusiy ma'rifatparvar, mutafakkirlar hamda hozirgi zamon shoir, yozuvchilarning ijodiyotidan namuna bilishlari. Yuqoridagilarni aniqlashda suhbat, anketa usullaridan foydalanish o'rinlidir. Shundagina har bir o'qituvchi-tarbiyachilarning betakror, bir-biriga o'xshamagan tarbiyaviy tadbir rejalari bunyodga keladi. Bunday rejalar tarbiyaviy ta'sirga ega bo'lib maqsadga erishtira oladi. Vatanga muhabbat va insonparvarlik. Milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish. ma'naviy tarbiya (axloq va odob). Iqtisodiy tarbiya. Ekologik tarbiya. Go'zallik tarbiyasi. Jismoniy barkamollik (sog'lom avlod uchun). Ota-onalar bilan ishlash. TARBIYaVIY IShLARNI RYeJALAShTIRIShNING ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.84 MB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:15
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.84 MB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:15 ]
Arxiv ichida: ppt