Tarbiyaviy jarayonda g'oyaviy siyosiy axloqiy tarbiyani tashkil etish ma'naviyati MUNDARIJA: KIRISH3 I BOB. TARBIYA JARAYONINING ASOSIY QONUNIYATLARI6 1.1. Tarbiya nazariyasining mohiyati va mazmuni6 1.2. Tarbiya jarayoni qonuniyatlari13 II BOB. TARBIYAVIY JARAYONDA G'OYAVIY SIYOSIY AXLOQIY TARBIYANI tashkil ETISH MA'NAVIYATI23 2.1. G'oyaviy-Siyosiy tarbiyani tashkil etish23 2.2. Ma'naviy-axloqiy tarbiyaning maqsadi va vazifalari28 XULOSA37 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR39 ILOVA40 Mavzuning dolzarbligi: Bugungi kunda tarbiya jarayoni shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtiriladi va tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta'sir etish imkoniyatini beradi. Tarbiya jarayoni o'zaro bog'liq ikki faoliyatni - o'qituvchi va o'quvchi faoliyatini o'z ichiga oladi. Tarbiya jarayonida o'quvchining ongi shakllana boradi, histuyg'ulari va turli qobiliyatlari rivojlanadi, g'oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quwatlari mustahkamlanadi. Tarbiya jarayonida o'quvchida jamiyatning shaxsga qo'yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlar hosil qilinadi. Bunga erishish uchun o'quvchining ongiga (ta'lim jarayonida), hissiyotiga (darsda va turli sinfdan tashqari ishlarda), irodasiga (faoliyatni uyushtirish, xulqni idora qilish jarayonida) tizimli va muntazam ta'sir etib boriladi. Tarbiyalash jarayonida bulardan birortasi (ongi, hissiyoti, irodasi) e'tibordan chetta qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Islom madaniyatining tarkibiy qismi-tasavvuf (sufizm) falsafasida inson ma'naviyatining, ruhiyati o'ziga xos uslublar orqali aks ettirilgan. Hazrat Abu Hamid al-G'azzoliy, Attor, Ahmad Yassaviy, Abduxoliq G'ijduvoniy, Bahouddin NAQSHband, Najmiddin Kubroning ta'lim-tarbiyaga, xulq axloqiga oid qarashlari shaxs pedagogikasida muhimahamiyat kasb etadi. Kurs ishning maqsadi: Shaxs kamolotida tarbiya yetakchi rol o'ynaydi. Tarbiya rivojlanayotgan shaxsning ijtimoiy tajribani o'zlashtirish bo'yicha faoliyatni tashkil etishdan iborat, aniq maqsadga qaratilgan va boshqariladigan jarayondir. Ijtimoiy-tarixiy tajribani avloddan avlodga o'tishi, uni yangi avlod tomonidan o'zlashtirilishi natijasida shaxs hayotga, mehnatga va muayyan kasbga yo'naltirish jarayoniga tarbiya deymiz. Tarbiya ilmiy, boshqariluvchi, aniq maqsad sari yo'naltirilgan jarayondir. -Tarbiyaviy jarayonda g'oyaviy siyosiy axloqiy tarbiyani tashkil etish ma'naviyati haqida ma'lumotlar yig'ish; -Tarbiyaviy jarayonda g'oyaviy siyosiy axloqiy tarbiyani tashkil etish ma'naviyati va ularni hosil qilish bilan tanishish; -Tarbiyaviy jarayonda g'oyaviy siyosiy axloqiy tarbiyani tashkil etish ma'naviyatini o'rganishdagi samaradorligini o'rganish. Tarbiya qonuniyatlari mohiyati, bir tomondan, ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyaning o'ziga xos xususiyatlari, ikkinchi tomondan, shaxsning rivojlanishi bilan bog'liq. Tarbiyaning birinchi va eng muhim qonuniyati uning ijtimoiy muhitning obyektiv va subyektiv omillariga bog'liqligidir. Ijtimoiy tarbiya mazmuni moddiy ishlab chiqarish usuli, jamiyatning ijtimoiy tuzilishi, siyosiy tuzum hamda milliy mafkura g'oyalari asosida qaror topadi. Ijtimoiy jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy-g'oyaviy asoslarini tashkil qiladigan hamda tarbiyaning mazmuni va uning olib borilishiga kuchli ta'sir ko'rsatadigan ijtimoiy jarayonlar - tarbiya muassasalari, jamoat tashkilotlari, o'qituvchilar, tarbiyachilar, oila muhiti, jamoatchilik dunyoqarashi, mafkura g'oyalari, shaxsni har tomonlama rivojlantirishga oid faoliyat kabilar tarbiyaning subyektiv omillari sirasiga kiradi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.77 MB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:15
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.77 MB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:15 ]
Arxiv ichida: pptx