KIRISH I. BOB. Innovatsiya va innovatsion texnologiyalar mazmun mohiyati 1.1. Innovatsion texnologiya tushunchasining mazmun- mohiyati va uning nazariy asoslari 1.2. Mustaqillik yillarida ta'lim tizimidagi islohotlar va innovatsion texnologiyalarning tatbiq etilishi II. BOB. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida tarix fanini o'qitishda innovatsion ta'lim texnologiyasidan foydalanishning maqsad va vazifalari 2.1. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida tarix darslarini o'qitishga qo'yilgan zamonaviy talablar 2.2. 6-sinf tarix darslarini o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish II. BOB. Tarix darslarida o'quvchilar bilimlarining uzviyligini ta'minlash yo'llari 3.1. Tarix ta'limida o'quvchilarda mustaqil fikr yuritish va tarixiy tasavvurni shakllantirishda innovatsion texnologiyalarning o'rni 3.2. 6-sinf tarix darslarini tashkillashtirish yuzasidan namunaviy dars ishlanmalari. TARIX DARSLARIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH REJA: Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi zamon fanida, ijtimoiy hayot sohalarida ajoyib kashfiyotlar, murakkab jarayonlar, universal texnologiyalar bilan bog'liq umumbashariy jarayonlar yuz bermoqda, shunday jarayonlarni, yangiliklarni tahlil qilishda ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ilmiy, ma'naviy, madaniy, diniy me'rosimizni avaylab bilim va ko'nikmalarni yosh avlodga taqdim etishda, yangicha mantiqiy fikrlash malakasini shaklalntirishda ta'limning, ayniqsa tarix fanining ahamiyati kattadir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 1998 yil 26- iyunda mamlakatimiz tarixchi olimlari, shoir va jurnalistlari bilan bo'lgan uchrashuvda ko'rsatib berdi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1998 yil 27- iyunda O'zRFA Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to'g'risida qaror qabul qildi. Yangi tarixni xolisona yoritish, tarix fanini o'qitish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Bu hol umumta'lim maktablarida tarix fani asoslarini o'rganish oldiga, xususan ushbu o'quv fanini o'qitish mazmuniga va uni qanday o'qitilishiga, jamiyatimizga kirib kelgan innovatsion texnologiyalardan foydalanish masalalari oldiga katta talablar qo'ydi. Yuqoridagi fikrlarga tayanib, dissertatsiya bir qator dolzarb muammolarni o'z ichiga oladi. Birinchidan, maktabda tarix ta'limi jarayonida qo'llanilayotgan innovatsion texnologiyalarning mazmun - mohiyati va natijalari, nazariy asoslari, bu borada ta'lim tizimida yuz berayotgan sifat o'zgarishlarini tahlil qilish, mustaqillik yillarida O'zbekiston Respublikasi ta'lim tizimidagi tub islohotlar mohiyatini ochib berish. Ikkinchidan, umumiy o'rta ta'lim maktablarida tarix fanini o'qitishda innovatsion ta'lim texnologiyalaridan foydalanishning zarurati va shu bilan birga zamonaviy ta'lim tizimida maktab tarix ta'limi mazmuni tubdan o'zgarganligi bois innovatsion texnologiyalardan foydalanish usullarini ishlab chiqish. Uchinchidan, Axborot texnologiyalar jamiyatning barcha jabhalariga kirib borishi bilan bir qatorda, ta'lim tizimida ham o'zining ijobiy natijalarini ko'rsatmoqda. Jumladan, tarix darslarini o'qitish jarayonida axborot texnologiyalaridan foydlanishning samarali usullarini tatbiq etish. To'rtinchidan, bugungi zamonaviy ta'limda islohotlar natijasida tarix fanlarini o'qitishda o'quv uslubiy majmuaning unsurlari metodologik va metodik jihatdan tarix ta'limi maqsad - vazifalarini amalga oshirishga xizmat qilishi bois dars ishlanmalariga bo'lgan talablarning salmog'i oshayotganligi sababli, namunali dars ishlanmalarini ishlab chiqish zarurligi mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Tadqiqot obyekti. 6-sinf tarix darslarini o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning usullarini tadqiq etish tadqiqot obyekti hisoblanadi. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
123.62 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:15
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
123.62 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:15 ]
Arxiv ichida: pptx