Tarix darslarida tarixiy tasavvur va tushunchalarni shakllantirish Reja: 1. o'quvchilarda tarixiy tassavurni hosil qilishning asosiy usullari. 2. Tarixni o'qitish jarayonidagi tarixiy tushunchalar. 3. Tarixiy tushunchalarni shakllantirishning usul va vositalari. 4 . o'quvchilar ongiga tarixiy qonuniyatlarni singdirish. Tarix o'qitish tarixiy faktlar haqida aniq obrazlarni va tasavvurlarni yaratishdan boshlanadi Tarixiy tasavvur bilan tushunchalar bir-biri bilan uzviy boglangan, o'quvchilarda hodisalar tarixiy jarayonlar haqida yetarli darajada tulik va aniq tasavvurlar mavjud bo'lgandagina tushunchalar hosil bo'ladi. Tarix o'qitish jarayonida o'quvchilarning tasavvurlari chuqurlashib borishi natijasida, tushunchalarni shakllantirish uchun zamin yaratiladi. Tushunchalar o'z navbatida tasavvurlarni mazmunan boyitishga yordam beradi. Tasavvur va tushunchalarni hosil qilish metodik usullari xam kupchilik xollarda bir-biriga uxshab ketadi. Tarix o'qitishda o'quvchilarning kuz ungida o'tmishdagi ijtimoiy hayotning yaxshi manzaralari shakllantirishda jonli va yorkin obrazlardan foydalanishning ahamiyati kattadir. Shunga erishish kerakki, bayon qilingan xar bir tarixiy fakt, geografik nom va shaxe faoliyati obrazli bulsin. Obrazlilik o'quvchilarni tarixdan oladigan bilimlarini ilmiy puxta bo'lishini zarur sharoitlaridan biri tarixiy vokealarni modernizasiya qilishning oldini olish tarixga kizikish uygotish hamda tarixiy faktlarni tahlil qilish va umumlashtirish uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlarni yaratishning muhim vositasidir. Tarixiy faktlarni tahlil qilishga bir namuna keltiramiz: Maktablarda tarix kurslarida o'quvchilar kuz oldida eng qadimgi zamonlardan tortib to hozirgi kunlargacha bo'lgan jamiyat taraqqiyoti izchillik bilan ochib beriladi. o'quvchilar aniq tarixiy fakt va hodisalarni tekshirish va umumlashtirish asosida rivojlanishning karor topishi to'g'risidagi ilmiy tushuncha bilan qurollanadilar- «qadimgi dunyo tarixi» va «O'zbekiston tarixi» fanlarini o'qitish jarayonida ibtidoiy odamlar mehnatining takomillashib borishi mehnat ular hayotini qanday o'zgarishlarga olib kelganligini o'quvchilar ongiga singdirib boriladi. taraqqiyotning tarixiy jarayoni tushuntirilar ekan, ular tasavvurida ibtidoiy odamlar hayoti to'g'risida ko'rsatmali qurolsiz tushuncha hosil bulmaydi. Insoniyat taraqqiyotining ibtidoiy davrini fakat ushbu davr yodgorliklarini ko'rsatish yoki rangli rasmlardan foydalanish orqali tushuntirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada O'zbekiston tarixi muzeyi yoki boshqa shahar va tuman ulkashunoslik muzeylariga ekskursiya uyushtirish, xakikatni aniq va tulik to'g'ri fikrlashlarini ta'minlaydi. Ekskursovod Teshiktosh goridan Oktosh, Xujakent, Kuyi Buzsuv manzilgoxlaridan topilgan qadimgi tosh davrida oid tosh qurollari bilan tanishtiradi. Bu vaqtda yashagan odamlar ovchilik, meva yigish^ yemishbob ildizlar topish bilan xayet kechirganlarini suzlab «ov», «temirchilik» rasmlarini kursatadi shundan sung o'quvchilar diqqati Teshiktosh va Oktosh gorlarining kesma suratlariga jalb kilinadi sungra eramizdan avvalgi XII-VII minginchi yillarga oid o'rta asri materiallariga e'tibor karatiladi bu paytda odam uk-yoy yasashni bilib birinchi uy hayvoni itlarni uziga urgatadi. Muzeyda akademik YA.G.Gulomov rahbarligida Buxoro viloyati hududida kazish ishlari olib borilishi natijasida Darbozakir tolit manzilgoxida topilgan ko'p miqdordagi mehnat qurollari qo'yilgan. Kamish va yog'ochdan kurilgan bu manzilgox 30-35 kishiga panox ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.65 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.65 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:15 ]
Arxiv ichida: doc