Tarix darslarida tarixiy, badiiy va boshqa adabiyotlar bilan ishlash metodilari Reja: 1. Tarix bo'yicha ma'lumot beruvchi adabiyotlarning turlari. 2. Tarixiy va badiiy adabiyotlardan tarix darslarida foydalanish metodlari. 3. Tarixiy va badiiy adabiyotlardan foydalanishning ahamiyati. «O'zbekiston tarixi» va «jahon tarixi» ni o'rganishda badiiy adabiyotning o'rni nixoyatda kattadir. Badiiy adabiyotdan darsda, darsdan tashqari mashg'ulotlarda foydalaniladi va o'quvchilarga mustaqil o'qish uchun tavsiya etiladi. Tarix o'qitishda shu jumladan «O'zbekiston tarixi» ni o'qitishda foydalaniladigan badiiy adabiyotlarni ikki turga: a) urganilayotgan davrning adabiy yodgorliklari va b) tarixiy-belletristik asarlarga bo'lish mumkin. Adabiy yodgorliklar- tarixiy hodisa va vokealar o'z zamondoshlari tomonidan yozib koldirilgan asarlar bo'lib, ular o'tmishni o'rganishda o'ziga xos-manba bo'lib xizmat qiladi. Badiiy adabiyot yodgorliklariga yozib olingan og'zaki ijodiyot asarlari; afsonlar, dostonlar, kushiklar, masallar va boshqalar kiradi. Ularning kupchiligi qayta-qayta ishlangan, xalq fantaziyasi bilan boyitilgan. Masalan Eron shoxi Kirga qarshi kurashda zur jasorat va mardlik kursatgan Tumaris haqidagi o'z xalqining ozodligi va mustaqilligi uchun hayotini kurbon kilgan, Eron askarlarini saxroga boshlab berib xalok etgan chupon Shirok haqidagi afsonlar «Guro'g'li», «Alpomish» dostonlari shular jumlasidandir. Tojik va fors adabiyotining klassik shoiri A.Firdavsiyning jahonga mashxur «Shaxnoma»sida Eron va o'rta Osiyo xalqlarining kaxramona o'tmishi, vatanparvarligi tasvirlanadi. o'rta asrlar adabiyotining otasi, buyuk shoir Rudakiiy uzining she'rlarida ona-Vatanni, uning tabiati va odamlarini, insoniylikni tarannum etadi, xaksizlik va adolatsizlikka qarshi chikadi, zamonning jirkanch tartiblarini ayamayfoy etadi. 1069-1070 yillarda yozilgan Yusuf Xos Hojibning «Kutadgu bilik» («Saodatga olib boruvchi bilim») asarida feodallar, savdogarlar, chorvadorlar hunarmandlar, mehnatkash xalqning ahvoli haqida hikoya kilinadi. XI asr oxirlarida yaratilgan Mahmud Koshgariyning «Devonu lugatiy turk» (Tur kiy tillar lugati to'plami) asarida o'rta Osiyo va Kozogistonda yashagan kabila va xalqlarning tarixi, og'zaki ijodiyoti va tiliga doyr kimmatli ma'lumotlar bayon qilingan X1U-XU1 asrlardagi o'zbek zaminining siyosiy ahvoli xo'jalik va madaniy hayotini o'rganishda A.Navoiyning mazmundor ijodi va uning taraqqiyparvar g'oyalari muhim urin tutadi. ayniqsa uning besh dostondan iborat «Xamza»si, «Chor devon» deb atalgan lirik she'rlar to'plami, «Maxbubul kulub», «Muxokamatul lugatayn» va boshqa ilmiy adabiy asarlarida mehnatga bo'lgan xurmat, vatanga muhabbat, insonparvarlik g'oyalari tarannum etiladi. A.Navoiy adolat uchun, xalq baxt-saodati uchun kurashadi, uzining dostonlarida oddiy kishilar (toshtaroshlar, kushchilar va boshqalar) obrazini tasvirlaydi. Zahiriddin Muhammad Boborning «Bobirnoma»sida 1494- 1530 yillardagi o'rta Osiyo, Afgoniston va Hindistonning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotiga doyr asosiy vokealar to'g'risida kimmatli ma'lumotlar berilgan. XVII asr oxiri - XIX asr boshlarida mamlakatda adabiyot ancha rivojlandi. Gulxaniy, Maxmur, Xozik singari shoirlar o'z asarlarida feodallar va mansabdorlarning jabr-zulmiga, ijtimoiy adolatsizlikka qarshi norozilikni aks ettirdilar. o'qituvchi o'rta Osiyoning Chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishining salbiy tomonlarni badiiy ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.67 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.67 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:15 ]
Arxiv ichida: doc