Tarix darsligi matni va tarixiy hujjatlar bilan ishlash Reja: 1. Tarix o'qitishda kullaniladigzn matnlarning didaktik xussusiyatlari. 2. Tarix darsligi matni ustida ishlash. 3. o'quvchilarning bilimi va malakalarini oshirishda hujjatlarning o'rni. 4. Tarixiy hujjatlarning turlari va ular ustida ishlash uslubi. 5. Darsda va darsdan tashqari mashg'ulotlarda hujjat materiallaridan foydalanish. Maktabda tarix o'qitishda qo'llaniladigan matnlarga darslik matni deb aytiladi. Unga tarixiy hujjatlar, buyuk allomalarning asarlari, ilmiy-ommabop va badiy tarixiy adabiyotlar kiradi. Bosma matnlar o'quvchilarning bilimlarini asosiy manbai bo'lib o'qituvchi bayonning asosini tashkil etadi. o'qituvchi matndan to'g'ri va unumli foydalangan takdirdagina, uning bayoni didaktik talabga javob beradi. o'qituvchi bayoni o'quvchilarga tushunarli, mazmundor, marokli, g'oyaviy-siyosiy va ilmiy jihatdan yuksak, isxonarli, obrazli va tasvirli bo'lishi mumkin. Matnlar ustida ishlash o'quvchilar bilimini kengaytiradi, tarixiy fakt va hodisalar mohiyatini tushunib olishlariga yordam beradi. o'qituvchi o'quv dasturi talabiga muvofik o'z bayoni aazmuniga darslik matnini asos qilib oladi. o'qituvchi uzining bayonini boshqa matnlar asosida yanada aniklashtiradi va boyitadi. Darslik matni o'quvchilarning darsda va darsdan tashqari mashg'ulotlarda tarixni o'rganish, uzlashtirish va uni esda saklab qolishning muhim manbayidir. Matn va ulardagi savollar, topshiriqlar tarix kursini mazmunini ijodiy uzlashtirishga va olingan bilimlarini hayotda qo'llashga urgatadi. Darslik matni ustida ishlash : - o'quv materialini uzlashtirish va uni esda saklab qolish; - o'quv matnini tahlil qilish va undagi muhim belgil?-rni topish, tarixiy faktlarning muhim belgilarini bir-biriga taqqoslash oydinlashtirish,umumlashtirish orqali olib boriladi. Matn ustida ishlash xronologiyani, tayyor tushunchalarni uzlashtirish va ularni mustaqil aniklashdan iboratdir. Vokea va hodisalarning rivojlanishini kuzatib borish, suratli rejalar, jadvallar tuzish kabi vazifalarni kuzda tutadi. Maktab tajribasida darslik matni ustida ishlashning kuyidzgi usullari mavjud. 1. Tushuntirish, izoxlab o'qish. u sinflarda O'zbekiston xalqlari tarixi va jahon xalqlari tarixini, qadimgi dunyo tarixini o'qitishning dastlabki oylarida o'qituvchi butun mavzu yoki uning biror bo'limining gox bayon qiladi yoki gox darslik matnini ukib, tushuntirish beradi. o'qituvchi matnni murakkab joylariga kelganda hikoyasini tuxtatib matnni ovoz chikarib oxista ukib beradi. o'quvchilarga esa matnga karab kuzatib borishadi, tushunish oson joylarni o'quvchilarning uzlariga o'qitish mumkin. Matnni o'qish jarayonida uning mazmuni o'quvchilarning tushininsh darajasi tekshiriladi. Kani Nigera aytib berginchi, manna shu abzasdagi «eng qadimgi odamlar tudasi» degan jumlani qanday tushinasiz Eng qadimgi odamlarning hozirgi odamlardan farqinichi? o'quvchi shunday savollar berib uzining bayoni davomida darslik matniga tez-tez murojaat qiladi, yangi iboralar, terminlarni, qiyin jumlalar mazmunini tushuntirish beradi. Bu bilan o'qituvchi o'quvchilarni darslik matniga ahamiyat berib, tushunib o'qishga urgatadi. Uyda darslik matni ustida mustaqil ishlarni tayyorlaydi. o'quvchilar tarixiy materiallarni tushunib, matnni o'qishda ma'lum darajada malaka hosil kilgandan keyin matnning eng muhim va qiyin joylarini ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.83 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.83 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:15 ]
Arxiv ichida: doc