Tarix o'qitish usullarining shakllanishi va rivojlanishi Reja: 1. Tarix o'qitish usullari masalasiga tarixiy endashish. 2. 1917 yildan 1991 yilga qadar tarix o'qitish. 3. Mustaqillik yilarida tarix o'qitish muammolari. Metodikaning rivojlanishi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tarix bilan, tarixiy va pedagogika ilmlarining rivojlanishi bilan bog'liq. Metodikada to'plangan tarixiy tajribani o'rganish bugungi kundagi tarixiy ta'limning murakkab va dolzarb muammolarini ilmiy, haqiqiy yechimini topishga erdam beradi. Maktabda tarix predmet sifatida o'qitila boshlaganidan keyin o'qitishning maqsadi va mazmunini belgilash, uni eshlarga tushuntirish sohasidagi savollarga amaliy javob berish zaruriyati ostida tarix o'qitish metodikasining dastlabki elementlari yuzaga kela boshladi. XIX asrning oxiri-XX asr boshlarida tarixiy bilim beradigan xususiy maktablar paydo bo'ldi. Yirik shaharlarda jamoatchilik pedagogik tashkilotlar vujudga keladi. Maktab tarixiy ta'limining rivojlanishida P.G.Vinogradov, N.I.Kareev, S.F.Platonov kabi tarixchilar-liberal yo'nalishda to'rdi. Ularning darsliklarida jamiyatning siyosiy, tarixiy-madaniy turmush haet, iqtisodiy rivojlanish bo'yicha faktlar berildi. O'lar tarix o'qitishda ko'rsatmali obrazli o'qitish usullarini va o'quvchilarning fikrlashini faollashtirishni tavsiya qilgan. M.N.Pokrovskiy, N.A.Rojkov, M.N.Kovalenskiy va boshqalar radikal yo'nalishda deb qaralgan. N.A.Rojkov darsliklarida 1- o'ringa manba, hujjatlarni qo'yib, ular bilan ishlash o'quvchilarning aqliy mustaqilligini o'yg'otishi kerak edi. Kovalenskiy 5 jildli xrestomatiyasida va darsligida iqtisodiy va sinfiy kurash masalasiga ko'proq etibor qiladi. Sotsiologik maktab vakili R.Yu.Viller-umumiy tarix bo'yicha darsliklarida induktiv metod asosida sotsiologik tushunchalarni va tarixiy jaraen qonuniyatlarini ochishni tavsiya qiladi. O'quvchilarning bilish ischanligini faollishtirishda o'qitishning real, laborotoriya, referat, dramatizatsiya metodlari qo'llanildi. XX asr boshida tarixiy manbalar asosida tarix o'qitishning real metodi tiklandi. M.N.Pokrovskiy va N.A.Rojkovlar uning tarafdorlari bo'ldi. Laborotoriya metodi o'quvchilarning tarixiy hujjatlar va ilmiy ommabop adabietlar bilan mustaqil ishlashiga asoslandi. Referat metodining astoydil targ'ibotchisi N.P.Pokatilo bo'ldi. O'ning fikricha o'quvchi refarat orqali bosh manoni ikkinchi darajalidan ajrata oladi. U referatni mustaqil ishlash ko'nikmasini shakllantirishning asosiy usuli deb hisobladi., Dramatizatsiya metodi A.F.Gartvich tomonidan tasvirlanadi. O'nda o'quvchilarga tarixiy materiallarini rollarbo'yicha o'qish tavsiya qilindi. Usullar hər xil bo'ldi: badiiy va ilmiy ommobap dabietlar asosida tarixiy voqeani instsenirovka qilish, materialni mutahkamlash uchun darsda eshitganlarini dramalashtirish va hakozalar. O'quvchilarda o'qitishda aniq obrazlarni shakllantirish tarix darslari uchun karta va kartinalarning ishlab chiqilishiga olib keldi. O'qitish jaraenining ajralmas bo'lagi sifatida ekskursiya ishlari paydo bo'ldi. Tarixni o'rganishda o'lkashunoslik materiallari ham jalb qilina boshladi. XIX asrning oxiri XX asr boshida o'qituvchilar uchun birinchi uslubiy qullanmalar paydo bo'ldi. Nijegorodli o'qituvchi A.Krolyunitskiyning Tarixning elementar kursi metodikasi tajribasi tarixni o'qitish masalasi bo'yicha qimmatli maqalolardan iborat bo'ldi. N.P.Pokatiloning Boshlovchi o'qituvchi uchun amaliy boshchilik (Spb, 1912), kitobida o'z davri uchun yetakchi tavsiyanomalar berildi. Qo'llanmada qo'shimcha berilgan bo'lib, unda darslik qullanmalar, badiiy, ilmiy-ammabop va uslubiy adabietlarning tizimi berildi. XIX asr oxiri- ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.38 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.38 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:15 ]
Arxiv ichida: doc