Tarix o'qitishning og'zaki uslubi Reja: 1. Tarixiy materialni og'zaki baenlashning funksiyalari va ahamiyati. 2. Og'zaki baenlashning turlari. 3. O'qituvchining og'zaki baenlashi bilan darslikning bog'likligi 4. Og'zaki baenlashning obrazligi va aniqligi 5. O'quv materialini og'zaki baenlashga qo'yiladigan asosiy talablar. 6. Tarix darsidagi suhbat O'qituvchining jonli nutqi o'quvchilarning ko'z ungida tarixiy o'tmish va hozirgi ijtimoiy haetning erqin manzarasini, xalq ommasining mehnat va qudratini, kishilarning erqin qiefasini gavdalantiradi. O'qituvchining baeni ishontiruvchi kuchga ega. Jonli nutq o'quvchi ongiga tez etib boradi, uni malum xulosalarga olib keladi, tarixiy jaraenning qonuniyatlarini tushunishni osonlashtiradi. O'quvchilarga tarixiy materialni tahlil qilish va umumlashtirish namunasini ko'rsatib beradi. O'qituvchining jonli nutqi puxta bilim va malaka manbai bo'lish bilan birga, juda katta tarbiyalovchi kuchga ega. O'qituvchi nutqidagi mantiq, urg'uning kuchi, dalillarning jonli va isxonarli bo'lishi o'quvchilarning ongiga, his-tuyg'ulariga kuchli ta'sir ko'rsatadi, ularni fikrlashga o'rgatadi, malum xulosalarga olib keladi, tarixiy jaraenni, uning qobiliyatlarini to'g'ri tushunishga (olib) erdam beradi. Jonli nutq darsda monologik va suhbat eki dialoglik formasida bo'ladi. O'qituvchining tarix darsligidagi nutqi shunday qilib, birinchidan informatsiyaviy funksiyani amalga oshiradi. Yuqorida takidlab o'tilganidek, u o'tmish va bugungi kun haetining barcha, to'la manzarasini gavdalantiradi. Ikkinchidan, nutqning mantiqiy (logik) funksiyasi bor. Unda inson uylashining, mantig'ining dalillovchi kuchini ko'rsatadi, u orqali o'quvchilar ongiga tarixiy jaraen qonuniyatlari etkaziladi. Uchinchidan jonli nutq tarbiyaviy funksiyani ham amalga oshiradi. Tarix o'qitish jaraenida o'quvchilarning o'quv materialini puxta uzlashtirib olishni ta'minlashga erdam beridagan har xil matnlar: darsliklar, o'quv qo'llanmalari, ilmiy-ommobop va badiiy asarlardan keng foydalanish mumkin. Tarixni yangi yo'nalishlar bo'yicha o'qitishdan maqsad o'quvchilarga bilim berish va malakalar hosil qilish bilan birga juda murakkab va mas'uliyatli tarbiyaviy vazifalarni ham amalga oshirishdir. Bunda ko'proq o'qituvchining g'oyaviy siyosiy tayergarligi, axloqiy qiefasi, madaniyati muhim o'rin tutadi. Demak, maktabda tarix o'qitish eng avvalo, o'qituvchilarning saviyasiga, ularning nazariy bilimi va pedagogik mahoratiga, o'qituvchi jonli nutqining 28 didaktik talablariga javob bera olishiga bog'liqdir. O'qituvchining nutqi, baenining ilmiyligi g'oyaviy-siyosiy pishiqligi, haetiligi, tarbiyaviy xarakteri, ko'rsatmaliligi, o'quvchilarning mustaqilligi va faolligini oshirishga, ularda ko'nikma va malakalarni hosil qilishga erdam berishi, fikrlar izchilligi va tushunarli bo'lishi jihatidan hozirgi zamon uslublariga to'liq javob beradigan bo'lishi lozim. Tarix o'qitishda o'qituvchi ham, ayniqsa o'quvchilar o'qituvchi baenini o'zlashtirishda bazi qiyinchiliklarga duch kelishadi. O'quvchilar ezdirilgan izoh matnlarni hohlagan vaqtda qayta- qayta o'qib chiqishlari mumkin, ammo o'qituvchining baenini qayta eshita olmaydilar. Shunda o'qituvchining nazorati va rahbarlik qilishi ayniqsa katta ahamiyat kasb etadi. Tarixni o'quvchilar yanada puxta o'zlashtirib olishlari uchun qo'yidagilarga etibor berish lozim: ə) o'quvchilarning o'rganishi pedagogik jihatidan tug'ri tashkil etilishiga; g') o'qituvchi baen tizimlarining pedagogik jihatdan tug'ri tashkil etilishiga; q) ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.95 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.95 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:15 ]
Arxiv ichida: doc