Tarix ta'limi vositalariga umumiy tavsif Reja: 1. Tarix o'qitish metodlarini tasniflash. 2. Tarix o'qitishda qo'llaniladigan vositalar va ularning ahamiyati. 3. Tarixiy manbalardan foydalanish. o'qituvchi va o'quvchilarni ma'lum bir maqsadga erishish uchun olib borgan birgalikdagi faoliyat usuli o'qitish metodini tashkil etadi. Ya'ni xar ikkala faoliyatning o'qituvchi tomonidan o'quvchilarni bilim va malakalar bilan qurollantirish, g'oyaviy axloqiy jihatdan tarbiyalash, ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, o'quvchilar tomonidan esa nazarda tutilgan bilim ko'nikma va malakalarni uzlashtirish faoliyatida qo'llaniladigan usullarni o'z ichiga oladi. o'qitish metodi murakkab muammo bo'lib maktab oldiga kuyilagn vazifalarning xal etilishi o'qitish metodini to'g'ri xal qilinishiga bog'liqdir. Birok o'qitish metodi yetarli darajada ishlab chikilmagan, bu u o'z navbatida tarix o'qitishda jiddiy kamchiliklarga olib kelinmokda. Kay xollarda o'qituvchilar o'qitish metodlarini tanlashda bir tomonlama yondashib tayyor bilimlarni berib, o'quvchilarga rahbarlik qilish, bilim va malakalarini o'stirish metodlarini e'tibordan chetda koldirmokda. Bu kamchiliklar o'z navbatida o'quvchilarni tarix faniga bo'lgan kizikishini aksincha sundiradi. o'qitish metodlarini o'quvchilarning bilish faoliyati faollik darajasiga karab tasniflash tavsiya kilinadi. Tarix o'qitish metodlari va ularni tasniflash turli metodistlar, olimlar tomonidan turlicha xal kilindi. Metodist Straje v quyidagi o'qitish metodlarini tavsiya kilgan: 1. Tarixiy faktlarni o'rganish metodlari. 2. Sanalarni o'rganish metodlari. 3. mahalliy tarixiy vokealarni o'rganish metodlari. 4. Asosiy tarixiy tushunchalarni shakllantirish metodlari. 5. Sabab-natija aloqalarini o'rganish metodlari. 6. Tarixiy jarayonning qonuniyatlarni ochib berish metodlari. Bu metodlardan shu narsa ma'lumki, fakat o'qituvchi o'qitishni kuzda tutadi. o'quvchini o'rganish rahbarlik qilish esa e'tiborga olinmaydi. Metodist P.S.Leybengrub maktabda tarix o'qitishni quyidagi metodlarini kursatadi: 1. hikoya metodi. 2. suhbat metodi. 3. ko'rsatma metodi 4. Darslik bilan ishlash metodi 5. Tarixiy hujjatlar bilan ishlash metodi 6. Badiiy adabiyotlardan foydalanish metodi P.V.Gora maktabda tarix o'qitish tajribasiga asoslanib tarix o'qitish metodlarini klassifikasiya qilish masalaga fakat didaktik nuqtai nazardan qaramasdan, tarix metodik nazaridan xam yondashish, tariximaterialni ta'limiy vzzifalarini va mazmunidagi o'ziga xos tomonlarini e'tiborga olishni ta'kidlaydi. Maktabda tarix o'qitish metodlarini tanlashda: 1. o'quvchilar esda saklab qolishi zarur bo'lgan bilimlarni shunchaki bayon qilib, kuya kolmay balki, a) o'quvchilarni bilish faoliyatini faollashtirish, b) ularni amaliy faoliyatga tayyorlash o'rgatish lozim. Ularda mustaqil ijodiy izlanish, yangilikka intilishni kuchaytirish va rivojlantirish kerak. I.YA.Lerner: o'qitish metodlarini 5 guruhga bo'ladi: 1. Bayon (illyustrasiya metodi, ya'ni rasmlarga karab tushuntirish) 2. Reproduktiv metodi (esda kolgan narsani tasvirlash) 3. Ilmiy tadqiqot metodi 4. Kisman izlanish va evristik metod (savol-javob metodi) 5. Muammoli ta'lim yoki muammoli o'qitish. o'qitishning birinchi va ikkinchi usulida o'quvchilar materialni esda saklab qolishlari va qayta suzlab berishlari mumkin. Bu usulni muhim tomoni shuki, qisqa vaqt ichida katta kulamdagi tarixiy, bilimlarni o'rganish ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.63 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.63 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:15 ]
Arxiv ichida: doc