Tarix o'qitish metodikasining shakllanishi va takomillashib borishi REJA: Tarix o'qitish metodikasining predmeti va vazifalari. Tarix o'qitish jarayonining tarkibiy qismlari va boshqa fanlar bilan bog'liqligi. Tarixiy asarlarning va tarix o'qitish metodikasi elementlarining yaratilishi. Shurolar hukmronligi davrida va mustaqil O'zbekistonda tarix fani va uni ukitilishining tahlili. Tarix o'qitish metodikasi ilmiy pedagogik fan bo'lib, u o'quvchilarga tarixdan puxta bilish berish, ularni tarbiyalash va kamol toptirishda maktabda, ukitiladigan tarix kurslarining maqsadini, ta'lim-tarbiya vazifalari mazmuni va usullarini hamda tarix o'qitishning vositalarini belgilab beradi. Oliy o'quv yurtlarida tarix metodikasini o'quv rejalariga kiritilishi va uni ukitilishidan maqsad kelgusida tarix o'qituvchisi bo'lib, yetishadigan talabalarni maktablarda, akademik-lisey va kasb-hunar kollejlarida tarix fanini o'qitishni ilmiy-nazariy va amaliy asoslari bilan qurollantirishdan iboratdir. Sizlarga falsafa fanidan ma'lumki, bilish nazariyasi mavjud. Shunday ekan bilish-nazariyasi tarix o'qitish metodik4asining metodologik asosini tashkil etadi. Demak, bilishning dialektik yo'li: Jonli musho mushoxadadan abstrakt tafakkurga va undan amaliyotga utishdan iborat. Demak, maktabda tarix fanining ukitilishi va o'qitish jarayonining o'rganilishi tarix o'qitish metodikasi fanini tashkil etadi. Shunday ekan, o'qitish jarayonining bevosita amal kiladigan o'z qonuniyatlari mavjud. Xar bir hozirgi zamon o'qituvchisi bu qonuniyatlarni bilish va dare jarayonida qo'llashi muhim ahamiyatga egadir. A) tarix o'qitish jarayonining tarkibiy qismlari: ya'ni, maqsadi, mazmuni, o'qitishning metodik usullari va natijalari, vositalari kabilar qonuniyatlarga suyanmasdan va e'tiborga olmasdan turib ijobiy natijaga erishib bulmaydi. 1. Tarix o'qitish deganda - nimani tushunasiz? Tarix materiallar (ashyolar) vositasida o'quvchilarga bilish berish, ularni tarbiyalash va kamol togttirish uchun zarur bo'lgan jarayon, ya'ni o'qituvchi va o'quvchilarning aqliy ichki o'quv harakatlari (tashqi) jarayoni tushuniladi. 2. Tarix kursining mazmuni deganda - Tarix dasturida tarixiy bilimlar kulami, o'quv materiali, uning asl mazmuni tushuniladi. 3. Tarix o'qitishni tashkil etish deganda, turli metodik, usul, ta'limining turli vositalari va formulalari dare, seminar, laboratoriyalar kabilar tushuniladi. 4. o'qitishning natijasi deganda, Tarix o'qitishni maqsadi va vazifalari hamda mazmunini muvaffakiyatli ravishda amalga oshirilish o'quvchilarning tarixiy tafakkurini tasavvuri va nutqini, maxsus va umumiy qobiliyatlarini o'stirish kuzda tutiladi. Tarix o'qitishning maqsadlarini belgilashda avvalo ta'lim va tarbiyaning uzviy birligini, o'quvchilarda ko'nikma va malakalar hosil bo'lishini nazarda tutmok kerak. Tarix o'qitishning samarali bo'lishida o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun o'qituvchi xar bir darsni mazmunli, hayotiy vokealar bilan boyitish, ko'rsatmali qurollar va badiiy adabiyotlar, texnik vositalardan, turli adabiyotlardan unumli foydalanib borishi lozim. Shundagina o'quvchilarning bilish faoliyati faollashadi. o'qitishning samaradorligi oshadi. Maktab, akademik-lisey, kasb-hunar kollejlarida tarix o'qitish jarayonini ikki yul bilan urganiladi. 1. Kuzatish metodi - o'quvchilarni referat, yozma ishlari, ma'ruzalari, javoblari, bilim ko'nikma va malakalari urganiladi. Tajriba metodi - o'qituvchi o'qitish jarayonini ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.59 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:16
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.59 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:16 ]
Arxiv ichida: doc