Tasavvur - rasmi

Material tavsifi

Tasavvur Inson sezgan va idrok qilgan narsalarining obrazlari izsiz yukrlib ketmaydi, Ular inson ongida o'zoq vaqt saqlanib qoladi. Ushbu obrazlar ta'sirida insonda tasavvur shakllanadi. Tasavvur-bu inson tomonidan oldin idrok qilingan narsa va hodisalarning subyektiv obrazlari. Tasavvur bilish jarayonlari ichida ularni bir-birlari bilan bog'lab turuvchi oraliq holatni egallaydi. Tasavvur bilishning hissiy bilish bosqichida bo'lib, narsa va hodisalarning mohiyatiga kirib borolmaydi. Ammo, tafakkurning paydo bo'lishi, rivojlanishi uchun manba bo'lib xizmat qiladi. Sportchi shug'ullanuvchilarning aqliy, amaliy masalalarni yechishlarida tasavvur katta yordam beradi. Sportchidagi oldingi tajribalarida shakllangan tasavvurlar uning musobaqa sharoitlarda jismoniy tarbiya va sport faoliyatini amalga oshirashiga katta yordam beradi. U tasavvurlar (tezkor, chaqqon, taktik texnik va hokazo) yordamida xayolan mashqlangan holat-voqelik modelini yaratadi. Tasavvur voqekka qanchalik yaqin va mos bo'lsa, faoliyat ham shunchalik samaradi bo'ladi. Inson ongida oldin idrok qilingan narsa va hodisalarning obrazlarn qanchalik qayta ishlanganligiga qarab tasavvur ikki turga ajratiladi; xotira tasavvuri va xayol tasavvuri. Agar oldin idrok etilgan obyektning obrazi o'zgarishsiz yoki ozgina o'zgarish bilan qayta tiklansa, bu xotira tasavvuri bo'ladi. Obrazlar inson tomonidan qayta ishlanganda esa xayol tasavvuri shakllanadi. Jismoniy tayyorgarlik jarayonida tasavvurlarning rivojlanishi to'la-to'kis jismoniy tarbiya va sport faoliyat xarakteriga bog'lik bo'ladi. Masalan, jismoniy mashg'ulotlarning real musobaqaviy holat shart-sharoitlariga yaqinlashtirilishi sportchi shug'ullanuvchilarda turli raqiblar zamonaviy uslublarular bevosita musobaqa jarayonlarda to'qnash kelishlari mumkin bo'lgan holatlar haqidagi tasavvurlarning shakllanishiga yordam beradi. Aksincha, mashg'ulotlardagi shartliliklarning me'yordan oshib ketishi esa noto'g'ri tasavvurlarni yuzaga keltiradi. Shuning uchun ham shug'ullanuvchi sportchilardagi tasavvurlarni ularning shaxsiy tajribalariga asoslanib shakllantirish katta ahamiyatga ega. Buning uchun mashqlar bilan bo'ladigan amaliy ishlar, adabiyotlar bilan mustaqil ishlash, jismoniy mashq texnikasini, taktikasini to'la egallash, ularning bajarilishini ta'minlash va unumli qo'llash kabilar yaxshi vosita bo'lishi mumkin. Masalan, bir sport turi bilan jiddiy shug'ullangan shug'ullanuvchi sportchilarda (o'quvchi, bolalarda) raqib bilan to'qnashish, kurash olib borishi va undan himoyalanish mashqlari (vositalari) haqidagi tasavvurlar ulardagi amaliy tajribaning qanchalik boyligiga hamda mazmuniga bog'liq bo'ladi. Ijtimoii hayot haqidagi tasavvurlarni rivojlantirish uchun esa ularni ijtimoiy foaliyatga jalb etishdan tashqari, ularda har xil adabiyotlarni o'qib o'rganish (aynan o'zi tanlagan, bajarayotgan mashqi haqida nazariy bilimlarga ega bo'lish) malakasini hosil qilish katta ahamiyatga ega. Insonning tasavvurlari ko'p jihatdan undagi ehtiyoj va qiziqishlarga bog'liq bo'ladi. Bundan tashqari shug'ullanuvchi sportchilardagi tasavvurlarni shakllantirishda so'z juda katta rol o'ynaydi. Malumki, biron bir mashqni idrok yoki tasavvur etish, avvalo ushbu mashqni kuzatish, keyin esa uni so'zlar vositasida bayon etish bilan olib boriladi. Jismoniy mashq texnikasi va taktikasi hamda zamonaviy usul, uslublarni hozirgi sharoitda narsa, hodisalarni so'z vositasida tasvirlash insonlarda texnik tasavvurni shakllantirishda katta ahamiyatga ega. ta'limdan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.44 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:16 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.44 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga