Tashkilotchining oila va jamoatchilik bilan hamkorlikdagi tarbiyaviy ishlar metodikasi

Tashkilotchining oila va jamoatchilik bilan hamkorlikdagi tarbiyaviy ishlar metodikasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Tashkilotchining oila va jamoatchilik bilan hamkorlikdagi tarbiyaviy ishlar metodikasi - rasmi

Material tavsifi

tashkilotchining oila va jamoatchilik bilan hamkorlikdagi tarbiyaviy ishlar metodikasi Maktab va maktabdan tashqari muassasalarning tashkiliy shakllarini, mazmuni va maqsadini belgilash bugungi kunimizning barcha qirralarini hisobga olishini talab etmoqda. Sinf va maktabdan tashqari mazkur tarbiyaviy ishlar shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Mazkur muammoni ijobiy hal etish uchun sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tizimida quyidagilar bo'lishi lozim: Ulg'ayayotgan inson shaxsini tarbiyada oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o'smir va yosh yigitning betakror va o'ziga xosligini hurmatlash, ijtimoiy huquqini etiborda tutish zarur. Milliylikning o'ziga xos an'ana vositalariga tayanish. - Pedagoglar o'rtasida o'zaro hurmat munosabatlarini shakllantirish. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar o'quvchilarni darsdan bo'sh vaqtlardagi o'quv tarbiya jarayonini to'ldiradi va kengaytradi, o'quvchilarni mustaqil bilim olishlari, ijodiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini oshirishga imkoniyat yaratadi. Sinfdan tashqari tashkil etiladigan tadbirlarda fan o'qituvchilari o'z faniga qiziqqan o'quvchilar bilan mashg'ulot o'tqazib, o'quvchilarning qiziqishlarini o'stiradi. Sinfdan tashqari ishlarni to'la qamrab olgan to'garaklar bir necha xilda bo'lishi mumkin: A) fan to'garaklari B) mohir qo'llar to'garaklari V) sport to'garaklari G) badiiy havaskorlik to'garagi O'rta umum ta'lim maktablarida bu ishlarni sinf rahbari va tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi uyushtiradi. Sinf rahbari sinfdan tashqari ishlarni uyushtirishda to'garak rahbarlariga yaqindan yordam beradi. Qiziqishlari, intilishlari bir xil bo'lgan o'z o'quvchilarini biror to'garakka azo bo'lishga chorlaydi. Ularni qaysi to'garakda mashg'ul bo'lishlari hisboga olinadi. Maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bolalarni ijodkorlikka davat etuvchi tarbiyaviy maskandir. Pedagogik tajribalar shuni ko'rsatmoqdaki, hozirgi sharoitda maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni olib boruvchi bolalar uylari, yoshlar saroylari, yosh texniklar saroylari, yosh texniklar uylari maktab tarbiyasining uzviy davomchisi bo'lib qolishi kerak. O'zbekiston Respublikasining «Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasi», bu ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishda asos bo'ladi. Malumki, o'quvchilarni g'oyaviy-siyosiy, axloqiy, mehnat, nafosat va jismoniy jihatdan to'liq shakllangan kishilar qilib tarbiyalash dars jarayonidan boshlanadi. Biroq o'quvchilarning kundalik o'sib borayotgan ehtiyojlari, talablari va barcha qiziqishlarini faqat dars jarayoni bilangina cheklab bo'lmaydi. Bunday ko'p qirrali qiziqishlarni sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni uzviy bog'lanish asosidagina qondirish mumkin. Shu sababli keyinga davrda o'quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarini ko'ngilli uyushtirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar - o'quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni to'ldiradi. Ularning dunyoqarashini to'g'ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga ko'maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot, ishlab chiqarish bilan chambarchas bog'lanishiga zamin yaratadi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchining vazifalari ham ko'p qirralidir. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi: - darsdan tashqari tarbiyavity ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat qilish; - o'quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ko'p qirrali ishlarini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.35 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:16 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.35 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga