Tashkilotlar tuzilishining asosiy belgilari

Tashkilotlar tuzilishining asosiy belgilari

O'quvchilarga / Pedagogika
Tashkilotlar tuzilishining asosiy belgilari - rasmi

Material tavsifi

tashkilotlar tuzilishining asosiy belgilari Reja: 1.tashkilotning asosiy tarkibiy birikmalarini ajratish. 2.tashkilot faoliyatida maqsadlarning ahamiyati. 3.tashkilotning me'yoriy va haqiqiy tarkibi. 4.Chiziqli tuzilmalar. 5.tashkilot madaniyatining belgilanishi. 6.Tashqi muhit omillarini hisobga olish zarurati. 1.tashkilotning asosiy tarkibiy birikmalarini ajratish. tashkiliy tuzilmani yaroqli holatda bo'lishini qo'llab-quvvatlash uchun tashkilotning qator ichki birikmalari, yoki uning tarkibiy tashkil etuvchilarining o'zaro ta'siri zarur. tashkilotning barcha komponentlari etarlicha avtonom bo'lib, ularning zaif o'zaro bog'liqligi, bir komponentning boshqasiga ta'sirini amalga oshiradigan kommunikatsiyalarning soni cheklanganligi bilan shartlangan. Jumladan, tashkilot maqsadlarini o'zgartirishda butun tashkilot tuzilmasini emas, balki uning alohida tashkil etuvchilarini (tarkibiy birliklarini) o'zgartiradi xolos. tashkilotning asosiy to'rt komponenti faqatgina ma'lum madaniy me'yorlar doirasida samarali o'zaro ta'sirlashishi va qadriyatlarning ma'lum tizimiga yo'naltirilishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, tashkilotning submadaniyati, yoki tashkiliy madaniyat uning faoliyatiga mavjud ta'sir o'tkazadi. tashkilot madaniyati - bu mazkur tashkilot uchun xos bo'lgan qabul qilingan va o'zlashtirilgan me'yorlar, intizom qoidalari, urf-odatlari, an'analaridir. . tashkilotning submadaniyatini boshqa madaniyatlar, avvalambor jamiyat madaniyatidan ajratilgan deb aytish xato bo'lur edi. Aksincha, tashkilot madaniyatining ildizlari - jamiyat madaniyatida bo'lib, o'z faoliyatini amalga oshirish davomida tashkilot madaniyati, uni boshqa tashkilotlarning madaniyatidan ajratib turuvchi o'ziga xos belgilariga ega bo'ladi. Masalan, vazirlik yoki qonunchilik hokimiyati organining rasmiy madaniyatini, ko'pgina erkinliklariga ega bo'lgan universitet akademik madaniyati bilan qiyoslaganda, ushbu madaniyatlar vakillari intizomning turli-tuman namunalarini namoyon etganlari, turli me'yorlarga asoslanishlari va turli qadriyatlarga moslashganliklarini ko'rsatdi. 2. tashkilot faoliyatida maqsadlarning ahamiyati. tashkilot ta'riflaridan ko'rinib turibganidek, uning ichki tuzilmasining barcha komponentlari orasida maqsadlar alohida o'ringa ega, chunki ularga erishish uchun ham tashkilotning butun faoliyati amalga oshiriladi. Maqsadga ega bo'lmagan tashkilot ma'nosiz va qisqa vaqt davomida amal qilishi mumkin. Shu bilan birga maqsadlar- tashkilotni tushunishda munozaralim lahzalardan biri hisoblanadi. Olimlarning bir guruhi, maqsadlar tashkiliy intizoimni tahlili qilishda zarur deb hisoblasalar, boshqalari, aksincha, ularning ahamiyati tushirishga intiladilar. Jumladan, bixevioristlar faqatgina shaxslar maqsadga ega bo'lishlari mumkin, guruh va jamoalar esa maqsadga ega bo'lmaydilar. So'nggi yillarda o'tkazilgan ko'p sonli tadqiqotlar, ahamiyatiga ko'ra maqsadlar, tashkilotning boshqa komponentlari orasida yuqori o'rinlardan birini egallashini ko'rsatmoqda. Maqsadlarning oddiy aralashuvi yoki ularni ta'riflashdagi mujmallik, tashkilotda strategik yo'nalishlarni noto'g'ri tanlanishi (bu jiddiy moddiy yo'qotishlarga olib keladi), tashkilot a'zolari yagona mo'ljalga ega emasliklari tufayli sinergiyaning samarasi pasayishi, tashkilotning ichkikommunikatsiyasi buzilganligi, tashkilotning ichki tuzilmasi integratsiyasi susayganligi, tashkilot a'zolarining motivatsiyasida murakkabliklar va boshqa jiddiy muammolar paydo bo'lganligi kabi jiddiy salbiy oqibatlarga olib kelishiga ko'pgina namunalar keltirish mumkin. Shunday qilib, maqsadlar tashkilot faoliyatining deyarli barcha komponentlariga bevosita ta'sir ko'rsatadi. tashkiliy faoliyat uchun maqsadlarning muhimlik sabablarini tushunish uchun maqsadlar va ularning vazifalari tushunchasini aniqlab olish zarur. Maqsadni istalgan, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 10.79 MB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:16 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 10.79 MB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga