Tasviriy faoliyat mashg'ulot turlari. Mashg'ulotlarni tashkil qilish

Tasviriy faoliyat mashg'ulot turlari. Mashg'ulotlarni tashkil qilish

O'quvchilarga / Pedagogika
Tasviriy faoliyat mashg'ulot turlari. Mashg'ulotlarni tashkil qilish - rasmi

Material tavsifi

Tasviriy faoliyat mashg'ulot turlari. Mashg'ulotlarni tashkil qilish Reja: 1.Mashg'ulot turlari. 2. Mashg'ulotlarni tashkil qilish usullari Tayanch tushunchalar: rangdor mayda qism, illyustratsiya, ijodiy tashabbus. Turli guruhlarda tasviriy faoliyat mashg'ulotlarini tashkil qilish. Tasviriy faoliyat mashg'ulotlari bu-rasm chizish, loy, applikatsiya, qurish-yasash mashg'ulotlaridir. Bu mashg'ulotlar maktabgacha ta'lim muassasasining barcha guruhlarida aniq bir vaqtda, kun tartibi asosida uyushtiriladi. Kichik guruhda 15-20 minutgacha; O'rta guruhda 20-25 minutgacha; Katta guruhda 30-35 minut; Tayyorlov guruhda 30-35 o'tkaziladi. Tasviriy faoliyat mashg'ulotlarining muvaffaqiyatli uyushtirish, unga zarur bo'lgan materiallarni o'z vaqtida tayyorlashga ham bog'liqdir. Bu tayyorgarlik ishlari quyidagilardan iboratdir: 1) Tarbiyachi rasm va applikatsiya mashg'uloti uchun kerakli kattalikdagi va rangdagi qog'oz varaqlarini tayyorlaydi (tasvirlanadigan predmetning tuzilishiga ko'ra). Qog'oz varag'iga oldindan orqa tomoniga bolalarni ismi, familiyasi, mashg'ulot o'tkaziladigan sana yozib qo'yiladi. 2) Tarbiyachi oldindan qalam uchlarini ochib qo'yadi (albatta 4-5 qalam ortiqcha qilib tayyorlab qo'yiladi). 3) Katta tayyorlov guruhlarida bolalar qo'proq akvarelь bo'yog'ini ishlatadilar. Oldindan bo'yoqlar ho'llangan bo'lishi lozim. Mo'yqalamlar yaxshilab yuviladi. 4) Mashg'ulot uchun lattalar, idishchalarni tayyorlash zarur. Suv bankalarga mashg'ulot boshlanish arafasida quyiladi. 5) Applikatsiya uchun rangli qog'oz yig'masi tayyorlanadi (ortiqcha miqdorda). 6) Yelimster (undan tayyorlanadi), yoki yelim. 7) Loy ishi mashg'ulotlari haftada bir marotaba tayyorlanadi, polietilen plyonkalarda saqlanadi. Tarbiyachi har bir bola uchun loy parchasini qo'yish uchun taxtachalar, katta tayyorlov guruhlari uchun ko'rgazmalar, harakatlanuvchi taxtachalar tayyorlaydi, ho'l yoki nam lattalar berilishi kerak. 8) Plastin ham rangi bo'yicha tayyorlanib, rangdor mayda qismlarni yasash jarayonida beriladi. Ko'proq katta guruhlarda beriladi, oldindan issiqda yumshatib qo'yiladi. 9) Maktabgacha ta'lim muassasasidagi ko'rgazmali materiallar bo'lishi lozim. Masalan: predmetlar o'yinchoqlar, illyustratsiyalar, xalq amaliy dekorativ san'at namunalari. 10) Har bir guruhda bolalar ishining tahlili uchun ko'rgazmalar bo'lishi kerak. Mashg'ulot uchun zarur bo'lgan materiallarning har biri aniq, bir joyda, faoliyat turlariga qarab saqlanishi kerak, navbatchilar bunda ularni mashg'ulot uchun tayyorlay olishlari lozim. 11) O'rta guruhdan boshlab bolalar ham tarbiyachi bilan birgalikda mashg'ulotga tayyorlanib, navbatchilikka jalb qilinadi. Har bir guruhda, har bir bola yoki navbatchilar vazifalarni tarbiyachi tomonidan rejalashtiriladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 130.87 KB
Ko'rishlar soni 62 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:16 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 130.87 KB
Ko'rishlar soni 62 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga