Tasviriy san'atdan darsdan tashqari ishlar

Tasviriy san'atdan darsdan tashqari ishlar

O'quvchilarga / Pedagogika
Tasviriy san'atdan darsdan tashqari ishlar - rasmi

Material tavsifi

Tasviriy san'atdan darsdan tashqari ishlar Reja: 1. Sinfdan tashqari ishlarning maqsad va vazifalari. 2. Maktabda tasviriy va amaliy san'atdan to'garaklar. 3. Tasviriy va amaliy san'atdan sinfdan tashqari tadbirlar. Tayanch so'z va iboralar: Tasviriy san'atdan sinfdan tashqari ishlarning maqsad va vazifalari. Maktabda tasviriy san'atdan fakulьtativ mashg'ulotlar, to'garaklar va ularning turlari. Maktabda tasviriy va amaliy san'atdan sinfdan tashqari tadbirlar. Tasviriy san'atdan sinfdan tashqari ishlar umumiy o'rta ta'lim tizimida muhim o'rinni egallaydi. Ular tasviriy va amaliy san'at, me'morchilik kabi san'at turlari bo'yicha amalga oshiriladi. Bular sinfdan tashqari ishlar, to'garaklardagi mashg'ulotlar, uchrashuv, ko'rgazma, tanlov, san'at kechalari kabi qator yo'nalishlarda o'tkaziladi va ular o'quvchilarni badiiy-ijodiy ehtiyojlarini qondirish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ulardagi individuallik va inte'dodni ro'yobga chiqarishga xizmat qiladi. SHu bilan birga u yoshlarning badiiy va estetik fikr doirasini kengaytiradi hamda didini rivojlantiradi. Tasviriy, amaliy san'at va me'morchilikdan tashkil etiladigan to'garaklar umumiy o'rta ta'lim maktablarining barcha sinflarini qamrab oladi. Ular kichik (1-4 chinflar), o'rta (5-7 sinflar), katta (8-9 sinflar) guruhlardan tashkil topadi va ular rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, naqqoshlik, ganchkorlik, misgarlik, kashtachilik, yog'och o'ymakorligi, badiiy sopoldo'zlik, shuningdek, me'morchilik, san'atshunoslik to'garaklari hisoblanadi. To'garaklar san'atning u yoki bu turi yoki janri asosida ham tashkil etilishi mumkin. Bu to'garaklarning turlari ularga ajratilgan soatlar hajmi va ta'lim mazmuni bolalarning istaklari, mayllari va maktab imkoniyatlari, bolalarning yoshlik xususiyatlaridan kelib chiqib belgilanadi. Maktab to'garaklarining maqsad va vazifalari asosan bolalarning badiiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hisoblanar ekan, ularni qat'iy reja asosida muntazam olib borilishi talab etiladi. To'garaklar har bir maktabda san'atning turlari, guruhlar bo'yicha bitta yoki bir nechta bo'lishi mumkin. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida to'garak rahbarining asosiy e'tibori quyidagilarga qaratiladi: -tasviriy yoki amaliy san'at to'garaklariga qiziqishi va qobiliyati bor o'quvchilar qabul qilinadi hamda har bir guruhda ularning soni 10-15 tadan oshmasligi lozim. Aks holda ular bilan olib boriladigan ishlarning sifati pasayib ketadi; -to'garakda bolalarning qiziqishi, idroki, tasviriy malakalari, ijodiy qobiliyatlari o'rganilib va ma'lum vaqt mobaynida sinovdan o'tkazilib, qabul qilinadi. To'garaklarda tasviriy va amaliy san'at ta'limi mazmuni alohida e'tiborga loyiq. Ta'lim mazmunining to'g'ri belgilanishi to'garak ishini muvaffaqqiyatini ta'minlaydi. SHuning uchun rahbar mavjud dasturlarni o'rganib chiqishi va shu asosda o'zining mahalliy sharoitlari, bolalarning tayyorgarligi va imkoniyatlari, moddiy-texnikaviy asosning mavjudligiga qarab ta'lim mazmuniga oid o'z rejasini ishlab chiqadi. To'garaklar tasviriy va amaliy san'atning qaysi turi yoki janri yuzasidan bo'lishligidan qat'iy nazar, u amaliy va nazariy qismlardan tashkil topadi. Tasviriy san'atdan amaliy ishlar bevosita, naturaga qarab rasm ishlash, kompozitsiya, suvrat namunalarini ko'chirish kabi yo'nalishlarda amalga oshiriladi. Amaliy san'atga doir (naqqoshlik, ganchkorlik, yog'och o'ymakorligi,badiiy sopoldo'zlik, misgarlik, kashtachilik v.b.) to'garaklarda bolalar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.23 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:16 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.23 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga