XX asrda o'qish va yozishni bilmaydigan odamni savodsiz deyishsa, XXI asrda o'rgangan bilimlaridan amaliyotda foydalana olmaydigan odamni savodsiz deyish kerak. TAYaNCh VA FANGA OID UMUMIY KOMPYeTYeNSIYALARNING MAZMUN MOHIYaTI VA ULARNING TANLANIShI Nima sababdan ta'limga kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish kerak ? Hozirgi kunda o'quvchilarda o'quv predmetlari bo'yicha faqatgina bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'lishning o'zi etarli emasligi malum bo'lmoqda. Jumladan: ta'lim muassasasini muaffaqiyatli bitirgan ayrim o'quvchilar, hayotda ko'p muaffaqiyatsizliklarga uchraydi ; Oliy ta'lim muassasini bitirib yangi ishga borgan yosh mutaxassis universitet yoki institutda kasbiga oid bilim va ko'nikmalarni etarli darajada olgan bo'lsada, ish joyiga ko'nikishi uzoq vaqt davom etadi; Kritik momentda malum bo'ladiki, maktab yoki litseyda olingan bilim va ko'nikmalar tezda hal qilinishi kerak bo'lgan hayotiy vaziyatlarga to'g'ri kelmaydi yoki umuman hayotida kerak bo'lmaydi. Kompetenttsiyaviy yondashuv deganda nimani tushunamiz? Competence so'zi to compete so'zidan kelib chiqqan bo'lib, musobaqalashmoq , raqobatlashmoq, bellashmoq degan manoni bildiradi. So'zma-so'z tarjima qilinsa musobaqalashishga layoqatlilik manosida keladi. Ilmiy pedagogik, psixologik manbalarda berilishicha, kompetensiya,kompetentlilik o'ta murakkab, ko'p qismli, ko'pgina fanlar uchun mushtarak bo'lgan tushunchalardir. Shu boisdan uning talqinlari ham hajman, ham tarkibiga ko'ra, ham mano, mantiq mundarijasi jihatidan turli-tuman. Atamaning mohiyati shuningdek samaradorlik, moslashuvchanlik, yutuqlilik, muvaffaqiyatlilik, tushunuvchanlik, natijalilik, o'quvlilik, xocca, xususiyat, sifat, miqdor kabi tushunchalar asosida ham tavsiflanmokda. bilim - o'rganilgan ma'lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish; ko'nikma - o'rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo'llay olish; malaka - o'rganilgan bilim va shakllangan ko'nikmalarni notanish vaziyatlarda qo'llay olish va yangi bilimlar hosil qilish; kompetensiya - mavjud bilim, ko'nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo'llay olish qobiliyati. . Qisqacha tarixi: Birinchi bosqich - 1960-1970 yillar. - tilni o'rganishga doir dastlabki kompetensiyalar kiritila boshlandi. Bunda D. Xayms tomonidan «kommunikativ kompetensiya»tushunchasi kiritiladi. Ikkinchi bosqich - 1970-1990 yillar - kompetensiyakompetentlik kategoriyalarini tilni ayniqsa ikkinchi (ona tilidan tashqari) tilni o'rganish nazariyasi va amaliyotida, boshqarishda, rahbarlikda, menejmentda professionallik va muloqotni o'rganishda foydalanila boshlandi.Bu paytda «ijtimoiy kompetensiya kompetentlik» tushunchasining mazmuni ishlab chiqiladi. . . Uchinchi bosqich -1990 va keyingi yillarda kompetensiyaviy yondashuv, kasbiy ta'limga, umumta'lim fanlariga va boshqa yo'nalishlarda qo'llanila boshlandi . O'zbekistonda dastlab Birinchi Prezidentimiz farmoniga muvofiq , chet tillarni o'qitishni takomillashtirishga qaratilgan 2012 yil 12 dekabr farmoniga muvofiq ilk bor kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTS ishlab chiqilib 20132014 o'quv yilidan bosqichma bosqich amaliyotga joriy etish boshlandi. Kompetensiyaning struktura komponentalari ro'yxati -kompetensiyaning nomi; - kompetensiya tipi va uning umumiy ketma-ketligidagi o'rni (tayanch, umumpredmet, predmet) ; -kompetensiyalar kiritiladigan, real faoliyat ko'rsatadigan obyektlar doirasi; -kompetensiyaning ijtimoiy-amaliy bog'liqligi va ahamiyati (u jamiyat uchun nima sababdan kerak?) ; ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
310.99 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:16
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
310.99 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:16 ]
Arxiv ichida: pptx