Temuriylar davrida madaniyat va ta'lim-tarbiya Reja: Amir Temur hayoti va saltanatining vujudga saltanatining vujudga kelishi Temur saltanatining ta'lim-tarbiya tizimi Amir Temurning axloq va odobga oid o'git nasihatlari Amir Temur hayoti va Buyuk sarkarda, adolatli shoh Amir saltanatining vujudga Temur Markaziy Osiyoda mo'g'ullar- kelishi ning 150 yillik hukmronligini tugatib, buyuk davlat tuzgan va uni dunyoga tanitgan shuningdek, Movarounnahrda fan va madaniyat ravnaqining asosini yaratgan shaxs sifatida mashhurdir. U o'z davrining eng qudratli shohlaridan hisoblangan Turk podshosi Boyazid Yildirimni tor-mor qilib, Bolqon yarim orolidagi xalq-lar va mamlakatlarga ozodlik bag'ishlagan. Oltin O'rda xoni To'xtamishni engib, Rossiyaning mo'g'ullar hukmronligi asoratidan qutulishini qariyb 300 yilga tezlashtirgan. O'z davrida Movarounnahrda hunarmandchilik, qurilish, ilm-fan va madaniyat-ni rivojlantirgan. Amir Temurning ko'p qirrali faoliyati, murakkab shaxs ekan-ligi o'sha davrda yozilgan qator asarlarda ifodalangan. Xofizi Abruning Zubdatut tavorix, Sharofiddin Ali Yazdiyning Zafarnoma, Ôasih Ahmad havodiyning Mujmali Ôasihiy, Abdurazzoq Samarqandiyning Matlaus sadayn va majmaul bahrayn, Ibn Arabshohning Ajoyibal maqdur nomli asari o'sha davrning qimmatli yozma manbalaridan hisoblanib, ularda Amir Temurning hayoti va ko'p qirrali faoliyati malum darajada hikoya qilinadi. Amir Temur 1336 yilda Shahrisabzga yaqin Xo'ja ilg'or qishlog'ida tug'ilgan. Uning otasi Amir Tarag'ay Qozon xoniga tobe Kesh (hozirgi Shahrisabz) hokimi bo'lgan. ¡sh Temurning dastlabki savodi oilada chiqarilgan va 7 yoshi-dan madrasada o'qiy boshlagan. Bu haqda u o'zining Tarjimai holi da shunday yozgan: Yetti yoshga to'lganimda meni madrasaga olib borishdi va qo'shimcha so'zlar jadvalini berishdi. Men o'qiy boshla-dim va erishgan muvaffaqiyatlarimdan behad xursand bo'ldim. Tadqiqotchi olim B.Ahmedovning takidlashicha, Temur madrasaga kelganda harf taniydigan bo'lgan. Shuning uchun ham jadvaldagi so'zlarni o'qiy bilgan. Movarounnahr va Xuroson madrasalaridagi odat bo'yicha bolani o'qishga o'rgatishda qog'oz yo teriga yozilgan eng oson so'zlar jadvalidan foydalanilgan. Temur ham bolaligida shunday jadvalni o'qigan. Amir Temur bolalik va o'smirlik yil-lari haqida shunday xotirlaydi: Men 9 yoshga to'lganimda namoz o'qiy boshladim va madrasadagi barcha talabalardan ustun bo'lib oldim. Xar qanday yig'ilishlarda ham men ulamolarning yonidan joy olishga harakat qilardim. Lekin har doim ularning oldida tiz cho'kib o'tirardim. Kattalarga shu tarzda hurmat bildirishni men o'zimga qoida qilib olgandim. 12 yoshimdan bolalar bilan o'ynashni o'rgandim va vaqtimni o'z tengqurlarim hamda o'spirinlar bilan o'tkazardim. Bu parchada shunisi diqqatga sazovorki, Temur bolaligidayoq tengqurlaridan ustun bo'lib, unda amirlikka intilish bo'lgan. Temurning tarjimai holida uning fel-atvori, axloqi va ijobiy xususiyatlarining shakllanishidan dalolat beruvchi ma'lumotlar alohida ifodalangan. Amir Temur shaxsida anchagina ziddiyatlar mavjud. U 16 yoshida otasining vasiyati bo'yicha askarlarga boshchilik qilgan. Shunday qilish Barlos urug'ining an'anasi hisoblangan. U yoshligidan harbiy mashqlarga nihoyatda qiziqqan, feodal urushlarda bir necha bor ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.46 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:16
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.46 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:16 ]
Arxiv ichida: doc