Temuriylar davrida ta'lim-tarbiya haqida Reja: 1. Ulkamiz ma'naviy hayotida Amur Temur va Temuriylarning o'rni 2. M.Ulug'bek va Z. Bobur davrida ta'lim-tarbiya ravnaqi. 3. J. Devoniy, A.Jomiy, A.Novoiy, Kashgariylarning pedagogik qarashlari. 4. Temuriylar davrida ta'lim tizimi. XIV-XVI asrlarda tarbiya, maktab va pedagogik qarashlar. XIV-XVI asrlarda Movarounnahrda ta'lim-tarbiya va pedagogik fikr taraqqieti to'g'risida kuydagi ma'lumotlarni keltiramiz: Mugul istelosi ostida bir yariya asr davomida xona vayron bo'lgan Movarounnahr xalqi XIV asr boshlarida Mugillar zulmidan kutila boshladi. Buxoroda Mahmud Tarobiy boshchiligida, Samarqand va Xurosonda esa Sarbadorlar qo'zg'oloni ro'y berdi. XIV asrning ikkinchi yarmida Muvoraunnaxr Mugil boskinchilaridan tozalandi va XV asrda fiodal munosabatlari ancha rivoj topdi. Markazlashgan buyuk Temur davlatining barpo etilishi Movarounnahrda yana fan va madaniyat, ma'rifat qaytadan ravnaq topishga yo'l ochdi. Amir Temurning Movarounnahrda fan, ma'rifat va madaniyat sohasidagi say-harakatlari jahon taraqqiyoti tarixida Musulman renesansi deb atalgan ilmiy, ma'rifiy va madaniy yuksalishiga olib keladi. Ulug'bek, Qozizoda Rumiy, Jamshid Qoshiy, Ali Qushchi, Jomiy, Navoiy, Behzod, Bobur va Boburiylar ana shu sharq yuksalishi avj olgan davr farzandi edilar. Mazkur ma'ruza matnida Amir Temur va temuriylar davrida Movarounnahrda ta'lim-tarbiya va pedagogik fikrlar baholiqudrat yoritilgan, Amir Temurning ilm-fan maorif madaniyat ravnaqi yo'lidagi tadbirlari, uning Mirzo Ulug'bek, Shoxrux Mirzo, Husayn Boyqaro va boshqalar tomonidan yanada rivojlantirilishi haqida so'z yuritiladi. Ishda islom dini, uning mamlakat ilm-fan, maorifi taraqqiyotiga ta'siri ham yoritiladi. «Amir Temur - buyuk shaxs,- deb yozadi akademik B.Axmedov - kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli memor, notiq, ruhshunos, shu bilan birga el-yurtini sevgan va uni mashhur qilgan inson».1 Yetti iqlim Sohibqironi, 27 mamlakatni birlashtirib Buyuk saltanatni vujudga keltirgan Movarounnahr Amir Temur va Xurosonda madaniyat, ilmu- ma'rifat, ta'lim-tarbiyani yanada rivojlantirib uni dunyoga tanitadi. U haqiqatdan ham ko'p qirrali aql, salohiyat egasi, donishmand bo'lgan. Uning shaxsi haqida Prezidentimiz I.A.Karimov: «Muhammad Tarag'ay Bahodir o'g'li - Amir Temur yoshlik chog'laridan mard, dovyurak, g'ururli, o'tkir zehn va idrok egasi bo'li6 o'sdi. Turli dunyoviy ilmlarni, harbiy san'atni egalladi»,- deb aytgan edi. Quron Karimni yod oldi. Hadis ilmini o'rgandi. Imon-e'tiqodli, halol pok inson bo'lib etishdi. Amir Temur mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirgan, o'z etiborini ma'rifat, fan va madaniyatning taraqqiyotiga qaratdi. Shu 1 Axmedov. Amir Temur o'gitlari. A.Navro'z. 1993 yil. 2 bet. maqsadda Amir Temur saltanat markaziga dunyoga mashhur olimu fuzalo, muhandisu-quruvchi, islom dinining atoqli ulamolariyu tadqiqotchilarining, fikh ilmi olimlari, san.atkoru-ma'rifatchilar, shoiru-shuarolarni yig'di. Ularning samarali faoliyatlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratadi. Masjid, madrasalar, kutubxonalar qurdirdi. Ilmni o'stirdi. ta'lim- tarbiya tadbirini mazmunan rivojlantirdi. Uning bu sohadagi ishlarini o'z davridayoq dunyoning Osiyo, Yevropaqitalari bir qator ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.59 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:17
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.59 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:17 ]
Arxiv ichida: doc