Temuriylar davrida ta'lim-tarbiya masalasi

Temuriylar davrida ta'lim-tarbiya masalasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Temuriylar davrida ta'lim-tarbiya masalasi - rasmi

Material tavsifi

Temuriylar davrida ta'lim-tarbiya masalasi Reja: XIV-XVI asrlarda Movarounnahrda ta'lim-tarbiya va pedagogik fikrlar. Amir Temur amal qilgan axloqiy sifatlar. Amir Temurning odob-axloqqa oid nasihatlari. Mirzo Ulug'bekning ilm-ma'rifat sohasidagi xizmatlari. Zahiriddin Muhammad Boburning ta'lim-tarbiya sohasidagi xizmatlari. Tayanch so'z va iboralar: Movarounnahr, ta'lim, tarbiya, bilim, ilm, ma'rifat, odob, axloq, axloqiy sifat, madaniyat, ma'naviyat, Uyg'onish davri, rasadxona, astronomiya, tarix, xattotlik, maktab, madrasa, masjid 1. XIV-XVI asrlarda Movarounnahrda ta'lim-tarbiya va pedagogik fikrlar Temuriylar hukmronligi davrida ta'lim-tarbiya, madaniyatimiz va ma'naviyatimiz rivojiga katta hissa qo'shildi va ular hozirda ham o'z ahamiyatini saqlab kelmoqda. XIV asrning 50-yillarida Amir Temur siyosat maydoniga chiqdi. Markazlashgan yirik feodal davlat barpo etildi. Madaniyat, maorifqaytadan yuksala boshladi. Shuning uchun XIV asrning 2-yarmi va XV asr tarixida Sharq uyg'onish davrining 2-bosqichi deb ataladi. Temur Movarounnahrga boshqa o'lkalardan hunarmandlarni olib keltirdi. Samarqand va Xirotda madrasalar, kutubxonalar, rasadxonalar qurildi. Tibbiyot, riyoziyot, falakkiyot, geografiya, tarix, adabiyot, falsafa, tabiatshunoslikka oid ajoyib asarlar yaratildi. Temurdan so'ng temuriylar davrida mamlakat Movarounnahr va Xuroson davlatiga ajralgan holda boshqarildi. Samarqand va Xirot madaniyati, ilm-fan markaziga aylandi. Shohizinda, Go'riamir, Bibixonim masjidi, Registon maydoni, qator bog'lar va boshqalar barpo etildi. Ulug'bek zamoniga kelib esa matematika, astronomiya fanlari rivojlandi. Tibbiyot, tarix, adabiyot va diniy bilimlarga etibor berildi. Buxoro, Samarqand, G'ijdivonda madrasalar qurildi. Bu davlatda adabiyot sohasida Atoiy, Sakkokiy, Haydar Horazmiy, Durbek, Lutfiylarning qimmatli asarlari yaratildi. Samarqandda Qozizoda Rumiy, Mansur Koshiy, Xirotda Navoiy, Jomiy, Behzod, tarixchi Xondamir, xattot Sulton Ali mashhadiy va boshqalar ijodi gulladi. Ali Qushchi astronomiyaga oid «Risola dar falakkiyot» asarini yozib, unda geometrik bilim asoslari, tibbiyot fanlari va boshqa sohalarga oid boshlang'ich bilimlarni bayon etdi. XV asrda tarix fani rivoj topdi, Xofizu Abru «Zabdan tovara» (Tarixning qaymog'i) kitobini yozib, unda 1427 yilgacha bo'lgan voqealarni bayon etdi. Abdurazzoq Samarqandiy buni davom ettirib «Ikki saodatli yulduzning chiqish joyi va ikki dengizning qo'shilish joyi» asarida 1471 yilgacha voqealarni bayon etdi. «Ravzatus safo» asarini yozgan Mirxond, «Habibus siyar» asarini yozgan Xondamir asarining bir qismi Sulton Husayn hukmronlik qilgan davrga bag'ishlandi. Shu asarlarda qator ilm maskanlari: Shayboniyxon madrasasi, Abdurahim Sadr madrasasi, Mirarab madrasasi, masjidi kalon va boshqalar qurildi. Xususiy maktablar yuzaga keldi, uyda muallim yo'llab o'qitish odat tusiga kirdi. Shahar qishloq, ovullarda ochilgan maktablarda o'qitish 6 yoshdan boshlandi. Bolalar maktabda alifbe o'rganib, ayrim harflarni chizishni mashq qilar edilar. O'quvchilar maktablarda savod chiqargach madrasaga kirib diniy va dunyoviy ta'limlardan bilim olardilar. 2. Amir Temur amal qilgan axloqiy sifatlar «Temur tuzuklari»da o'zi amal qilgan o'n bir sifatni yoshlarimiz ongi va qalbiga singdirsak, shuning o'zi ta'lim-tarbiya sohasidagi g'oyalarni yoshlarimizni tarbiyalashda tadbirkor ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.12 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:17 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.12 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga