Temuriylar davrida ta'lim tarbiya Reja: 1.Temuriylar davrida shaxs tarbiyasi 2.Temur tuzuklari uning tarbiyaviy mohiyati 3.Temuriyzodalar hukumdorligi davrida tarbiyaviy munosabat Ma'lumki, mamlakatimiz, madaniyatimiz va ma'naviyatimiz tarixining eng qudratli, sifat jihatdan yangi davri Temur va temuriylar hukmronligiga to'g'ri keladi. Iqtisodiyot, madaniyat, ma'naviyat yana qayta yuksalishi, ijtimoiy aloqalarning mustahkamlanishi turli qabila-urug'lar, qavmlar, elatlar o'rtasidagi mushtaraklikni kuchaytirdi, ularning milliy jipslashishini tezlashtirdi. Eski o'zbek adabiy tili shakllana boshladi. U Taroz va Yassadan to Hirotgacha fors tili bilan bir qatorda umumiy aloqa va ijod vositasiga aylandi. Milliy ong, tafakkur, milliy adabiyot va san'at, ilm-fan rivojida kishilarning qaror topayotgan yangi tarixiy birligi ehtiyojlari o'z aksini topdi. Biz bejiz bu davrdagi O'rta Osiyo o'troq turkiy xalqi tilini eski o'zbek tili, Sakkokiy, Atoiy, Gadoiy, Lutfiy, Navoiy, Bobur ijodini mumtoz o'zbek adabiyoti deb atamaymiz. Bugungi mumtoz o'zbek adabiyoti, san'ati, ma'naviy madaniyatining oyoqqa turishi va rivojlanishida Temur va temuriylar davri hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Mo'g'ullardan hokimiyat Temurga va temuriylarga o'tgandan so'ng ma'naviy hayotda haqiqiy uyg'onish davri boshlandi. Madaniyat, ma'rifat, hunarmandchilik, savdo-sotiq gullab yashnadi, shaharlar va qishloqlarda obodonchilik keng ko'lamda olib borildi. Ariqlar, kanallar qazildi. Yangi yerlar o'zlashtirildi, bog'lar barpo etildi. Karvonsaroylar, madrasalar, hammomlar, bozorlar, rastalar, saroylar, hashamatli imoratlar, suv quvurlari barpo etildi. Temur bu ishlarni faqat ota yurtidagina emas, zabt etilgan mamlakatlarda ham amalga oshirdi. Yirik imperiyaga birlashgan xalqlar, ularning madaniyatlari o'rtasida muloqot kuchaydi. Turli xalqlar madaniyatlari bir-birlaridan o'rgandilar, bir-birlarini boyitdilar. Imperiya garchi harbiy yurishlar natijasida tuzilgan bo'lsa-da, uning ichki boshqaruvida zo'ravonlik qo'llanilmas, balki Amir Temurning «Kuch - adolatda» tamoyili asosida ish yuritilar edi. Amir Temur davlatida milliy madaniyatlarning o'zaro ta'siri va bir-birini boyitishi aslo zo'ravonlik natijasi emas, balki buyuk bunyodkorlik, xalqlarning o'zaro yaqinlashuvi, hamkorligi natijasidir. SHu bois, biz yuqorida keltirib o'tganimizdek, akademik N.I.Konrad Amir TemurniCHingizxonga emas, balki Aleksandr Makedonskiyga va Kanishkaga qiyoslaydi, ularning davomchisi deb hisoblaydi Temuriylar davrida saroylardan, poytaxt va yirik markazlardan chetda avom xalq o'rtasida xurofot keng tarqalgan, ma'rifat ancha past, ayrim doiralarda mutaassiblik kuchli edi. Iqtisodiy o'sish, ishlab chiqarish vositalarining takomillashishi juda-juda sust edi. Bu sohada jamiyat an'anaviylik kasb etgan, sifat jihatdan uning yangi bosqichga ko'tarilish imkoniyatlari juda pasayib ketgan, kapitalning to'planishi, konsentratsiyasi, hunarmandchilikning oilaviy doiradan chetga chiqib Evropadagidek manufakturalar vujudga kelishi ro'y bermagan edi. Ma'naviy hayotda esa dinning ta'siri, aniqrog'i,diniy mutaassiblikning ta'siri yildanyil oshib boraverdi. Ilm-fandagi nazariy yutuqlar, izlanishlar iqtisodiy zarurat bilan tutashmadi, texnik ijodkorlikka, ishlab chiqarish vositalarini takomillashtirishga, mashina va mexanizmlar yaratishga qarab yo'naltirilmadi. SHu sababdan jamiyat taraqqiyoti ortga qaytmaydigan yuksalish chizig'idan ketmadi, obyektivlik kasb etmadi. U ko'p jihatdan davlat boshlig'ining, amaldorlarning didiga, intilishiga, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.89 MB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:17
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.89 MB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:17 ]
Arxiv ichida: pptx