Terak kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari

Terak kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari

O'quvchilarga / Pedagogika
Terak kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari - rasmi

Material tavsifi

Terak kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari Parsha kasalligi - Qo'zg'atuvchisi Fusicladium radiosum zamburug''i. Parsha bilan terakning bargi va yosh novdalari kasallanadi. Barglarda to'q dog'lar paydo bo'lib, tez orada dog'larning usti to'q jigarrang baxmalsimon g'ubor bilan qoplanadi. Bu g'ubor zamburug''ning konidiyalaridan iborat. Kasallangan barg bandi orqali zamburug'' yosh novdalarga o'tadi va ularda qorayish hamda qurib qolish kuzatiladi. zamburug'' kasallanib to'kilgan barglarda peritetsiy deb ataluvchi mevatana holida qishlab chiqadi. Zang kasalligi qo'zg'atuvchisi - Melamsrora populi zamburug''i. Terakda zang kasalligini bir nechta bazidiyali zamburug''lari qo'zg'atadi. Lekin ular keltirib chiqargan kasallik belgilari bir-biridan farq qilmaydi. Ko'proq terakda Melamsrora populi zamburug''i qo'zg'atgan zang kasalligi uchraydi. zamburug''ning uredo va teleyto bosqichlari oq terakda o'tadi. Esidio- sporalar terak barglari tushgach, ulardan unib chiqqan zamburug''lar tanasi barg ichida rivojlanadi, yozga kelib barglarning orqa tomonida sarg'ish yoki zarg'aldoq - sarg'ish rangdagi uredosporalar uyumi hosil bo'ladi. Ular yoz mobaynida bir necha marotaba shakllanadi. Yozning oxiri - kuz boshida barglarning ustida mayda to'q qo'ng'ir bo'rtmalar holida zamburug''ning teliosporalar uyumi paydo bo'ladi. Bu teleosporalar kasallangan barglarda bahorgacha qishlab chiqadi. zamburug'' ikki uyli bo'lib, yovvoyi sarimsoq va tilog'och oraliq xo'jayin hisoblanadi. Qo'ng'ir dog'lanish kasalligini Glocosporium populi zamburug''i qo'zg'atadi. Barglar kasallanadi. Ularda jigrrang xoshiyali sarg'ish - kulrang dog'lar shakllanadi. Dog'lar barg plastinkasi yuzasida sochilgan bo'lib, bir-biri bilan qo'shilib ketadi. Dog'larning yuzasida ko'plab, to'q jigarrang lojelar sochilib joylashgan bo'ladi. zamburug'' kasallangan barglarda loje ko'rnishida qishlab chiqadi. Oq yoki kulrang dog'lanish kasalligini qo'zg'atuvchisi - Septoria populi zamburug''i. Barglarda to'q jigar rang xoshiyali mayda, dumaloq yoki burchakli, och kulrang dog'lar hosil bo'ladi. Dog'lar yuzasida mayda qora nuqtachalar ko'rinishidagi zamburug''ning mevatanalari piknidalar joylashgan bo'ladi. Piknidalar qishlab chiqish vazifasini bajaradi. Un shudring - kasalligini 2 turga mansub zamburug''lar qo'zg'atadi; Phylloctinia suffulta; Uncinula salicis. O'simlikning barglarida zamburug''ning tanasidan va konidiyalaridan iborat bo'lgan oq g'ubor paydo bo'ladi. Konidiyalar ko'plab miqdorda hosil bo'lib, o'simlikning rivojlanish davrida bir o'simlikdan ikkinchisiga shamol yordamida uchib o'tadi va yoz mobaynida infeksiya manbasi hisoblanadi. Kuzga kelib kasallangan to'qimalar yuzasida mayda qora nuqtachalar ko'rinishidagi zamburug''ning mevatanalari - kleystotetsiyalar shakllanadi. Ularni lupa yoki mikroskopsiz ham ko'rish mumkin. Kleystotetsiyalar dastlab sarg'ish, keyinroq jigarrang va nixoyat qoramtir tusga kiradi. Kasallangan barglarda bahorgacha qishlab chiqadi. Sitosporoz kasalligini qo'zg'atuvchisi - Cytospora nivea zamburug''i. Bu kasallik bilan zararlangan o'simliklar, ayniqsa yosh paytda qurib qoladi. Lekin o'simlik har xil o'sish davrida kasallanishi mumkin. Bunda o'simlikning shox va novdalari, ayniqsa yuqori shoxlari qurib, nobud bo'ladi. Dastlab novdadagi barglar maydalashadi, novdaning po'sti va keyinchalik o'zi nobud bo'ladi. Po'st ostida rivojlanayotgan zamburug'' bo'rtmalarni hosil qiladi. Bu bo'rtmalar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.16 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:17 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.16 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga