Texnik tayyorgarlik

Texnik tayyorgarlik

O'quvchilarga / Pedagogika
Texnik tayyorgarlik - rasmi

Material tavsifi

Texnik tayyorgarlik REJA: 1. Yengil atletika turlarning texnikasini o'rgatish 2. O'rgatish metodlari 3. So'z metodi va undan foydalanish. 4. Ko'rsatish metodi va undan foydalanish Yengil atletika turlarning texnikasini o'rgatish va uni takomillashtirish trenirovka prosesining tarkibiy qismidir.Yengil atletika ayrim turlari texnikasini o'rgatish metodikasining umumiy asoslari qo'yida bayon etilgan. Ulardan eng muhimlari o'rganilayotgan texnika to'g'risida tasavvur hosil qilishning to'g'ri harakat qilish va to'g'ri faoliyat ko'rsatishni amalda bo'lishni baholashning xatolarni aniqlash va ularni to'zatishning metodlari va vositasidir. O'rgatish metodlari. Sport texnikasini o' rgatish uchun o'qituvchu uchta asosiy metoddan foydalaniladi. 1. Tushuntirish 2. ko'rsatish 3. Jismoniy yordam berish Bu metodlarning asosiy vazifasi to'g'ri harakat tasavvurini hosil qilish,harakatni bilib olishga yordam berish,xatolarni ko'rsatish va ularni to'zatishdir. Sport texnikasini o'rgatish metodlarining har qaysisi o'zining ijobiy tamonlari borligiga qaramasdan tez va samarali o'rgatishni to'la-tukis ta'minlay olmaydi. So'z metodi va undan foydalanish. Sport texnikasini o'rgatishda so'zning roli juda katta. Lekin so'z bilan murakkab faoliyat haqida , harakat tezligi haqida, qancha kuch sarflash haqida , inersiya elementlari va boshqalar haqida tasavvur hosil qilish qiyin. Asosiy rol uynaydigani amaliy mashg'ulotlar vaqtidagi tushuntirishdir. Bunda o'quvchi u yoki bu harakatni bajarishga intiladi. Keyin ko'rsatma olib kerakli harakatni qayta bajarishga o'rinib kuradi. Oddiy tushuntirish bilan obrazli tushuntirish ham qo'llaniladi. Texnikani o'rgatish va takomilashtirish prosesida o'rganilayotgan mashqni bajarishdan oldin va uni bajarish paytida eslatish va aytib turish muvaffaqiyatli qo'llaniladi. Sport texnikasini o'rgatish vaqtida natijasini tahlil qilib turish kerak. O'qituvchining sportchi bilan suhbati o'rgatish natijalarini baholashga o'quvchining harakat to'g'risidagi tasavvurini amalda bajarishi bilan takrorlashga uning texnikasini qanday tushunishiga imkon beradi. Ko'rsatish metodi va undan foydalanish. Sport texnikasini o'rgatishda namuna ko'rsatish muhim rol o'ynaydi.Odatda mashqni trener yoki texnikasi yaxshi sportchi kursatadi. Texnikaning detallari to'g'risida tasavvur hosil qilish uchun o'qituvchi kupincha alohida elementlarni ko'rsatib beradi.Masalan: snariyadni qanday ushlashni yoki yadro itqitishda panjalarning eng ohirgi harakatini yoki depsinish joyiga oyoq tagi qanday qo'yilishini va shu kabilarni alohida ko'rsatiladi. Sport texnikasini namoiysh qilishda harakatning tez bo'lishi ko'rib idrok qilib olishni qiyinlashtiradi. Ba'zan disk nayza uloqtirish va yadro itqitishda o'qituvchi sekinlashtirilib ko'rsatishdan foydalanish mumkin.Juda murakkab yengil atletika turlaridagi ayrim elementlarnijoydan turib ko'rsatish yengilroq. Masalan: turnikda halqada osilib turib o'zunlikga qaychi usulida sakrashdagi oyoq harakatlarini sekin ko'rsatish mumkin Yordam berish metodi.O'qituvchi sport texnikasini o'rgatiyotgan payitda o'quvchiga kerakli holatni eg'allashga yoki zarur harakat qilishga yordam berish mumkin. O'qituvchining jismoniy yordami bilan sportchida o'rganilayotgan texnika to'g'risida ginestetik hissiyot asosida tasavvur hosil bo'ladi. Bu mustaqil paytida ozmi kupmi o'hshash bo'ladi. O'quvchi mashqni yahlit bajariyotganda yoki uning elementini bajariyotganda ham o'qituvchi yordam berib yubora oladi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.77 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:17 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.77 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga