Texnologiya fani darslariga integratsion yondashuv Reja Integratsiyalashgan ta'limning o'ziga xos xususiyatlari Boshlang'ich sinf mehnat darslarida integratsiyalashgan ta'limdan foydalanishning metodik xususiyatlari Integratsiya so'zi lug'atda lotincha tegragrac so'zidan olingan bo'lib, qayta qurish, tiklash to'ldirish (integr- to'liq, butun, yaxlit) degan ma'noni anglatadi Integratsiya- fanlararo aloqa o'rnatishning yangi sifat darajasiga ko'taruvchi, bir butun bilimlar monolitini yaratishga imkon beruvchi vosita deb ta'rif beradi-L.N.Bakareva Integratsiya predmetlararo bog'lanishning eng yuqori darajasi, umummetodologik prinsiplar asosida muammoni kompleks o'rganish yo'li deb ta'rif beradi LT.Tarasov. Ta'limda integratsiya jarayonining pedagogik asoslarini, shuningdek, mavzulardagi integrativ yondashuvni ko'p olimlar o'z tadqiqotlarida asoslashgan. K.Mit'ko, O.N.SHeglovalar mavzudagi integratsiyaga to'xtalib, integrativ yondashuv- shunday yondashuvki, bunda sermazmun o'qitish, uyushgan va metodik birlikdagi jarayonda beriladi.U faqat darsdagina emas, balki bo'limning ma'lum bir mavzusida, o'quv yo'nalshilarida xam beriladi. Har bir kursda, ixtiyoriy mavzuning etaklovchi g'oyasi bo'lishi lozim. Bu g'oya, tushuncha, qonuniyatlarni, nazariyalarni o'rganish jarayonida ularni o'zaro bog'lab borishni taklif etadi. n Texnologiya ta'limi mashg'ulotlari barcha fanlar bilan har bir mavzuda bog'lab o'qitiladi: -TEXNOLOGIYA VA RASM -TEXNOLOGIYA VA MATEMATIKA -TEXNOLOGIYA VA JISMONIY TARBIYA -TEXNOLOGIYA VA ADABIYOT -TEXNOLOGIYA VA ONA TILI -TEXNOLOGIYA VA TARIX -TEXNOLOGIYA VA EKOLOGIYA……. - TEXNOLOGIYA VA RASM Texnologiya darslarda rasmlarning tutgan o'rni nihoyat kattadir,chunki birorta detal yoki buyumni yasashdan avval uning rasmi yoki eskizi chiziladi va o'quvchilarga ko'rsatiladi. O'quvchilar ham ana shu rasmlarni daftariga ko'chirib chizib oladilar.O'quvchilar ana shu rasmlar orqali o'sha detal yoki buyum to'g'risida tasavvur hosil O'qituvchi texnologiya darslarda o'quvchilarga buyumlarning texnik rasmi, eskizi, yaqqol tasviri, perespektiva, rasmlarni chizishdagi ish ketma-ketligi shuningdek, ranglarni farqlash, ularni mutanosib joylashtirish va shu kabilar haqida ham tushuncha berib borishga to'g'ri keladi. Texnologiya va chizmachilik Texnologiya ta'limi darslarini chizmachiliksiz tasavvur etib bo'lmaydi. Texnologiya darslarida chizmachilik ham o'z o'rnida juda zarurdir. Chunki har qanday detalni yasash uchun uning chizmasini chizishdan boshlanadi va bu jarayonda o'quvchida bo'lajak buyum uning qismlari to'g'risida tasavvur hosil bo'ladi. Binobarin, Texnologiya darslaridagi muhim ko'rgazmalardan biri bo'lgan texnologik kartalarni chizish va ulardan foydalanish ham chizmalardan qanday foydalanishga bog'liqdir. Demak, o'quvchilarning amaliy faoliyati va tayyorlanadigan biyumlarning sifatini ko'p jihatdan ularning chizmachilikka oid bilim va ko'nikmalarga xam bog'liq ekan. TEXNOLOGIYA VA MATEMATIKA Texnologiya ta'limi darslarida o'quvchilarga to'g'ri burchak, perpendikulyar va parallel chiziqlar, to'g'ri burchakli uchburchak va to'g'ri to'rtburchak kabi shakllarni hosil qilishga oid tushunchalar zarur bo'ladi. Bulardan tashqari, o'quvchilar mehnat darslarida simmetriya o'qi, shakllarni simmetrik chizish, aylana, urinmalar o'tkazish chizg'ich, go'nya, transportir, burchak o'lchagich, sirkul kabi turli asboblar yordamida detal yoki buyumlarning burchaklarini, yoy markazlarini, to'g'ri va egri chiziqli boshqa o'lchamlarini aniqlashlariga to'g'ri keladi. Bunday paytlarda geometriyaga oid bo'lgan ilmlar ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.58 MB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
31 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:17
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.58 MB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
31 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:17 ]
Arxiv ichida: pptx