Texnologiya ta'limini tadqiq qilishning ilmiy metodologik asoslari fanini umumiy masalalari Reja: Ta'lim sohasidagi Davlat siyosatining asosiy tamoyillari, «Ta'lim to'g'risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ida ta'kidlangan islohotlarni amalga oshirishda fanning o'rni. Texnologiya ta'limini tadqiq qilishning metodologik asoslari fanining mazmun mohiyati Texnologiya ta'limini tadqiq qilishning metodologik asoslari fanining maqsad va vazifalari. Ilmiy tadqiqotchilik ishlari mohiyati Ilmiy izlanish va ilmiy tadqiqotchilik faoliyati Ilmiy tadqiqot ishlarini turlari Tadqiqotlarning tarixiy-taqqoslash metodlari. Tadqiqotning umumiy usullari. Ilmiy tadqiqotning maxsus empirik usullari. Ushbu bobda texnologiya ta'limini tadqiq qilishga oid ta'lim sohasidagi Davlat siyosatining asosiy tamoyillari, «Ta'lim to'g'risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ida ta'kidlang5an islohotlarni amalga oshirishda fanning o'rni, texnologiya ta'limini tadqiq qilishning metodologik asoslari fanining mazmun mohiyati, texnologiya ta'limini tadqiq qilishning metodologik asoslari fanining maqsad va vazifalari, ilmiy tadqiqotchilik ishlari mohiyati, ilmiy tadqiqot ishlarini turlari, Ilmiy uslubiy ishlar sifat, tadqiqotlarning tarixiy-taqqoslash metod lari, tadqiqotning umumiy usullari, tadqiqotning maxsus empirik usullari mavzular ustida tuxtalamiz. Ta'lim sohasidagi Davlat siyosatining asosiy tamoyillari, «Ta'lim to'g'risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ida ta'kidlangan islohotlarni amalga oshirishda fanning o'rni. «Ta'lim to'g'risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» 1997 yil 29 avgustda O'zbekiston Respublikasi oliy majlisining birinchi chaqiriq IX-sessiyasida qabul qilindi. Mamlakatimiz kelajagi uchun qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» juda muhim ahamiyatga ega, unda shunday deyiladi: «Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsad va harakatga keltiruvchi kuchi bu inson, uning barkamol rivojlanishi, farovonligi, shaxs manfatlarini ro'yobga chiqarish sharoitlari va ta'sirchan mexanizmlarini yaratish. Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro'yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan jamiyatda turmushga moslashgan, ta'lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o'zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa shart-sharoitlarni yaratishni, jamiyat va davlat hamda oila oldida o'z mashuliyatini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutiladi». «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni ro'yobga chiqarishning I-bosqichida «Ta'lim to'g'risida»gi qonuniga muvofiq ta'lim tizimi mazmunini tarkibiy qayta qurish va tubdan yangilash, ta'lim oluvchilarning yuksak tayyorgarlik darajasi, malakasi, madaniy va ma'naviy-axloqiy saviyasining sifatiga qo'yiladigan zarur talablarni joriy etish ko'zda tutiladi. Mazkur dasturning maqsadi - ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o'tmishidan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to'la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashga milliy tizimini yaratishdir. Ushbu maqsadni ro'yobga chiqarish quyidagi vazifalar hal etilishi nazarda tutadi. «Ta'lim to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq ta'lim tizimini tubdan isloh qilish davlat va nodavlat ta'lim muassasalari hamda ta'lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida ta'lim tizimini yagona o'quv-ilmiy ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni tahminlash; ta'lim va ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
157.66 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:17
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
157.66 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:17 ]
Arxiv ichida: doc