Tibbiy madaniy asoslari va reproduktiv salomatlik

Tibbiy madaniy asoslari va reproduktiv salomatlik

O'quvchilarga / Pedagogika
Tibbiy madaniy asoslari va reproduktiv salomatlik - rasmi

Material tavsifi

Tibbiy madaniy asoslari va reproduktiv salomatlik Reja: Kirish. Salomatlik to'g'risida umumiy tushuncha. Odam tanasi va a'zolari gigiyenasi Zararli odatlar va o'quvchi yoshlarni ulardan asrash Yuqumli kasalliklar va ularni oldini olish Reproduktiv salomatlik O'smir o'g'il va qiz bolalar tanasida ro'y beradigan psixologik, anatomik, fiziologik o'zgarishlar Jinsiy tarbiya Jinsiy yo'llar orqali yo'quvchi infeksiyalar va ularning asosiy turlari. OITV. OITS nima va uning oldini olish yo'llari. Kirish Mustaqil davlatimizning gullab-yashnashi yoshlarning jismoniy, aqliy, ma'naviy va ruhiy barkamolligiga, ularning salomatligiga bog'liqdir. Jismonan sog'lom, baquvvat, ruhan tetik, aql-zakovatli yoshlar bilan mamlakatimizning istiqbolli kelajagini tasavvur qilish mumkin. Bugungi kunda sog'lom avlodni shakllantirish eng muhim vazifalardan biridir. Bunga eng avvalo sog'lom turmush tarzini shakllantirish, turli maishiy shart-sharoitlarni yaratish, sog'lom avlodni tarbiyalashning moddiy asosini belgilash, yani davlat tomonidan iqtisodiy va moliyaviy qo'llab-quvvatlash kiradi. Kishilar salomatligini ta'minlamasdan turib, sog'lom turmush, sog'lom fikr, farovon va baxtiyor hayot haqida o'ylash mumkin emas. aholi salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash, turli xil kasalliklarning oldini olish, davolash, atrof-muhit, suv, havo va oziq ovqatlar tozaligini ta'minlash sog'lom avlodni shakllantirishning asosiy omillaridan biridir. O'z vaqtida ovqatlanish, tibbiy ko'rikdan vaqtida o'tib turish,toza va ozoda qiyinish, ovqatdan avval albatta qo'lni sovunlab yuvish, vaqtida uxlash, dam olish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, jismoniy tarbiya bilan shug'ullanish, ertalabki badan tarbiya mashqlarini bajarish inson salomatligi uchun g'oyat muhimdir. O'zbekiston Respublikasi VM ning 2002 yil 5 iyuldagi 242-qarori bilan tasdiqlangan tadbirlarni bajarish bo'yicha XTV ning 2002 yil 19 iyuldagi 112-bo'yrug'i bilan tasdiqlangan vazifalari amalga oshirish uchun pedagoglarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlarida tinglovchilarni reproduktiv salomatlik va tibbiy madaniyat asoslariga 4 soatlik kurslar joriy etilgan. Kurslarning o'quv dasturiga VM ning 2003 yil 25 avgustdagi 365-sonli qarorini inobatga olgan holda qayta ko'rib chiqib, tegishli o'zgarishlar kiritildi. Shu kursni kiritilishidan asosiy maqsad yoshlarga o'z organizmlari to'g'risida axborot berish, tana gigiyenalariga rioya etish, ota-onalari va tengqurlari hamda qarama-qarshi jins vakillari bilan bo'ladigan muloqatga tayyorlash, o'smirlarning psixologik holatlariga tayyorlash ularni kasb-hunarga yo'naltirish oilaviy hayotga tayyorlash, sog'lom farzand ko'rish uchun zarur bo'ladigan barcha bilim va ko'nikmalarni berish,o'smir qizlarni ona bo'lishga tayyorlash, farzandi sog'lom o'sishi uchun barcha kerakli chora-tadbirlarga o'rgatish, bozor iqtisodiyoti sharoitida farzand ko'rishni rejalashtirish, sog'lom farzand bo'lish uchun go'daklarni yoshligidan to'g'ri ovqatlantirish, ularni tarbiyalash va hayotda kelajakda el-yurt uchun xizmat qiladigan sog'lom avlodni voyaga etkazishdir. Salomatlik to'g'risida umumiy tushuncha Salomatlik-odam organizmning biologik, ruhiy, jismoniy holatlari va mehnat faoliyatining muvozanatlashgan birligidir. Sihat-salomatlik har bir kishi uchun baxt-saodatdir, uning mehnat unumdorligini, mamlakatning iqtisodiy qudratini, xalq farovonligini rivojlantirishning zarur shartidir. Umumxalq mulki bo'lmish sihat-salomatlikka nisbatan ongli va mas'uliyat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.74 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:17 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.74 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga