Til o'rganishda kommunikativ metodning boshqa metodlardan afzalliklari

Til o'rganishda kommunikativ metodning boshqa metodlardan afzalliklari

O'quvchilarga / Pedagogika
Til o'rganishda kommunikativ metodning boshqa metodlardan afzalliklari - rasmi

Material tavsifi

Til o'rganishda kommunikativ metodning boshqa metodlardan afzalliklari Reja: Kommunikativ metodning asosiy yo'nalishlari Kommunikativ metodning tamoyillari Yangi metodning vujudga kelishida ijtimoiy-siyosiy, rasmiyidoraviy, ilmiy-ta'limiy jarayonlar bevosita ta'sir ko'rsatadi. Yevropamamlakatlarida ikkinchi jahon urushidan so'ng harbiy, madaniy va iqtisodiy ittifoq tuzilishi natijasida chet tillarni o'rganishga bo'lgan ehtiyoj beqiyos darajada oshib ketdi. Bundan tashqari, kishilarning kasbiy intilishlari, dam olish kunlarini boshqa mamlakatlarda o'tkazish istaklarining ortishi (turizm) hamda aloqa vositalarining jadal rivojlanishi (masalan, telefon, radio, televideniye) chet tillarni o'rganishga bo'lgan qiziqishni kuchaytirdi. Germaniyada chet tillar faqat gimnaziyalarda o'qitilgan bo'lsa, 1960-yillarga kelib bu holat butunlay o'zgarib ingliz tili barcha o'quvchilar uchun o'quv predmeti sifatida kiritildi, yani endi nafaqat gimnaziya va real maktab o'quvchilari balki o'rta maktabning past o'zlashtiradigan o'quvchilari ham ingliz tilini o'rganish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Rivojlangan mamlakatlarda xorijiy tillarni o'rganishga bo'lgan qiziqish shu darajada kuchaydiki, hatto maktabdan tashqari o'quv muassasalarida, jumladan, asosan katta yoshdagi kishilar ta'lim oladigan halq oliy o'quv yurtlarida ham o'rganila boshlandi. Bunday vaziyat esa yangi metodning kelib chiqishiga sabab bo'ldi. Shunday qilib o'tgan asrning 70-yillarida bir qator urinishlardan so'ng kommunikativ metod vujudga keldi va chet til ta'limining asosiy yo'nalishlarini belgilovchi maqsadi o'quvchilarga muomala qilishni o'rgatish bo'lgan yangi o'quv rejalari qabul qilindi. Kommunikativ metodning asosiy yo'nalishlari bu pragmatik yo'nalish va pedagogik yo'nalish hisoblangan. Kommunikativ metodda pragmatik maqsadni amalga oshirish zarurati ijtimoiy-siyosiy soha xususiyatlaridan kelib chiqqan. Qadimiy tillar bo'lmish lotincha va grekchani o'rgatishga qarama-qarshi o'laroq, pragmatik yo'nalishda, yani boshqalarga o'z fikrini tushuntira olish, tili o'rganilayotgan mamlakatda diplomat yoki ishbilarmon sifatida yo'lini topib yuradigan, kishilar bilan muloqot qila oladigan teleko'rsatuvlarni, radio eshittirishlarni, gazeta va jurnallarni o'qib tushuna oladigan bo'lishi uchun o'rganila boshlandi. Pragmatik yo'nalishning maqsadiga ko'ra chet tillar kundalik muloqot uchun o'rganildi. Kommunikativ didaktika pragmatik yo'nalishda ALM, AVMdan bir qator tamoyillarni o'zlashtirib oldi. Xususan, situativlik, til materialining originalligi, yangi o'quv materialini kundalik muloqot dialogida taqdim etish kabi tamoyillar qabul qilindi va amalda rivojlantirildi. Chet tilini o'rganishda asosiy maqsad o'quvchilarning cheti til sohasidagi bilimlarini kundalik muloqot jarayonida qo'llay olish va o'z fikrini bayon qila olish vositasi sifatida o'rganish, chet el axborot vositalarini tushuna olish darajasida egallash hisoblandi. Chet tilini pragmatik yo'nalish asosida o'rganishdan asosiy maqsad tilga va mamlakatshunoslikka oid bilimlarni taqdim etish emas (bu maqsad GTM tomonidan qo'yilgan edi), balki chet tilida nutq faoliyatining tinglab tushunish, gapirish, o'qish va yozish bo'yicha malakalar hosil qilishdan iborat deb belgilandi. Malumki, biron-bir xorijiy tilni o'rganishda ta'limiy maqsaddan tashqari tarbiyaviy maqsad va madaniy maqsadlar ham o'z aksini topadi. Yevropadavlatlarida ingliz tilini o'rganishda tarbiyaviy maqsad quyidagicha belgilangan: ingliz-amerika madaniy vakillari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.04 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:17 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.04 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga