Til va nutq. Til boyligi. Til madaniyati. Til xatosi

Til va nutq. Til boyligi. Til madaniyati. Til xatosi

O'quvchilarga / Pedagogika
Til va nutq. Til boyligi. Til madaniyati. Til xatosi - rasmi

Material tavsifi

Til va nutq. Til boyligi. Til madaniyati. Til xatosi Reja: 1. Nutq madaniyati tushunchasi. 2. Til va nutq, muhim vazifalari. 3. Til boyligi va nutq boyligi. 4. Nutq madaniyati hayotiy zarurat sifatida. 5. Nutq madaniyati tarixidan. «Nutq madaniyati asoslari» kursining asosiy maqsadi - ommaning umummadaniy saviyasini yuksaltirishga hissa qo'shish. Vazifasi - kishilarda «madaniy nutq» malakasini shakllantirish, yaxshi nutqni o'rganish va uni baholash hamda targ'ib qilishdir. «Lingvistik» tor manoda «Nutq madaniyati» - til me'yorlarini egallamoq, yani talaffuz, urg'u, so'z ishlatish, gap tuzish qonunlarini egallamoq, shuningdek, tilning tasviriy vositalaridan har xil sharoitlarga mos va maqsadga muvofiq foydalana bilmoq, ifodali o'qish madaniyatini egallamoqdir. Nutq madaniyati - bizning o'zbek tilining tugamas boyligini egallash darajamizdir. Insoniyat umumadaniyatining katta qismini nutq madaniyati tashkil etadi. Nutq madaniyati deyilganda, birinchidan, nutqning fazilatlari tushunilsa, ikkinchidan, nutq madaniyati - fazilatlari yig'indisi va tizimi haqidagi ta'limotni anglatadi. Nutqning fazilati deyilganda, uning to'g'riligi, aniqligi, mantiqiyligi, ifodaviyligi, boyligi, sofliligi tushuniladi. Nutq madaniyatining asosiy tekshirish obyekti adabiy til me'yorlari, asosiy vazifasi esa ushbu me'yordagi ikkilanishlarni bartaraf etish bo'lmog'i kerak. Nutq madaniyati haqidagi ta'limot qadimgi Rim va Afinada shakllangan bo'lsa ham, unga qadar Misrda, Assuriyada, Vavilon va Hindiston mamlakatlarida paydo bo'lganligi notiqlik san'ati tajribasidan va tarixidan malum. Bu davrda hokimiyatdagi davlatni boshqarishning, savdo-sotiqning va sud ishlarining nihoyatda taraqqiy etishi notiqlikni san'at darajasiga ko'tardi. Chunki u paytda davlat arboblarining obro'-etibori va yuqori lavozimlarga ko'tarilishi ularning notiqlik mahoratiga ham bog'liq bo'lgan. Notiqlik san'ati sarkardalik mahorati bilan barobar darajada ulug'langan. Bu ikki san'atni mukammal egallagan kishilargina yuqori lavozimlarga saylanganlar. Umuman, yetuk inson bo'lish uchun, albatta notiqlik san'atini egallagash shart qilib qo'yilgan. Grek notig'i Demosfen va Rim notiqlari Tsitseron, Kvintilian, Aristotel kabi nazariyotchilarning hayotlari bunga misoldir. Ular kishilik jamiyatida ritorika va notiqlik san'atining o'ziga xos maktabini yaratdilar. Tsitseronning «Notiqlik haqida», «Notiq», «Brut» asarlari, Mark Fabiy Kvintilianning «Notiq bilimi haqida», Aristotelning «Ritorika» kabi asarlari ham qadimgi Rimda madaniy nutq, notiqlik nazariyasi rivojlanganligini ko'rsatuvchi bir omildir. O'rta Osiyo madaniyati tarixida ham nutq madaniyati o'ziga xos mavqega ega. Sharqda, jumladan Movarounnahrda notiqlik, voizlik, yani vazxonlik «Quron»ni targ'ib qilish bilan mushtarak holda so'zning ahamiyati, manosi va undan o'rinli foydalanish borasida ko'p yaxshi fikrlar aytilgan. Ana shu nuqtai nazardan qaralsa «nutq odobi», «muomala madaniyati» nomlari bilan yuritilib kelingan nutq madaniyati tushunchasi juda qadimdan olimlar va ziyolilarning diqqatini tortgan. Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Al Xorazmiy, Mahmud Qoshg'ariy, Zamahshariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, So'fi Olloyor, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi ulug' siymolar nutq odobi masalalariga, umuman nutqqa jiddiy etibor ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.55 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:17 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.55 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga