Til va nutq - rasmi

Material tavsifi

Til va nutq Reja: Til va nutq, ularning farqli tomonlari. nutqning turlari. Til madaniyati va nutq madaniyati nutq faoliyati turlari o'qituvchining o'quvchilar bilan muloqoti va nutqiy faoliyati. Tayanch tushunchalar: Leksema, gap modellari, ifoda vositalari, ichki va tashqi nutq, til madaniyati, nutq madaniyati, monologik nutq, diologik nutq, suzlash, mutolaa va eshitish, mutolaa turlari. Til va nutq bir - biriga bog'liq hodisalardir. Til uchun nutq moddiy materialdir. Shu material asosida nutq tashkil topadi. Tildagi xamma narsa til jamoasi uchun umumiy bo'ladi. Tilda ruhiy va moddiy material mavjud. so'z, morfema, fonemalarning kishi xotirasidagi obrazlari ruhiy material hisoblanadi. nutq tuzishda nomoyon buladigan so'z shakllari, morfemalar, tovushlar moddiy materialdir. Bundan til bir tomondan moddiy hodisa bulsa, ikkinchi tomondan ruhiy hodisadir, degan xulosa kelib chikadi. Tilning ruhiy hodisaligini uning ongda saqlanishi kursatadi. Biz xotiramizda saqlanayotgan qoidalardan tezkorlik bilan foydalanib, biror fikrni yuzaga chiqarish uchun so'zlar va grammatik so'z birikmasi va gaplarni hosil kilamiz. Masalan, ongimizda u kitobni kaerdan olganini bilish fikri tugildi, deylik. Uni savol tarikasida shunday yuzaga chikaramiz: Sen kitobni kaerdan olding? Bunda biz sen, kitob, kaer, ol leksemalaridan: -ni, -dan, -da, -ng grammatikalaridan va surok gap modelidan hamda qoidasidan foydalandik. Bu gapni aytish jarayonida ongimizdagi leksemalar alohida morfemalarni kabul qilib, so'z shakllariga aylandi. Til ruhiy hodisadan moddiy hodisaga aylandi. Bu jarayon tugashi bilan tilga tegishli narsalar yana alohidalik xoliga qaytadi va ongimizda avvalgidek saqlana beradi. Demak, malum til jamoasidagi kishilar ongida tovush obrazlari sifatida saqlanadigan va xamma vaqt xakikatga aylanishga tayyor turgan so'z, fonema, turli lisoniy qoidalar, gaplarning modellari tilga tegishlidir. Tilga oid narsalar chegaralangan miqdordadir. Ularning soni turli tillarda turlicha bo'ladi. Kaysi tilda til vositalari nisbatan ko'p bulsa, usha til boy til hisoblanadi. Jamoa hayotining butun sohalarini uzida kamragan til jamiyat taraqqiyoti bilan rivojlanib boradi. Jamiyat ehtiyojiga javob bermay kolgan til elementlari istemoldan chika boradi, ular o'rnida yangi ifoda vositalari paydo bo'ladi. Tilda paydo bo'lgan tushunchalar dastlab ayrim shaxslar nutqida kurinadi, sung asta-sekinlik bilan butun jamoa ongiga singadi. Uni xamma bir tushunib, talaffuz etadigan bulgach, u til ixtiyoriga utadi. Aks holda alohida shaxsning nutqiga xos bo'lib kolaveradi. Masalan: o'zbek tilida suzlovchi bazi kishilar nutqida dizayner (biror yumushni bajaruvchi shaxs) so'zi uchramokda. Xali u butunlay o'zbek tilida gaplashuvchi kishilar ongiga singib ketgan emas. Shunday ekan, u xali ayrim shaxslarning tiliga tegishlidir. Uning o'zbek tiliga xos bo'lib qolish-kolmasligini kelajak kursatadi. nutq tildagi mavjud ifoda vositalaridan foydalangan holda mavjudlikka (xakikatga) aylangan fikrdir. nutq, nutq a'zolarining harakati jarayonida paydo bo'ladi. ruhiy hodisa bo'lgan tilning ifoda vositalari nutq ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.75 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:17 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.75 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga